Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
online konferensiya

 
60 
www.academiascience.uz
 
XX asrning ulkan qurilishlaridan biri bo`lgan Markaziy Osiyo xalqlarining 
turmush darajasini yaxshilash borasida katta burilish yasagan Katta Farg`ona 
kanalining tarixi barchamiz uchun qiziqarli va hayratlanarlidir . Buning boisi 
shundaki u asosan qo`l kuchi bilan tuproq qazilib , o`z nihoyasiga yetkazilgan va 
Farg`ona vodiysida bunyod etilgan eng yirik gidrotexnik inshootdir.
1
Aslida insonlar qadim – qadim zamonlardan hayot uchun zarur bo`lgan suv 
manbalarini bo`ysundirish uchun kanal qazib , ariq chiqarib , yerlarni o`zlashtirish 
bilan shug`ullanib kelganlar . O`lka aholisi dehqonchilik bilan shug`ullanib kelar 
ekan, doim suv tanqisligi, sug`orish inshoatlarining kamligi oqibatida unumdor yerlar 
cho`lga aylanar edi. Katta Farg`ona kanalining qurilishi esa aholining unumdor 
yerlarga bo`lgan ehtiyojini qondirib, bir necha asrlar mobaynida qamish bosib yotgan 
botqoqliklar hamda qum barxanlarining o`rnida ekinzorlar bog`lar va tokzorlarni 
yaratish imkonini berdi.
O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy kengashi kotibi Usmon 
Yusupovning 1939-yil 3-iyundagi 896-sonli qarori Katta Farg‘ona kanalining 
qurilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Kanal qurilishi loyihasi muallifi 1909-yil 13-
may va 1971-yil 14-sentyabr, yillarida yashagan, Tavricheskaya viloyati Kuchuk-
O`zen qishlog`ida tavallud topgan, Toshkent, Sovet me`mori. O`zbekiston SSR qator 
loyihalar muallifi, SSSR me`morlar ittifoqining a`zosi Sadyk Ibragimovich Nagaev 
hisoblanadi. 
2
Kanal qurilishi haqida xattoki hujjatli film ham olingan bo`lib, uni “Toshkent 
Kinoxronika Studiyasi”. Suratga oluvchi kino operatorlar M.Qayumov, Sh.Zaxidova, 
A.Tursunovalar tomonidan tasvirga olingan. Filmda shuni ko`rishimiz mumkinki
kolxozchilar ishni boshlashga ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko`radilar. O`zbekisron SSR 
Oliy Soveti Prezidiumining raisi Yo`ldosh Oxunboboyev ham kanal qurilishiga 
qimmatli ko`rsatmalar beradi. Kolxozchi quruvchilarga yordam berish uchun maxsus 
yer portlatuvchilar ham keladilar. Shuningdek kolxozchi Halima Mo`minova qattiq 
yer qazish no`rmasini 360 protsenga bajarib, ko`plab staxanovchilar oldida boradi. 
1
Ferlibrary.uz / Katta Farg`ona kanali 80 – yoshda . 
2
Egambediyev,A, Hayotbaxsh kanal: Katta Farg`ona kanali 40 – yoshda. // Kommuna.-1979.-29.dek;25.-B.3.


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling