Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.01.2023
Download 168.49 Kb. Pdf ko'rish
|
11-14
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.01.2023
28-SON HTTPS://ACADEMICSRESEARCH.COM/INDEX.PHP/CONFERENCE 13 tashkil etib oʻzlashtirishdir. Innovatsiyaning asosiy tushunchalari sifatida yangilik, gʻoya, vosita (yangi metod)larni olish mumkin. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg‘aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘q. Hozirgi zamon o‘qituvchisi ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda o‘quvchilarning pedagogik-psixologik tabiatiga e’tibor qaratishi va ta’lim jarayoniga innovatsiyani olib kirishi, hamkorlik asosidagi bahs- munozaraga imkon yaratishi, o‘g‘il-qizlardagi iroda mustahkamligini, muomala madaniyatini, iste’dodini tarbiyalashi lozim. Shuningdek, bugungi kun o‘qituvchisi oldiga jamiyatning ma’naviy tushunchalari, me’yoriy talablarni yaxshi o‘zlashtirgan bolagina emas, balki o‘zining butun hayoti davomida milliy qadriyatlarga hurmat, avlodlar an’analariga sodiqligi zarurligini anglab yetgan, zamonaviy bilimlarga, erkin, mustaqil fikrga ega, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha oladigan ma’naviyati yuksak, har qanaqa murakkab muammolarni hal etishga qodir insonlarni tarbiyalash vazifasi ham qo‘yilgandir. Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim va markaziy masalasi oʻquv jarayonini sifatli va samarali |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling