Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
online konferensiya
37 www.academiascience.uz millatimizning g‘ururi Alisher Navoiyning aksariyat asarlari, xususan, “Xamsa” dostonidagi bir necha boblar so‘z ta‘rifiga bag‘ishlangan. Shoir, avvalo, hayot mohiyati hisoblangan to‘rt unsur: suv, havo, olov, tuproqning ham, yetti qavat osmondagi yetti sayyoraning ham so‘z tufayli vujudga kelganini ta‘kidlaydi: To‘rt sadaf gavharning durji ul, Yetti falak axtarining burji ul. Alisher Navoiyning teran tafakkuri va bepoyon badiiy taxayyuli mahsuli bo‘lmish benazir so‘z durdonalari tilimizning butun salohiyatini namoyon etuvchi ulkan qomusdir. Shuning uchun ham O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Karimov aytganlaridek, “Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi”. Fikrning aniq va ravshan bo‘lishi so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. So‘zdan to‘g‘ri foydalanish uchun esa, avvalo, uning lug‘aviy ma‘nosini anglash zarur. Lekin buning o‘zi yetarli emas. Fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash va tushunish uchun so‘z ma‘nolari doirasini, uning matnda ifoda etgan ottenkalari va ma‘no ekvalentlarini ham chuqur bilmoq kerak. Ma‘lumki, fikr og‘zaki va yozma ravishda bayon etiladi. Ha ikki shaklda ham so‘z ishlatishda ehtiyotkorlik, mas‘uliyat kerak. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, A.Navoiy, Z.M.Bobur kabi shoirlarimiz asarlarida so‘zni o‘ylab ishlatish zarurligini ta‘kidlaganlar. Og‘zaki nutqda so‘z qo‘llashdagi ayrim nuqsonlar umumiy fikr ichida sezilmay qolishi yoki tinglovchi uni to‘g‘ri tushuna bilishi mumkin. Lekin yozma nutqda bunday qilib bo‘lmaydi. Yozma nutqda har bir so‘zning ma‘nolari jiddiy hisobga olinishi lozim. Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarining turli xil kombinatsiyalaridan cheksiztushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zlarga yangi-yangi ma‘nolar yuklanadi. Fikrning aniq va ravshan bo‘lishi nutqda so‘zdan to‘g‘ri foydalanish, uning lug‘aviy ma‘nosini anglash zarur. “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling