Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari mavzusini o`qitishda baliq skleti metodidan foydalanish Reja


V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa


Download 97.67 Kb.
bet8/8
Sana20.06.2023
Hajmi97.67 Kb.
#1629670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jo`rayeva S (4)

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.


Xulosa
Ma’naviyati barkamol, tashabbuskor, mustaqil fikrlay oladigan, har qanday hayotiy vaziyatga o‘z nuqtai nazari bilan yondasha oladigan fuqarolarni shakllantirish zaruriyati mamlakatda “Kadrlar tayorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishini taqozo etdi. Bu dastur va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun respublikadagi mavjud ta’lim tizimida keskin o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi tabiiy edi. Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha yangilangan pedagogik tafakkur asosida konsepsiyalar yaratildi. Konsepsiya belgilab bergan yo‘nalish asosida o‘quvchilar bilimi darajasiga davlat tomonidan standart talablar qo‘yildi. Shu asnoda o‘z-o‘zidan barcha o‘quv fanlari bo‘yicha dasturlar va darsliklarni yangidan yaratishga ehtiyoj sezildi. Shuning uchun ham Respublikamiz Prezidenti Sh.Sh.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya sohasiga milliy dialektik nuqtai nazardan yondashib, uni quyidagicha: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi”, - deb ta’riflaydi. Maktabda adabiyot o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda yuksak ma’naviy sifatlarni shakllantirish, ularni nozik qalb, nozik tuyg‘ular egasi qilib tarbiyalashdan iboratdir. Shunday ekan tarix o‘qituvchisi adabiyot fanidan tashkil qilinadigan har mashg‘ulotda ushbu maqsad sari intilishi zarur. tarix va ijtimoiy hayot, tarix va kishilik jamiyatida axloq masalalarini to‘la tushunib, faol tarixchi bo‘lish uchun, tarixiy bilimlarni egallab olish uchun o‘quvchilar, avvalambor, tarixiy tushunchalarni puxta o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Shuni nazarda tutgan holda Davlat talim standartlari va tarix fani o‘quv dasturlarida turli tarixiy voqealar, tarixiy faktlar, arxiv materiallari, moddiy va yozma manbalar xaqida nazariy jarayonda turli grafikli chizmalardan, jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday grafikli tashkil etuvchilar o’quvchilarga berilayotgan ma’lumotlarni faqat axborot shaklida eslab qolishni emas, balki bu ma’lumotlarning tez va oson bilim, ko’nikma hamda malakaga aylanishiga yordam beradi. Shuningdek, organayzerlarning muayyan bir turi borki, ular o’quvchiga taqqoslash, solishtirish imkonini yaratadi. Umumta`lim maktablarida tarix o’qitish metodikasining dolzarb masalalaridan biri mashg’ulotlar jarayonida zamonaviy texnologiyalardanbiri sanalmish grafik organayzerlardan foydalanish uslubiyati haqida imkoniyatimiz qadar, o`z fikr-mulohazalarimizni bildirdik. Albatta, o`rganilayotgan masala juda murakkab va munozaratalab muammolardan biridir. Negaki, zamonaviy o’rgatish texnologiyalarning hajmi va turlari haqida manbalarda xilma-xil fikrlar uchraydi. Biz ularni o’rganib o’zimizga maqul deb topilganidan foydalandik. Xulosa qilib aytganda, tarix fanini zamonaviy texnologiyalar, xususan, grafik organayzerlar asosida o’rgatish davr talabi. Yosh avlod turli ma’naviy-texnikaviy omillar ta’sirida aqliy-shuuriy jihatdan faollashib borayotganligini e’tirof qilishimiz lozim. Ular tomonidan qabul qilinayotgan axborotlar oqimi va sig’imining ko’pligi inson ma’naviy-axloqiy tushunchalarining oziqlanadigan manbasi tarixiy bilimlar bilan ham to’ldirilishi uchun bu fanni o’rgatish metodikasidan doimiy izlanish, takomillashib borish talab etiladi. Bizning bitiruv-malakaviy ishimiz tarix o’qituvchilarining pedagogik faoliyatimizda shunday vazifa bajaradi, degan umiddamiz.

1 Бартольд В.В. История культурной жизни Туркестана // Сочинения II. 1. – Москва, 1963; Мандельштам А.М. О некоторых вопросах сложения таджикской народности в Среднеазиатском Междуречье // СА, №20. М. 1954; Гумилев Л.Н. Эфталиты и их соседи в IV в. // Вестник древней истории, 1959; Гафуров Б.Г. Таджики, древнейшая, древняя и средневековая история. Кн. 1. Душанбе, 1989; Маршак Б.И. К вопросу о восточных противниках Ирана вV в. // СНВ, вып. 10. М., 1971; Тревер К.В. Кушаны, хиониты и эфталиты по армянским источникам // Советская археология, ХХI. М.-Л., 1954; Асқаров А. Архелгогическая поездка в северо-западную часть Каршинской степе // ИМКУ, вып.V. Т.: 1964.; Аскаров А. Некоторые аспекты изучения этногенеза и этнической истории узбекского народа. Материалы к этнической истории населения Средней Азии. Т.: 1986.; Ртвеладзе Э.В. К истории эфталитов-алхонов // Творческое наследие народов Средней Азии в памятниках искусства, архитектуры и археологии (Тез. докл.). Ташкент, 1985; Ходжайов Т.К. К палеоантропологии древнего Узбекистана. Ташкент, 1980; Litvinsky B.A. The Hepthalite Empire // HCCA. Vol. III. UNESCO. Delhi, 1999; Соловьев В.С. Средневековая культура Тохаристана (в свете раскопок в Вахшской долине). М., 1985.

2Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Тошкент: ЎзР ФА ШИ, 2014; Ходжаев А. Из истории древних тюрков. Т.: Тафаккур, 2010; Камолиддинов Ш. Историческая география Южного Согда и Тохаристана. Т.: Узбекистан, 1996; Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Т., 2001; Ильясов Дж. Эфталиты – алхоны в Чаганиане // НЦА. Т.,1999; Ильясов Дж. Об этнической принадлежности правителей Пенжикента // Нумизматика Центральной Азии. – Вып. VII. – Ташкент, 2004.

3 Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Тошкент: ЎзР ФА ШИ, 2014; Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари. тар. фан. бўй. номз. дисс. Тошкент-2010; Бобоёров Ғ. Эфталитларнинг этник келиб чиқиши тарихшунослиги. – Тошкент, 2019; Babayarov G, Kubatin A. Древнетюркские титулы в эпоху до Тюркского Каганата. (Ancient Turkic titles in the era before the Turkic Kaganate). 2012; Kubatin A. Древнетюркские термины в согдийских документах с горы Муг (Ancient Turkic terms in Sogdian documents from Mount Mugh.) Ural-Altaic Studies, 2014, 03 (14); Джуманиязова Ф. История Тохаристанских Ябгу и Тегиншахов Кабула. – Нур-Султан: “Ғылым” баспасы, 2021; Иномов О.У. Қовунчи маданияти ва унинг ўзбек халқининг шаклланишидаги роли. тар. фан. бўй. номз. дисс. Тошкент-2019.

4 Vatan tarixi . 1-qism (RShamsutdinov, Sh.Karimov) .T-2010

5 www.wikipedya.uz

6 O‘zbekiston tarixi, I kitob [Matn] / A.S. Sagdullayev. - Toshkent: «Donishmand ziyosi» МЧЖ, 2021. - 158 b.

7 Асқарова Ў.М., Хайитбоев М., Нишонов М.С. Педагогика. – Тошкент: Талқин, 2008. – Б. 81-87.

8 Сагдиев А., Фузаилова Г., Ҳасанова М. Тарих ўқитиш методикаси. – Тошкент: ТДПУ, 2008. – Б. 48-61.

Download 97.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling