Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 

www.academiascience.uz
 
nafis satrlarni bitgan Marshal Busiko, afsuski, bizga Amir Temur “amalga oshirgan 
mo’jizalar haqida hikoyalar” yozib qoldirmagan. Balki uning imkoniyati 
bo’lmagandir. balki bevaqt o’lim bunga yo’l qo’ymagandir. 
Tarixdan yaxshi maʼlumki, 1352-yildan 1396-yilgacha Bolqon yarim oroli 
hududida Yevropa davlatlari qo’shinlari bilan Usmonli turklar qo’shinlari o’rtasida 
bir necha qonli to’qnashuvlar ro’y bergan. 1396-yil 15-sentyabr kuni Dunay 
daryosiga kelib qo’shiluvchi Shil daryosi qirg’og’ida joylashgan Nikopol shahri 
yaqinida ro’y bergan va nasroniy ritsarlarning mag’lubiyati bilan yakunlangan. 
I.Shiltberger Usmonli turklar va Yildirim Boyazidga qarshi jangda ishtirok etgan 
va ularga asir tushgan. Shiltberger yana boshqa asirlar bilan Boyazid tomonidan 
Turkiyaning o’sha paytdagi poytaxti Brussa (Bursa)ga olib ketilgan va u yerda olti yil 
qolib ketgan. 
Amir Temurning Yaqin Sharqdagi yetti yillik yurishi davrida (1399 - 1404) Misr 
mamlakatlari bilan ittifoqchilik shartnomasida bo’lgan Sulton Boyazid sulton 
Sayfiddin Barquq (1382 - 1399)ning iltimosiga binoan uning huzuriga o’ttiz ming 
askarlik jangovar qo’shinni jo’natadi. Yoxann Shiltberger shu qo’shin safida Misrga 
jo’natiladi, taxminlarga qaraganda 1401-yil oxiri yoki 1402-yil boshida Turkiyaga 
qaytadi. 
Anqara jangida (1402-yil 28 iyul) Shiltberger Amir Temur lashkarlari 
tomonidan asir olinadi va Samarqandga olib ketiladi. Sohibqiron vafoti (1405-yil 19-
fevral)dan so’ng u Amir Temurning vorislari xizmatini qiladi. Shiltbergerning 
yozishicha, Shundan so’ng Shiltberger Oltin o’rda xonlari xizmatida bo’lgan, bu 
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy xayoti haqida qiziqarli maʼlumotlar yozib qoldirgan.
I.Shiltberger o’z vataniga 1427-yil qaytib kelgan. Vataniga qaytgach Shiltberger 
o’z xotiralarini yozib qoldirdi. Yoxann Shiltbergerning tug’ilgan va vafot etgan yillari 
aniq emas. 
Rumin olimi M. Alexandrescu-Dersca fikricha, uning xotiralari ilk bor 1557-yil 
Frankfurtda “Turk bandisi tarixi” nomi ostida nashr etilgan. 1859-yil da esa 
Myunxenda kitobning boshqa bir varianti:“Yoxann Shiltbergerning Yevropa, Osiyo 
va Afrika bo’ylab 1394-yildan 1427-yilgacha sayohati”) nomi ostida nashr 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling