“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
61
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI CHIZMACHILIK DARSLARIDA
DETALLARNING AKSONOMETRIK PROYEKSIYALARINI O‘RGATİSH
METODİKASİ
Ergashev Jaloliddin Bashir o‘g‘li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabasi
Ilmiy rahbar: B.Xujamurodov
Annotatsiya. Taqdim etilayotgan ilmiy maqolada umumiy o‘rta ta’lim
maktablari chizmachilik darslarida detallarning aksonometrik proyeksiyalari haqida
ma’lumotlar yoritilgan. Shuningdek aksonometrik proeksiyalarni o‘rganishda yuzaga
keladigan ba’zi muammolarni bartaraf etishning dastlabki bosqichlari yoritib
berilgan.
Kalit so‘zlar. Aksonometriya, to‘g‘ri burchakli aksonometriya, qiyshiq
burchakli aksonometriya, dimetriya, frontal dimetriya, izimetriya.
Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona
to‘g‘ri yo‘lidir. Shuning uchun ushbu sohada boshlangan islohotlarimizni davom
ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq
muloqot qilib, o‘quv tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha muammoli masalalarni
birgalikda hal etishimiz kerak.
Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini
oshirish, muallimlarning sharoitini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalardan
biri bo‘ladi.
Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarni puxta o‘zlashtirib, komp’yuterda
ishlashni o‘rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san’at va
madaniyatga qiziqtirishimiz lozim. O‘quvchilarda erkin va kreativ fikirlashni,
jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakillantirish zarur.
Chizmachilik fanini o‘qitish jarayonida aksonometrik proyeksiyalardan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Maktab chizmachilik darslarida detallarning
Do'stlaringiz bilan baham: |