Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023
Download 209.55 Kb. Pdf ko'rish
|
39-43
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023
30-SON HTTPS://ACADEMICSRESEARCH.COM/INDEX.PHP/CONFERENCE 41 lozimligini aytadilar. Bunday nutqning kommunikativligi va muloqotning madaniyligi , so‘z sehri uning ma’no noziklari haqida ko‘pgina talqinlar mavjud.Jumladan, xalqimizning noyob durdonasi bo‘lgan qadimgi yozma bitiklardan ,,Kul Tegin ‘‘yodgorligida ham nutqning madaniylik belgisini ko‘rsatuvchi bek xislatlari talqin qilingan. Asarda bekning shirin so‘zli ekanligi , go‘zal muomalasi uchun boshqa yurtdagi xalqlarni ham o‘z atrofida birlashtirgani aytilgan. Tabg‘ach budun so‘zi chuchuk, Og‘izi yumshoq ermish. Suchuk so‘zi , yumshoq qiliq(la) avrab, Yiroq budunni ancha yaqinlatar ermish 1 Ko‘rinib turidiki , ming lashkar bilan olinmagan , yerlar bir kalom qudrati ila egallash mumkin. So‘z shunday tengsiz kuchki , u dushmanni do‘stga , do‘stni esa dushmanga aylantirishi mumkin. Chunki kishi birgina so‘zi bilan kimningdir qalbiga jarohat yetkazishi yoki kimnindir ko‘nglini obod etishi mumkin. Yana bir buyuk alloma asaridagi ko‘ngil va tilning birligi haqidagi mulohaza ham juda e’tiborlidir. Unda quydagicha talqi berilgan: Til so‘z kishi ko‘nglini bilish uchun belgi edi, Ko‘ngul til ola ( ya’ni boshqa)bo‘ldi , kimga ishonayin. Bunda Yusuf Xos Hojib kishining tilidagi so‘z bilan uning qalbidagi so‘z bir bo‘lishi lozimligi ,aksincha bo‘lganda esa u kimga ishonish mumkinligini ham bilmay qolishini ta’kidlaydi. Insonlarning tili bilan dili birligi uning hayotidagi insoniy fazilatlarining eng gultoji ekanligi aytadi. Sharq adabiyotining yana bir buyuk allomasi Ahmad Yugnakiy o‘zining ,,Hibbat ul-haqoyiq ‘‘asarida ham ayni shu mavzuda qimmatli fikrlar keltirib o‘tgan. Qizil til qora ashadiy yovdir, Bu ashaddiy yovni mahkam tut ,tinch bo‘l 1 A. Qayumov Qadimiyat obidalari .-Toshkent: Adabiyot va san’at, 1972.-B.135. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling