B irinchi. Inson va davlat munosabatlarini belgilashda. 0 ‘zbekistonda qabul qilingan barcha Konstitutsiyalarda (1927, 1937, 1978-yillar) davlat manfaatlari ustunligi belgilangan edi. Jahondagi demokratik mamlakatlar tajribasida va inson huquqlari to‘g ‘risidagi xalqaro hujjatlarda inson manfaati yuqori turishi, buni amalga oshirish uchun davlatning aniq majburiyatlari bel gilangan edi. Shu g'oya Konstitutsiyada o‘z ifodasini topdi. U huquqiy jihatdan “Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida m as’uldirlar” (2-modda), “0 ‘zbekiston Respub-likasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoci, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” (13-modda), “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi” (43-modda), degan qator moddalarda mustahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |