Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
online konferensiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
38 www.academiascience.uz KREATIV RIVOJLANGAN AVLODNI TARBIYALASHDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING VAZIFALARI Ochilova Zarifa, Navoiy viloyat Xatirchi tuman 51-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalaridan, didaktik tarqatmalar va o‘quv materiallardan foydalanib darslarni tashkil etishning dolzarbligi hamda bu jarayonda o‘quv va metodik qo‘llanmalardan tashqari rasmli jadvallar, krossvordlar va multimediali elektron vositalardan foydalanish muhimligi haqida fikrlar berilgan. Kalit so‘zlar: innovatsiya, texnologiya, ko‘nikma, malaka, metodika, kreativ. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Engе katta boylik – bu aql- zakovat va ilm. Eng katta meros - bu yaxshi tarbiya. Eng katta qashshoqlik - bilimsizlikdir”- deb ta’kidlashlari umumta’lim maktablari ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha o‘qituvchilar oldiga katta mas’uliyat va vazifalar yukladi, shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ham. Bugun davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator qaror va farmoyishlar mamalakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish masalalari bilan bevosita bog‘liqdir. Fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida o‘quv-tarbiya jarayonida interaktiv usullardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Zamon talabiga muvofiq holda har bir fan o‘qituvchisi o‘zining mutaxassisligini, chuqur o‘zlashtirgan, pedagogik-psixologik hamda metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta egallagan, ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshiradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor va ularni ta’lim jarayonida qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishi bilan birga innovatsion faoliyat egasi bo‘lishi lozim. Har bir dars o‘qituvchidan o‘ziga xos innovatsiyalarni, kreativ “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling