Ilk o‘rta asrlar o‘zbek davlatchiligi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot


Download 1.8 Mb.
bet1/5
Sana27.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1299788
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XIV-XVI asrlarda movarounnahrda ta\'lim tarbiya va pedagogik fikrlar

20.65-guruh talabasi:

  • 20.65-guruh talabasi:
  • NASRITDINOV ASADBEK

XIV-XVI ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA TA LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR.

Reja:

1. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo.

2. Eftaliylar davlati.

3. Turk xoqonligi hukmronligi davrida O‘rta Osiyo.

4. O‘zbekistonda arab xalifaligi hukmronligi davri.

ILK O’RTA ASRLARDA O’RTA OSIYO


Ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyo xalqlari hayotida boy dehqonlar mulk egaligining shakllanishi va mahalliy hokimliklar hukmronligi davri sifatida tavsiflanadi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bu davrda mahalliy mulk egaligi, dehqonlarning paydo bo‘lishi va ular asosida qishloq hokimliklarining tarkib topish jarayoni jadal kechadi, feodal munosabatlar shakllanib boradi, yerga, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish uzil-kesil xususiylashadi.

Jamiyat ijtimoiy tarkibini kashovarzlar - o‘rta va mayda mulk egalari, badavlat dehqonzodalar - katta mulk egalari va ularga qaram kadivarlar – ijarachi qo‘shchilar tashkil etadi, mahalliy hokimliklar timsolida davlat boshqaruv tizimi уaratiladi, jamiyat asosan Zardushtiylik va buddaviylik, qisman moniylik, nasroniylik va shamanizm mafkurasi asosida quriladi.

EFTALIYLAR DAVLATI


Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston hududida milodiy IV-V asrdan e’tiboran O‘rta Osiyoda yangi yer egaligi munosabatlari qaror topa boshladi. Bu yerda dehqon yerga egalik qilib, jamoa boshlig‘i hisoblangan. Ma’lum hududdagi jamoaga uyushgan erkin dehqonlar “kashovarzlar” deb atalgan.
Kashovarzlar jamoa boshlig‘i “dehqon”ga soliq to‘lagan.
Yer egasi bo‘lib olgan harbiy zodagonlar “dehqon” deb atalgan. Bu “dehqon” atamasi o‘sha davrda qishloq xo‘jayini ma’nosini anglatgan.

Chag’oniyon yirik hokimlik bo‘lib, uning mahalliy sulolaviy hukmdorlari o‘z nomlaridan mis va kumush tangalarini zarb etish qudratiga ega edilar.


Mahalliy hokimliklar tomonidan zarb etilgan tangalar birinchi bor shimoliy Toharistonda, aniqrog‘i, Chag‘oniyonda milodiy V asrdan chiqa boshlagan. Bu mis tangalarning old tomonida mahalliy hukmdorning surati, orqa tomonida esa langarsimon tamg‘a chekilgan edi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling