Илмий тадқиқот асослари (ита)
Download 0.5 Mb.
|
Ma'ruza materiali 110220095917 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “...haqida”
DALOLATNOMA.
Hujjatning bu turi ilgari akt deb yuritilgan bo‘lib, ish jarayonida xodim yoki tashkilot va uning bo‘linmalari faoliyatida biron bir voqyea-hodisaning yuz berganligini tasdiqlash maqsadida tuziladi hamda bir necha kishi, asosan Shu ishga aloqador bo‘lgan mas’ul xodimlar tomonidan imzolanadi. Agar u tekshirish natijalariga ko‘ra tuzilsa, bir kishi – taftishchi yoki nazoratchi tomonidan imzolanishi ham mumkin. Dalolatnoma ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa moliya va hisob-kitob ishlarini yo‘lga qo‘yishda, umuman pul va materiallar hisob-kitobi bilan bog‘liq holatlarda keng qo‘llaniladi. «Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin, rahbarlik almashtirilayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatdor buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash jarayonlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi» (Aminov M. Ish yuritish. – T.:O‘zME, 2000, 186-bet). Kitobda ularning har birining rasmiylashtirilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar alohida tarzda ko‘rsatib berilgan. Dalolatnoma u tuzilayotgan tashkilot yoki muassasa, nima maqsadda tuzilayotganligini ifodalovchi sarlavha, o‘rtadan yoziladigan Dalolatnoma degan so‘z, tuzilgan vaqti va joyi, yangi qatordan uni tuzish uchun asos bo‘lgan qaror yoki ko‘rsatma, dalolatnomani tuzuvchilar tarkibi, bu jarayonda ishtirok etuvchilar, dalolatnoma matni mazmuni, kerak bo‘lgan holda ilovalar berilsa, ularning necha sahifa ekanligi, tuzgan va ishtirok etganlarning imzosi singari zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi. Lozim bo‘lgan o‘rinlarda dalolatnoma tashkilot yoki muassasa rahbari tomonidan ham tasdiqlanadi. Dalolatnoma matnining sarlavhasi “...haqida” shaklida yoki bosh keishikda (“...-ish ahvoli”) yoziladi. Asosiy matn esa kirish va tasdiq (qayd) qismaridan iborat bo’lishi lozim. Kirish qismida hujjat tuzilishiga asos bo’lgan holat ko’rsatiadi, komissiya tarkibi to’liq yoziadi. Tasdiq qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar qayd etiadi, aniqlangan hoatlar yuzasidan taklif va xulosalar beriladi. Matn so’ngida daloatnomaning necha nusxada (odatda uch nusxa) tayyorangani ko’rsatilishi lozim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling