Sutemizuvchilardan sirenlar turkumiga mansub dyuganlar (Hind okeani, Zond arxipelagi dengizlari, Shimoliy Avstraliya) endemiklar sanaladi. Ko‘payish mavsumida kashalotlar bu yer uchun doimiy uchraydigan odatdagi turlardan biridir. Oblast akvatoriyasida bir necha turdagi old delfinlar va kul rang deffin doimiy yashaydi. Kosatka ham mazkur oblastga xos turlardan sanaladi. Tropik-Indo-Patsifika oblastida kurak oyoqlilar uchramaydi. Faqat Janubiy Amerikaning janubi-g‘arbiy qirg‘oqlarida janub dengiz fillarining yotoqlari qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |