Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 

www.academiascience.uz
 
etildi.Kitob rus (tarjimoni F.Braun, 1866), ingliz (tarjimoni J.Bushan Telfer, 1879) va 
fransuz (tarjimoni Jozef Myuller, 1882) tillariga tarjima qilingan.Shiltbergerning 
“Sayoxatlari’’ Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Eron, Yaqin Sharq va Oltin o’rda 
mamlakatlaridagi XIV asrning 80-90-yillari va XV asr boshidagi murakkab harbiy-
siyosiy xolati haqida maʼlumotlarga ega.I.Shiltbergerning Oltin o’rdaning XV 
asrning birinchi choragida, feodal kurashlar va sulolaviy ixtiloflar kuchaygan 
paytidagi ijtimoiy-siyosiy xolati haqidagi maʼlumotlari alohida ahamiyatga ega. 
Shiltbergerning fikricha, XV asr boshida 25 yil davomida Oltin o’rdada o’nta xon 
taxt almashgan. 
Shiltberger axolining mashg’ulotlari va diniy etik odatlari, shaharlarning 
diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumotlar keltiradi. «... axoli donli o’simliklardan 
faqat arpa ekadi. Ular, umuman non yeyishmaydi, sharob ham ichishmaydi, ularning 
o’rnini biya va tuya suti bosadi. ular bu hayvonlarning go’shtini ham isteʼmol 
qilishadi. Taʼkidlash lozimki, bu davlatda podsho va ulamolar qishin-yozin xotin, 
bola-chaqalari, podalari va boshqa mol-mulkini olib bir yaylovdan ikkinchi yaylovga 
ko’chib yuradi.» Shiltberger shu qadar qiziquvchan va kuzatuvchan inson bo’lganki, 
uning nazaridan ko’chmanchilar hayotining eng mayda ikir-chikirlari ham chetda 
qolmagan. “Ularning ovqatlari yetishmaganida (otlarning) qonini chiqarib, hammalari 
bir bo’lib uni qaynatganlari va yeganlarining o’zim guvohi bo’lganman. Xuddi 
shunday agar tezgina yo’lga chiqish zarur bo’lib qolsa, ular bir bo’lak go’shtni silliq, 
bo’laklarga bo’lishadi-da, egarning tagiga joylashadi. Och qolganlarida shu go’shtni 
tuzlab, keyin yeyishadi va o’zlarini yaxshi taom tayyorlagandek tasavvur qilishadi, 
zero yo’l davomida egarning tagidagi xom go’shtning shirasi oqib ketadi va u otning 
isishdan qurib qoladi. Ular (ko’chmanchilar) boshqacha usulda ovqat tayyorlashga 
vaqtlari bo’lmaganida shunday qiladilar.Shiltberger o’z “Sayoxatlari’’da Amir Temur 
haqida, uning vorislari haqida to’xtalib o’tadi. Masalan, u Mironshox haqida, 
Shoxrux va Abubakr haqida so’z yuritadi. Asarning XIV-XXIV boblari ularga 
bag’ishlangan. Boshqa boblarda esa faqat tanish maʼlumotlar qayd etiladi. Biroq, 
Shiltberger keltirgan ayrim maʼlumotlar o’rta asrlarda yashagan boshqa mualliflar 
tomonidan ham tasdiqlanadi. Bir misol keltiramiz. “Amir Temur Sevastiya saltanatini 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling