Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 

www.academiascience.uz
 
bo’lib, o’z navbatida Karl VI ga muntazam axborot bergan. Aynan mana shu 
sababdan Fransiya qiroli Amir Temurning o’z saltanatining g’arbiy hududlarida 
joylashgan davlatlar ustiga zafarona yurishi va u bilan Boyazid o’rtasida to’qnashuv 
sodir bo’lishidan habardor edi. Shu to’qnashuv arafasida u Vizantiya elchisi, 
dominikan mazhabilik ruxoniy Fransua orqali ulug’ amirga maktub yo’lladi. Agar u 
turklarga hujum qiladigan bo’lsa, genuyaliklar va ularning harbiy dengiz 
qo’shinlarining yordamini vaʼda qildi. Chindan ham ko’p o’tmay Amir Temur 
Turkiya hududlariga kirganida Busikoning amri bilan Pera qal’asiga devorlarida 
Movarounnahr hukmdorining Tug’i hilpiradi. Bu bilan Fransiya qiroli va Genuya 
shahrini o’z himoyasiga olgan Karl VI Boyazidga qarshi kurashda ulug’ amir bilan 
ittifoq tuzganligini maʼlum qildi. Busiko o’z kitobining XXXVII bobida Amir 
Temur shaxsiga to’xtalib, sohibqiron va uning qo’shini haqida shunday yozadi: 
“Amir Temur bag’oyat mard odam edi va taqdir uni yana bir oz qo’llab-
quvvatlaganida butun yer yuzini zabt etardi, ammo bu unga nasib etmadi. Zero, 
hammaga maʼlum bir maqolda aytilganidek, «har bir ish hudoning irodasi bilan”. 
Biroq, u qurol bilan ulkan ishni amalga oshirdi, u o’ttiz yil davomida na jang 
qilishdan to’htadi, na bir shaharda tuzukroq dam oldi, har doim mo’jizakor qo’shini 
bilan dala-yu dashtda yurdi va lashkarlari orasida shunday qatʼiy tartib o’rnatdiki, 
ularning kundalik hayoti uchun zarur bo’lgan barcha narsani o’zi bilan birga olib 
yurdi. U kechib o’tgan ulkan daryolar va uning mehnatda toblangan odamlari qilgan 
ishlar haqida ajoyib asarlar yaratish mumkin» harbiy sanʼatdan yaxshi xabardor 
bo’lgan Marshal Busiko buyuk sarkarda Amir Temur va uning qo’shini haqida 
to’lqinlanib so’zlaydi. Busiko Amir Temur va uning lashkarlari haqida gapirar ekan 
“yaxshi”,“to’liq”, “katta”, “buyuk, ulkan” “oliy darajada, yuksak”, “Mo’jizakor” 
sifatlarini qo’llaydi. 
Marshal Busiko Genuyaga 1407-yilgacha xokimlik qilgan. Fransiyaga qaytgach, 
Busiko Angliya va Fransiya o’rtasidagi yuz yillik (1337-1453) urushda ishtirok etgan. 
1415-yil Fransiyaning shimolida joylashgan kichik Azinkur shaharchasi yaqiinida 
Angliya qiiroli Genri V qo’shinlari bilan bo’lgan jangda Marshal Busiko inglizlar 
tomonidan asir olingan va 1421-yil Londonda tutqunlikda vafot etgan. Shu qadar 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling