Ilm-fan va ta’lim


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

Do’stlik ertagi 
(2-sinflar uchun) 
Mavzu: 1000 soni vao’lchov birliklari 
Maqsad: O’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishini oshirish
o’quvchilarni hozirjavob, topqir bo’lishga chorlash.Bir-biriga g’amxo’r, mehribon 
bo’lishga, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. 
Ertakchi qiz:—Bir vaqtlar bir boboning 4 nafar nabirasi bor ekan. Nabiralari juda 
ham ahil inoq ekan. Bobo ularga har kuni har xil ertak va rivoyatlar aytib berar ekan. 
Kunlarning birida do’stlik haqida rivoyat aytib beribdi. Unga ko’ra do’stlik mustahkam 
va abadiy bo’lishi uchun do’stlar uzoq sayohatga chiqishi, yo’ldagi to’siqlarni yengib 
o’tib “ Do’stlik ” tog’ining cho’qqisiga chiqishlari kerak ekan. Bolalar sayohatga 
chiqishda do’stliklarini mustahkamlashga qaror qilishibdi. Bolalar yo’l yurishibdi, yo’l 
yurishsa ham mo’l yurishibdi. Ko’p dovonlardan o’tishibdi 
Jamshid:—Mana biz yana,
Etamiz davom. 
Ko’rinar oldda 
Yana bir dovon. 
Nodir:— Iye, anavini. 
Birning orqasidagi nollarni qarang. 
1-0-0-0 
Kamol: Nima bo’libdi, axir bu yuz (100)-ku. 
Alisher: Hecham-da. Yuz (100)da ikkita nol bo’ladi. Bunda esa uchta nol bor. Bu 
son ming (1000)deb o’qiladi. 
(1000) raqami yozilgan g’or: — Yanglishmading, bolajon, mening ismim chindan 
ham Ming erur. 
12
through fairy-tales to math in the lessons. : 
https://www.researchgate.net/publication/26629435
 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 95 ~ 
Ming marta ayting takror,
1000 ni bilmovchilar bor. 
10 ga ko’paytirsak 100 ni 
1000 bo’ladi tap-tayyor. 
Jamshid: 
— 1000ga yetarkan hisob,
Salmog’i ham oshadi. 
Shuni bilolmay Kamol 
Har qadamda shoshadi. 
«Kilometr» — bilmas u,
«Tonna»ni ham bilmaydi. 
«Gramm» bilan «kilogramm»,
Uning-chun farq qilmaydi. 
Sanani-ku bilar-a,
Yilni o’qiy olmaydi. 
Shunaqa gap, bechora 
Kamol 1000 ni bilmaydi. 
Kamol: — Men bilaman. Ming bu — 10 ta 100 lik, 1000 ta birlikdan iborat. 
Og’irlik, uzunlik o’lchovlarida ham 1000 uchrab turadi. 
«1000» raqami— Barakalla, Kamolni uyaltirmanglar, u judayam to’g’ri aytdi, 
hisobni bilar ekan. 
Nodir:—Mingvoy, bizga «Do’stlik tog’i»ga boriladigan yo’lni ko’rsata 
olmaysizmi? 
«1000» raqami:— Albatta ko’rsataman, biroq avval mening savollarimga javob 
berishingiz kerakda. Men zukko va ziyrak bolalarga to’g’ri yo’lni ko’rsataman. 
Alisher: — Kelishdik, unday bo’lsa, savol — sizdan, javob –bizdan. 
«1000» raqami:— Xo’sh, 1kilogrammda qancha gramm bor? 
— 1000 gramm. 
— 1 tonna necha kilogrammga teng? 
— 1000 kilogramm. 
— 1 kilometr necha metr bo’ladi? 
— 1000 metr. 
— Oldingizda, 2, 5 km yo’l bor, u qancha metrni tashkil etadi? 
— 2500 metrni. 
1000 raqami: — Ofarin, bilag’onlar! Yuringlar, sizga o’zim to’g’ri va aniq yo’lni 
ko’rsataman. 
Ertakchi qiz: — Ular yana yo’lga ravona bo’lishibdi. Yo’l-yo’lakay yana savol-
javoblarni davom ettirishibdi. 
Kamol: — Qaranglar, ana u yerda nima deb yozib qo’yilgan? 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 96 ~ 
Uzoqdan quyidagi so’zlar ko’zga tashlanadi: «Ajoyibotlar mamlakati». 
Jamshid:— Iye, bolalar, yetib kelibmiz shekilli. Lekin bu otaxon kim bo’ldi ekan-
a? Assalomu alaykum, bobojon! 
Nuroniy otaxon: — Valaykum assalom, bolalarim. 
Alisher:— Ajoyibotlar mamlakatiga shu yerdan kiriladimi? 
Otaxon: — Xuddi shunday, bo’talog’im. Lekin bir sharti bor —bu mamlakatga 
kirish uchun siz avval mening yoshimni topishingiz kerak. 
Nodir:— Xo’p bo’ladi, otaxon. Biroq bunda siz ham bizning ayrim savollarimizga 
javob berasizda, maylimi? 
Otaxon: — Mayli, xo’p. Men tayyorman. 
Nodir: — Otaxon, siz yoshingizni bizga aytmasdan 10 ga ko’paytiring. Natijadan 
9 ni ayiring.Endi javobni bizga ayting, qancha bo’ldi? 
Otaxon: — Olti yuz to’qson bir (691). 
Kamol: Demak, siz 70 yoshdasiz. 
Otaxon: — Barakalla, bolajonim. Endi esa, mana bu g’aroyib sonlarni xona 
birliklariga ajratib bersangizgina bu darvozadan o’tasiz. (Darvozadan «1000, 568, 205, 
460, 300» sonlarini xona birliklariga ajratib o’tishadi). 
Aks-sado eshitiladi: «Ajoyibotlar mamlakati »ga xush kelibsiz. Endi bu 
yerdagi ajoyibu g’aroyib misol-masalalar, boshqotirmalar-u rebuslar sizning 
ixtiyoringizda. Ularni to’gri bajarsangizgina tog’ni zabt eta olasizlar. 
Jamshid:— Voy-bo’-o’, mana bu yerda qiziqarli masala-yu, boshqotirmalar bir 
talay ekan. Men ularga deyarli javob topdim. Qani, endi siz ham javobini topib ko’ring-
chi: 
1) Agar kechasi soat 12.00 da yomg’ir yoqqan bo’lsa, u holda 24 soatdan so’ng 
quyosh chiqishi mumkinmi? 
2) 5 ta cho’pning 10 ta uchi bor. 5 yarimta cho’pning nechta uchi bo’ladi? 
3) Chizg’ichning to’rtta burchagi bor. Agar bitta burchagini qirqsak, qancha 
burchak qoladi? 
4) O’n ikkiga bo’lib 10 hosil qiling. Bolalarning birlari olib, birlari qo’yib bu 
qiziqarli savollarga javob berishadi. 
Alisher:— Do’stlar, ancha yo’l yurdik, bir qancha to’siqlardan o’tdik. Mana 
do’stlik tog’iga ham yetib keldik. 
Bolalar tog’ning cho’qqisiga chiqib hech qachon ayrilmaslikka, do’stliklari 
abadiy bo’lishiga qasam ichishibdi va sayohatni tugatib uylari tomon yo’l olishibdi. 
Savollar: 
7. 
1000da nechta nol bo’ladi? 
8. 
1kilogrammda qancha gramm bor? 
9. 
1 tonna necha kilogrammga teng? 
10. 
1 kilometr necha metr bo’ladi? 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 97 ~ 
11. 
2, 5 km = *m ? 
12. 
Otaxonning Yoshi qancha? 
13. 
1000, 568, 205, 460, 300 sonlarini xona birliklariga ajrating? 
14. 
Agar kechasi soat 12:00 da yomg’ir yoqqan bo’lsa, u holda 24 soatdan 
so’ng quyosh chiqishi mumkinmi? 
15. 
5 ta cho’pning 10 ta uchi bor. 5 yarimta cho’pning nechta uchi bo’ladi? 
16. 
Chizg’ichning to’rtta burchagi bor. Agar bitta burchagini qirqsak, qancha 
burchak qoladi? 
17. 
O’n ikkiga bo’lib 10 hosil qiling ? 
Javoblar: 
1) 
3ta 
2) 
1000gramm 
3) 
1000 kg 
4) 
1000 m 
5) 
2500 m 
6) 
70 
7) 
1ta minglik yoki 1000tabirlik 
8) 
Yo’q 
9) 
12ta 
10) 
5ta 
11) 
120 
Bu matematik ertak o’quvchilarga 1000lik konsentrida ishlashga, o’lchov 
birliklarini esda saqlashga yordam beradi. Og’zaki hisoblash ko’nikmasini 
rivojlantiradi. O’quvchilarni topqirlikka, hozirjavoblikka, mantiqiy fikrlashga 
o’rgatadi. Do’stlik buyuk ne’matligi, uni saqlash yo’lida to’siqlarni yengib o’tish 
kerakligini bolalar ruhiyatiga singdiradi. 
Demak biz o’tmoqchi bo’lgan matematika darslarimiz orqali boshlang’ich sinf 
matematika darslarida o’quvchilar arifmetik amallarni bajarish va kattaliklar bilan 
ishlashda o’qituvchi hamkorligida ijodiy fikrini ifodalay oladi va 1000 ichida sonlarni 
og’zaki va yozma raqamlash va uch xonali sonni xona birliklari yig’indisi ko’rinishida 
tasvirlay oladi.
13
Bu esa o’quvchilarining matematik ertaklar yordamida fanga oid 
qiziqishlarini oshirishdagi ahamiyati juda kattadir. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilish faoliyatini matematik ertaklar faoliyati 
orqali uyg’un holda tashkil etish darsning maqsadiga erishishda, ularni 
rag’batlantirishda, ta’lim tarbiya berishda, shaxsni kamolga yetkazishda yaxshi samara 
va natija beradi. 
13
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘ quv dasturi boshlang‘ich ta`lim. Toshkent-2017


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 98 ~ 
Insoniy fazilatlarni targ’ib qilish yoki aksincha xarakterdagi yomon jihatlarni 
bayon etishda eng qulay va ta’sirchan usullardan biri ertakdir. Shuningdek, ertak 
bolalarning tafakkur doirasini kengaytirish, quvvayi-hofizasini kuchaytirish maqsadida 
mantiqiy fikrlashga o’rgatishning asosiy omillaridan biri sanaladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling