o‘zi haqida — «men» deb birinchi shaxs nomidan gapiradi;
o‘zi haqida so‘zlaydi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va boshqalarni biladi) ;
o‘z yaqin insonlariga murojaat qiladi va yordam so‘raydi;
o‘ziga do‘st tanlaydi va u bilan o‘ynaydi;
o‘z oilasi va yaqinlariga qiziqish bildiradi;
o‘z ehtiyojlarini bildiradi;
ortib borayotgan o‘ziga ishonchni bildiradi.
|
o‘z xohish istaklari, qiziqishlarini bildiradi;
o‘yin davomida rollarni bajaradi;
o‘z hatti harakatlariga javob beradi («buni men qildim») ;
kattalar iltimosini (topshiriqni) bajaradi;
mashg‘ulot davomida diqqatni jamlaydi;
yutuqqa motivatsiya bildiradi;
omadsizlik, mag‘lubiyatda qayg‘uradi;
turli hissiyotlar va kayfiyatlarni namoyish etadi;
o‘z o‘yini uchun joy hozirlaydi.
|
o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni qabul qiladi va bajaradi;
o‘zining qaysi millatga mansubligini biladi ;
o‘zining hoxish-istaklari va qiziqishlarini aniq belgilaydi;
o‘z hissiyotlarini namoyon qiladi;
o‘z o‘zini baholashga qodir;
mustaqil o‘ziga faoliyat turini tanlaydi;
g‘oyalar taklif etadi, tashabbuskor
xayrixoh va ochiqko‘ngil.
|
mustaqillikka intiladi;
o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi;
o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi;
o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;
shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;
boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi.
|