Ilm-fan va ta’lim
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqola. Ilm fan va ta\'lim. Last
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxkamova Dilafruz Yuldashevna
- “YUQORI TO‘POLANG’’ MILLIY TABIAT BOG‘I XO‘JASIDDIQ BO‘LIMI O‘SIMLIKLARI Choriyev Bobur O‘rol o‘g‘li
- Annotatsiya
- Annotation
- Kalit so’zlar
Akbarov Qobuljon
Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix fanlari nomzodi Joʻrayeva Sobira Eshqurbonovna OʻzMU jurnalistika fakulteti, oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Maxkamova Dilafruz Yuldashevna O`zbekiston Milliy universiteti Tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti ~ 3 ~ “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 11 “YUQORI TO‘POLANG’’ MILLIY TABIAT BOG‘I XO‘JASIDDIQ BO‘LIMI O‘SIMLIKLARI Choriyev Bobur O‘rol o‘g‘li ,,Yuqori to’polang’’ milliy tabiat bog`i ilmiy kotibi boburchoriyev465@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida yangi tashkil qilingan,,Yuqori to`polang’’ milliy tabiat bog’ining geografik, botanik-geografik joylashuvi va o`simlik olami haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Shuningdek maqolada,,Yuqori to’polang’’ milliy tabiat bog’ida olib borilgan ilmiy-amaliy kuzatuvlar natijasi taxlili keltirilgan. Annotation: This article provides initial information about the geographic and botanic-geographic location of the " Upper tupalang " National Nature Reserve newly established in the Surkhandarya region. Additionally, it outlines the scientific and practical findings resulting from research conducted in the "Upper tupalang" National Nature Reserve. Kalit so’zlar: Surxondaryo, to’polang, provinsiya, qaror, flora, fauna, qizil kitob, Kundaijuvoz. Key words: Surkhandarya, tupalang, province, region, flora, fauna, red book, Kandikhuz. Mamlakatimizning yashil olamini saqlash va bu yashillikda yashayotgan flora va fauna olamini muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri xisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining "Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida" gi qonuni talablariga muvofiq, so`nggi yillarda turli tabiiy ekotizimlarda o`simlik va hayvonlar soni muntazam qayd etib kelinmoqda. Yovvoyi tabiatdan foydalanish bo`yicha hozirda mavjud bo`lgan meʼyoriy hujjatlar yovvoyi tabiatni muntazam kuzatib borishni nazarda tutadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2019 yildagi 737-sonli "O`zbekiston Respublikasida atrof-muhitni monitoring qilish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida" gi qaroriga muvofiq dastur tasdiqlanib, unda o`simlik va hayvonot dunyosining eng muhim obʼektlari, iqtisodiy muhim turlar, O`zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga va xalqaro Qizil Roʼyxatga kiritilgan noyob turlarning holati va prognozini yanada muntazam baholash koʼzda tutilgan. Ushbu turdagi monitoringga alohida eʼtibor qaratilmoqda, chunki sanoq natijalari va monitoring maʼlumotlari tabiiy resurslardan barqaror foydalanish tamoyillarini hisobga olgan holda o`simlik va hayvonlarning bugungi kundagi tur sonining qanchaligiga va uni muxofaza qilishga asos boʼlib xizmat qiladi. ~ 67 ~ “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 11 ,,Yuqori to’polang’’ milliy tabiat bog’i O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-martdagi № 93 sonli “O`rmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy xududlarni tashkil etish bilan bog`liq qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida’’ qaroriga muvofiq “Muhofaza etiladigan tabiiy xududlar to’g’risida’’gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tog’ va tog’oldi xududlarda noyob xamda yo’q bo’lib ketish xavfi ostidagi o’simlik va xayvonot dunyosi turlarini, o’rmon resurslarini muxofaza qilish, takror ko’paytirish, qayta tiklash xamda o’rmon fondi yerlarida ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq: “Orolqum’’, “Pop’’, “Omonqo`ton’’, “Yuqori to`polang’’, “Bobotog`’’ milliy tabiat bog’lari bilan birgalikda tashkil etilgan. Surxondaryo viloyati O`zbekistonning janubida joylashgan bo`lib, g`arbda Ko`xitang tizmasi, shimolda Boysun, shimoliy-sharqdan Xisor tizmasining janubiy yonbag`ri, sharqida esa Bobotog`ning g`arbiy yonbag`rining quyi qismi bilan o`ralgan.,,Yuqori to`polang’’ milliy tabiat bog`i O`zbekistonni botanik-geografik rayonlashtirish (K. Tojiboyev. 2016) jixatidan tog’lio’rtaosiyo provinsiyasi Xisor- darvoz okrugining Sangardak-to`polang botanik geografik rayoniga kiradi. Xisor- darvoz okrugining ko’p qismi Tojikiston xududiga to`g`ri keladi, janubda Afg`onistongacha va g`arbdan O`zbekiston bilan chegaralangan. ,,Yuqori to’polang’’ milliy tabiat bog`i umumiy xududi 28 000 gektarga teng bo’lib 2 ta xududdan iborat Zebar va Tamshush kabi bo`limlardan iborat. Xo`jasiddiq bo’limi milliy tabiat bog’ining xalq tilida,,Ustoch’’ nomli qismidan boshlanadi va,,Dalmi darasi’’ va,,Zardoliqo`tan’’ orasida joylashgan bo`lib, ikki tepaliko`rtasidan,,Chakals oy nomli’’ soy oqib o`tadi.,,Yuqori to`polang’’ milliy tabiat bog`i dengiz sathidan sezilarli darajada yuqori bo’lib bu ko’rsatkich 1400 metrdan 2100 metr va undan ham yuqori bo`lgan hududlarga ega xisoblanadi. ~ 68 ~ ,,Yuqori to`polang’’ milliy tabiat bog`i Xo`jasiddiq bo’limi xududi “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 11 Bugungi kungacha olib borilgan tadqiqotlar (Kamelin, 1973) shuni ko`rsatdiki To`polangdaryo xududi atrofida 1500 ga yaqin tur bo’lib ulardan milliy tabiat bog`i xududida bir qancha endem o`simliklar mavjud bular quyidagilar: Acantholimon annae Lincz, Bergenia hissarica Boriss, Cephalopodum hissaricum Pimenov, Jurinea pjataevae Iljin, Silene michelsonii Preobr, Sphaerosciadium denaense (Schischk.) Pimenov et Kljuykov. Bundan tashqari bir qancha subendem turlarga ega ular: Acantholimon vvedenskyi Lincz, Allium sordidiflorum Vved, Astragalus bucharicus Regel, Astragalus pseudoanthylloides Gontsch, Astragalus viridiflorus Boriss, Cousinia vvedenskyi Tscherneva, Dionysia hissarica Lipsky, Iskandera hissarica N. Busch, Jurinea sangardensis Iljin, Scutellaria guttata Nevski ex Juz, Tulipa orithyioides Vved, Ungernia victoris Vved. Quyida Xo’jasiddiq bo’limida nazorat reyd tadbirlari davomida uchratilgan dorivor va manzarali bir necha turlar keltirib o`tilgan. Aconogonon hissaricum (Popov) Soják (Tаран гиссарский; Xisor toroni) Polygonaceae oilasiga kiruvchi ko'p yillik o'simlik. Tog`larning yuqori va o'rta qismidagi shag`alli, toshli, chag'ir toshli yerlarda o'sishga moslashgan. Oziq ovqat, dorivor, manzarali tur sifatida qadrlanadi. Tyon Shon va Pomir-Oloy tog' tizmalarida tarqalgan. Tog`lio'rtaosiyo provinsiyasi uchun endem tur xisoblanadi. Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida tarqalgan. Mediasia macrophylla (Regel & Schmalh.) Pimenov. (Mедиазия крупнолистная; Yirikbargli alqor) Apiaceae oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik. ~ 69 ~ “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 11 Tog'larning pastki, o'rta va yuqori qismidagi mayd toshli va shag'alli yerlarda va soylar atrofida o'sishga moslashgan. Dorivor, oziq ovqat va efir moyli o'simlik sifatida ishlatiladi. g'arbiy Tyon shon va Pomir-Oloyda tarqalgan. Scutellaria intermedia Popov. (Шлемник средний; O'rta ko'kamaron) Lamiaceae oilasiga kiruvchi yarimbuta. Tog'larning pastki qismidagi mayda toshli va toshli yerlarda o'sishga moslashgan. Foydalanishi aniqlanmagan. g'arbiy Tyon Shon va g'arbiy Pomir-Oloyda tarqalgan. Aconogonon hissaricum (Popov) Soják Mediasia macrophylla (Regel & Schmalh.) Pimenov. Scutellaria intermedia Popov. Oxyria digyna (L.) Hill. Oxyria digyna (L.) Hill. (Кисличник двухстолбиковый; Ikkibo'yingchali nordono't) Polygonaceae oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik. Tog'larning pastki qismidagi toshlar orasida soylar atrofida o'sishga moslashgan. Oziq ovqat va bo'yoq olishda ishlatiladi. Kavkaz, Bolqon, O`rta Osiyo, Eron, Xitoy, Mongoliya, Sibirda tarqalgan. Tyon Shon va Pomir-Oloyda tarqalgan. Achillea filipendulina Lam. (Тысячелистник таволговый; Tobulgʻisimon boʼymodoron). Asteraceae oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik. Tog'larning pastki, o'rta va yuqori qismidagi mayda toshli, shag'alli, qiyaliklarda, daryo yoqalarida, bog'larda o'sishga moslashgan. Dorivor, manzarali va efir moyli o'simlik sifatida ~ 70 ~ “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 11 ishlatiladi. Kavkaz, O'rta Osiyo va Eronda tarqalgan. O'zbekistonda Tyon Shon va Pomir Oloy tog' tizmalarida tarqalgan. Xulosa qilib aytganda O`zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza etilayotgan o`simliklar dorivor, manzarali, sanoat maqsadlarida foydalanildigan turlarga boy maskan xisoblanadi.,,Yuqori to`polang milliy tabiat bog`i respublikamizdagi so`ngi tashkil qilingan muxofaza zonalaridan biri bo`lib o’z bag’riga tabiatning eng ajoyib o`simliklarni jamlagan joy xisoblanadi. Bugungi kunda,,Yuqori to`polang’’ milliy tabiat bog’i ilmiy hodimlari va inspektorlari tomonidan hududda tinmasdan nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda va har bir nazorat almashinuvi oxirida hududda uchratilgan hayvon va o`simliklarning xisobi yuritilib kelinmoqda.,,Yuqori to`polang’’ milliy tabiat bog’ining o`simliklari haqidagi ma’lumotlar telegramdagi @Florist_sistematiklar kanaliga joylab borilmoqda. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling