Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
online konferensiya
31 www.academiascience.uz bo‘lardi, degan fikrga kelamiz. Chunki 5- sinf o‘quvchilari daftarga ko‘p gaplarni ko‘chirib yoza olmaydilar. Tayyor matn ustida ishlash, tayyor gaplardan bo‘laklar ustiga so‘roqlarni yozish esa qulay va ko‘proq amaliy bilim olishga yordam beradi. Lekin hamma o‘qituvchilar ham bunga e’tibor bermasligi, bunday usulni qo‘llamasligi mumkin. Ba’zida o‘quvchilar bir- ikkita grammatik qoidani o‘rganish uchun 5-6 gapni ko‘chirib yozib, vaqt yo‘qotadilar. Masalan, nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchani qo‘yish, berilgan ma’nodosh so‘zlaning mosini qo‘yish kabi topshiriqlarni ko‘proq bajarish mumkin, yozish uchun esa bitta mashq bajarilsa yetarli. Keyingi mulohazalar 7-sinf ona tili darsliklari haqida bo‘lib, ulardan bittasi haqida to‘xtalmoqchimiz. Bu “Ismlarning munosabat shakllari” mavzusidir. Bu mavzuni o‘zlashtirish o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda. Chunki “ismlar” atamasi ostida birlashtirilayotgan ot, sifat, son, olmosh, fe’lning harakat nomi va sifatdosh shakllari, shuningdek, taqlid so‘zlarni eslab qolishning o‘zi 7-sinf o‘quvchlari uchun murakkablik qilmoqda. Shu o‘rinda o‘zbek tilshunosligida “ismlar” deb nomlanuvchi til hodisasining paydo bo‘lishi haqida to‘xtalsak. Darslikda ta’kidlnganidek, bu so‘zlarni “ismlar’’ atamasi ostida birshtirish zarurmikin? Bu hodisa tilshunoslikda qandaydir sun’iy, ortiqcha parametrga o‘xshab tuyulmayaptimi? Bundan 10-15 yillar oldin fanimizda otdan boshqa so‘z turkumlarining egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi “otlashish hodisasi” deb talqin etilaredi. Ana shu talqin so‘z turkumlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda, ularga qo‘shiladigan lug‘aviy shakl yasovchi yoki sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni farqlab o‘rganishda qulay edi. Ot, sifat, son, olmosh turkumlarini birlashtirib, ularga qo‘shiladigan lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar sanalganda ko‘plik, kichraytrish–erkalash, qiyoslash ma’nosini bildiruvchi shakllar aytib o‘tilgan. Lekin sifatning daraja shaklini yasovchi, sonning turlarini yasovchi qo‘shimchalar haqida esa hech narsa deyilmagan. “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling