Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
online konferensiya
34 www.academiascience.uz ijobiy tomonlari mavjuddir. Lekin ular - evropaliklar, biz ham – ming yillik tarbiya tarixiga ega o‘zbeklar ekanligimiz unutilmagani ma’qul. Sharqda azal-azaldan ko‘ngil tarbiyasi ustuvorlik qilib kelgan. Ma’naviy yetuklik baland martabada bo‘lgan. Bilimlarni o‘zlashtirishga, fanda kashfiyotlar qilishga ruhiy kamolot orqali erishilgan. Shuning uchun ham maktablarda avval badiiy adabiyotni o‘qitish, so‘zdan ta’sirlanishga o‘rgatish amalga oshirilgan. Ruhiyatni uyg‘otishga harakat qilingan. Bezovta qalbgina izlanishlarga qodir ekanini bobolar yaxshi tushunishgan. G‘arbliklar ta’lim tizimining xususiyatlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, ular erishgan yutuqlarning o‘quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligi, real jihatlariga mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirish kerak. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina o‘zlashtirilib chekinish yuz berishi mumkin. Tajriba almashishlar ko‘rsatdiki, Yevropa ta’lim tizimida har qanday o‘quv fani bo‘yicha, u biologiya bo‘ladimi, iqtisodmi, tilmi, turli mavzular yuzasidan esselar yozish yetakchilik qiladi. Ma’lumki, esse-erkin fikrning, mustaqil tafakkurining mahsuli. U –ijod. Adabiyot darslarida insho yozish ham ijod. Ijodning har ikala turi orasidagi tafovut uncha katta emas. Albatta, insholar ta’lim tizimida o‘rganib qolingan an’anaviy tartibda emas, aynan ijodning natijasi tarzida yozilishi kerak. Adabiyot darslarida tanlangan insho mavzulari o‘qituvchilar uchun eski bo‘lishi mumkin, ammo o‘quvchilar uchun yangi ekanligini muallim e’tibordan qochirmagani ma’qul. O‘quvchilarda ijodkorlikni o‘stirish uchun ularni ijodga undovchi material, stimul va erkinli berish, ularni o‘qitishni bas qilib, o‘qishga yo‘nalish berib turish zarur. O‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati bo‘lmish insholarni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: a) o‘quvchiga katta va xilma-xil mavzularni tanlash ixtiyorini berish. Bu mavzular o‘quvchilar uchun maxsus tanlangan bo‘lmay, o‘qituvchining o‘zi uchun ham jiddiy va qiziqarli bo‘lishi mumkin. b) o‘quvchilarga o‘rtoqlarining insholarini o‘qishga berish va namuna sifatida ham faqat bolalarning ishlarini tavsiya etish; “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling