Ilm ko’pga еtkazar Hunar esa ko’kka


– shart. Tarixiy shaxslar


Download 167.5 Kb.
bet7/9
Sana04.02.2023
Hajmi167.5 Kb.
#1164197
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-SINFLAR O\'RTASIDA BELLASHUV (1)

6 – shart. Tarixiy shaxslar
PAINT”guruhi: Tarixiy shaxslar haqida ma'lumot.
Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
1 – o’quvchi: Prezidentimiz SH.M. Mirziypyev 2020-yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qildilar. Hozirgi kunda butun dunyo qabul qilgan 10 lik sanoq sistemasining tarixi haqida turli-tu- man ma'lumotlar berilmoqda. Ba’zi olimlar 10 lik sanoq sistemasini arab xalqi bilan bog‘lasa, ba'zi olimlar arablar hindlardan olgan, deb yozishadi.
2–o’quvchi: Lekin barcha olimlar 10 lik sanoq sistemasini haqiqatda mukammal pozitsiyali sanoq sistemasi sifatida dunyoga tarqalishiga sababchi bo‘lgan in- son sifatida buyuk matematik, astronom va geograf, VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk mutafakkir alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy- ni tan olishadi. 783-yilda Xorazmda tug‘ilgan Muso al-Xorazmiy dastlabki ma’lumot va turli sohadagi bilimlarini asosan o‘z yurti Orta Osiyo shaharlarida ijod etgan olim hamda mutafakkirlardan o‘zlashtirgan.
3 – o’quvchi: Al-Xorazmiyning qalamiga mansub 20dan ortiq asarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” (algebraic asar); “Hind hisobi haqida kitob” yoki “Qo’shish va ayirishhaqida kitob”, “Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob at-tari” (astranomiyaga oid asar). Bi asarlarning to’rttasi arab tilida, bittasi Farg’oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.
4 – o’quvchi: Al-Xorazmiyga dastlabki olamshumul shuhratni “ Hisob al-Hind” (Hind hisobi) nomli asari keltirildi. Bu risola amali arifmetikaga doir bo’lib, unda birinchi marta pozitsiyali o’nli sanoq sistemasi rivojlantirildi. Risolada al-Xorazmiy to’qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari haqida izoh berib, ular yordamida har qanday sonni ham qisqa, ham oson yozish mimkinligini aytadi. Ayniqsa, nolni ishlatishning ahamiyatiga urg’u beradi: “Agar hech narsa qolmasa, martaba bo’sh qolmasligi uchun racha qo’yib qo’y; lekin u yerda uni egallovchi doiracha tursin, chunki agarda u yer bo’sh bo’lib qolsa, martabalar kamayib qoladi va ikkinchisi birinchining o’rnida qabul qilinib qoladi va shu bilan sen o’z soningda yanglishib qolasan:.
5 – o’quvchi: O‘z asarida al-Xorazmiy 10 lik sanoq sistemasida (ustunli) qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va boiish arifmetik amallarni baja- rishning mukammal qoidalarini yoritib, ularni turli misollar bilan mustahkamlagan. Risola «al-Xorazmiy aytdiki» iborasi bilan bosh- langan. 1 120-yilda risola lotin tiliga tarjima qilinganda bu ibora lotin tilida «Dixit Algorizmi» kabi ifodalangan. Ta’kidlash joizki, shu tarjima asosida algoritm atamasi dunyoga tarqaldi. Chunki odamlar qoidalar muallifi bilan bog‘liq «al-Xorazmiy aytdiki» iborasini unutib, faqat qoidalar haqida o‘ylashgan va «algoritm bi 1 diradiki» iborasini ishlatishgan. Tarjimadan so‘ng al-Xorazmiy risolasidan barcha Yevropa shaharlarida birinchi darslik sifatida foydalanilgan.

Download 167.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling