Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023
Download 209.55 Kb. Pdf ko'rish
|
39-43
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023
30-SON HTTPS://ACADEMICSRESEARCH.COM/INDEX.PHP/CONFERENCE 42 Haqiqatdan ham tilimizni tilla sandiqchasining kalitini mahkam tutib, har qanday keraksiz so‘zlarni tildan chiqarib , o‘zimizga dushman orttirgandan ko‘ra aql bilan fikr yuritib, tilini shirin qilib o‘zini kishilar orasida do‘stlarini,yaqinlarini orttirish ham til orqalidir. Demak, tilning ana shunday yolg‘ondan holiligi , aniq maqsadga qaratilganligi, o‘rinli so‘zlash, so‘zlarni ma’no mohiyatiga mos, nutq vaziyatidan kelib chiqib so‘zlash doim kishilar diqqat markazida bo‘lgan . Nutq insonni go‘zallik va borliqdagi ezguliklarni qadrlashga undaydi. Til orqali kishilar bir-birini anglaydi. Tilning ana shu xususiyati bilan ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi ko‘prik ekanligini ham ko‘rish mumkin Tildan maqsadga muvofiq foydalanish , umuman , nutq madaniyati haqidagi fikrlar sharqda mavjud bo‘lgan , biroq bugungi kundagi kabi ko‘rinishda emas. Buyuk tilshunos Navoiyning nutq haqidagi qarashlarida ham nutq madaniyatining bir qancha jihatlariga e’tibor qaratilgan. Buyuk tilshunos insonni insoniyligi uning tilida ekanligini aytadi.Buni esa ,,Hayrat ul-abror‘‘ dostonidagi quyidagi misrada sharhlaydi. Madani inson guhari so‘z durur, Gulshani odam samari so‘z durur. Insonga dunyoda mo‘jiza hisoblangan til inom etildi , uning vositasi sifatida so‘zdan foydalanamiz. Shu til tufayli insonlar hayvonlardan farq qildi. Til siniq ko‘ngilga malham , jarohatli yurakning davolovchisi ham hisoblanadi. Qachon u ana shu tengsiz qudratini ko‘rsata oladi bilasizmi? Albatta , nutq jarayonida muloqot paytida .Shunday ekan tilimiz sandig‘i nodir xazinasidan,faqat ezgu maqsadlar sari foydalanaylik . Nutqimizda til me’yorlari bilan bir qatorda nutq vaziyatidan kelib chiqib, madaniy nutq so‘zlashga harakat qilaylik. Chunki yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham ona tilimiz ,so‘zlash , nutq madaniyatiga ega bo‘lish haqida juda mulohazali fikrlar bildirib, bugunning dolzarb masalasi til tizimini takomillashtirish ekanligini e’tirof etdilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling