MA’LUMOTNOMA.
Ma’lumotnoma bo‘lib o‘tgan voqyea-hodisa yoki hozirda mavjud holat to‘g‘risida axborot beruvchi yoki bo‘lmasin uni tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, rasmiy-huquqiy kuchga ega bo‘ladi hamda so‘ralgan taqdirdagina tashkilot yoki muassasa yoki uning bo‘limlari rahbarlari imzosi bilan beriladi. So‘rovlar yuqori va teng mavqyedagi tashkilotlar, ma’muriy organlar va shu ma’lumotnoma tegishli bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumotnoma ikki xil bo‘ladi: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnoma. Xizmat ma’lumotnomasida tashkilot va uning bo‘linmalarida biron bir vazifaning bajarilishi haqidagi axborot aks etgan bo‘ladi. Ular turli xil jadvallar bilan to‘ldirilishi mumkin. Bu kabi ma’lumotnomalar yuqori tashkilotlarning quyi tashkilotlar faoliyatidan to‘liq xabardor bo‘lib turishiga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |