Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 18.72 Kb. Pdf ko'rish
|
19-37-PB
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 87 asrda Orol uchun birinchi kartografik ma’lumot edi. Orolning kattaligi haqida qadimda yashab о‘tgan olimlarda turlicha fikrlar mavjud. Agar Al-Istaxriy dengizning aylanasi 103 farsax (bir farsax 6-7 km) deb yozgan bо‘lsa, Muhammad ibn Najib Bakron 100 farsax, Ibn Rusta esa 80 farsax deb hisoblagan. Dengiz uning atroflarida yashovchi odamlarga bosqinchilar hujumidan saqlanish uchun mustahkam qal’a bо‘lgan. Rivoyat qilishlaricha, Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) Xorazmga bostirib kirishi oldidan u yerga о‘z ayg‘oqchilarini yuborgan. Ayg‘oqchilar qaytib kelishgach, buyuk fotihga shunday deyishgan: "Xorazmni fath qilib bо‘lmaydi, sababi uni himoya qiladigan, balo- qazolardan saqlaydigan ulkan dengizi bor ekan". Bu gapni eshitgan Iskandar Xorazmga hujum qilish niyatidan qaytgan. Yana bir rivoyatga kо‘ra, Chingizxonning о‘g‘illari Chig‘atoy va Jо‘ji Urganchni egallagach, Orol bо‘yida yozgi qarorgoh qurishni rejalashtirishadi. Ammo dengiz atrofida yashovchi qabilalar mо‘g‘ullarga tez-tez hujum qilib, ularni bezovta qilishgan. Shu vajdan ular yozgi qarorgoh qurishdan voz kechgan ekanlar. Orol shuncha yillardan buyon barhayot bо‘lib, atrofida yashovchi xalqlarga rizqu nasiba berib kelganligi ikki azim daryo - Amudaryo va Sirdaryo bilan chambarchas bog‘liq. Chunki bu daryolar dengiz uchun asosiy suv manbai bо‘lgan. Orol eng kо‘p suvni Amudaryodan olgan. "Avesto"da daryo "Arang" deb tilga olingan. "Osiyoda chor atrofi tog‘lar bilan о‘ralgan vodiy bor, - deb yozadi tarixchilar otasi Gerodot... Atrofidan ka\tta daryo oqib о‘tadi. Uni Araks deb ataydilar. Uning 40 ta tarmog‘i bо‘lgan, ulardan biri Xasar (Kaspiy dengizi)ga qо‘yilgan. Bunday fikrni Strabon va Polibey kabi qadim dunyo olimlari ham bildirishgan. Aleksandr Makedonskiyning О‘rta Osiyoga harbiy yurishlari ishtirokchisi Aristobul shunday yozadi: "Men kо‘rgan daryolarning eng kattasi Oks (Amudaryo) edi. Bu daryoda kemalar qatnab turardi, hind savdogarlari Kaspiy dengiziga shu daryo orqali kemalarda suzib borishgan". Abu Rayhon Beruniy qadimgi geologik davrda Amudaryo Zaim (Kerki, Turkmaniston) yonidan Qoraqum orqali Kaspiy dengiziga oqqan deb hisoblaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling