Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
online konferensiya
61 www.academiascience.uz Yana bir staxanovchi kolxozchi Dunon Do`smatov normani yetarligidan ham ortiq bajarib uning shuxrati butun trassalar bo`ylab tarqaladi. Namangan kolxozchilari ham jonbozlik ko`rsatib, birinchi bo`lib yer qazish ishlarini tamomlab, kanalni o`n yettinchi uchastkasini tayyor qilib topshiradilar. Bularning hammasi o`zbeklarning matonati edi. 1939-yil 1-avgustdan boshlab xalq hashari yo`li bilan Katta Farg`ona kanali juda qisqa muddatda, 45 kun mobaynida qazib bitkazilgan. Shundan keyin Katta Farg`ona kanali 1940-yilda Tojikiston hududida yana uzaytirilgan. Xalq hasharida 180 ming nafar ishchi va dehqon hamda 3000 nafar muxandis-texnik hodim qatnashgan. 270 kilometrli trassada 17 mln. m 3 tuproq qazib chiqarilgan. Shundan faqatgina 1,7 mln.m 3 tuproq mexanika yordamida qazilgan. Ishlar og`ir bo`lgan uchastakalarda 14 ta ekskavator, 245 ta traktor, 13 ta bulduzer, 10 ta skreper, 3 ta avtogreyder, 420 avtomashinadan foydalanilib, 42,2 ming m 3 beton ishlari bajarilgan. Kanal 1953- 1962, 1964 va 1967 yillarda qayta tamirlangan. 3 Kanal suvi O`zbekistonda uch viloyat, Andijon viloyatida 66,6 ming gektar, Namangan viloyatida 12 ming gektar, Farg`ona viloyatida esa 125 ming gektar yerlarni sug`oradi. Bundan tashqari qo`shni respublikalar Qirg`izistonning O`sh viloyatini 78 ming gektar va Tojikistonning Sug`d viloyatida 10 ming gektar yerlarni sug`orishda foydaliniladi. Aniq ma`lumotlarga ko`ra, Katta Farg`ona kanali O`zbekiston hududidan 283 km, Tojikiston hududidan 62 km, Qirg`izton hududidan esa 13 km masofani bosib o`tadi. Vodiyni shimoli – sharqidan janubi – g`arbgacha kesib o`tgan. Asosiy o`zani uzunligi 350 km. Vegetatsiya davrida Norin (420m 3 /s), Qoradaryo (100m 3 /s), So`x (12m 3 /s) daryolaridan 532 m 3 /s suv oladi. Kanal massasi 2 traktdan iborat. Yuqori Norin trakti (44 km.) Norin daryosi Uchqo`rg`on shaxri yaqinidan boshlab Quyganyorgacha yetib boradi. Quyi Qoradaryo trakti (301 km.) Qoradaryoga qurilgan Quyganyor to`g`onidan boshlanib, Sirdaryo bilan deyarli 3 Qodirov,Sh. Vodiyning muhim suv manbayi. / Katta Farg`ona kanali 70 –yoshda. . // Farg`ona Xaqiqati.-2009.- 30.dek. : 102/103. – B.3. “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling