Ilmiy- nazariy asoslari
II БoБ. OILADA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR
Download 84.43 Kb.
|
Oila psixologiyasi-fayllar.org
II БoБ. OILADA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR
VA MULOQOT PSIXOLOGIYASI. 2.1. Oilaning iqtisodiy funktsiyasi Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik harajatlarga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejab ro’zg’or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishlariga bog’liq. SHuningdek, oilada o’sayotgan bola ham shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borishi zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o’rgata borish lozim. Oila o’zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy tahminlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorni tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida yetishtirish uchun (uni boqish, kiyintirish, o’qitish, moddiy tahminlash va sh.k.) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan mablag’ va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo’lsak, o’rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming so’mni tashkil qiladi. Tasavvurga osonroq bo’lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani voyaga yetkazish uchun oila davlatga kamida bitta «Neksiya» avtomashinasi qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya’ni har tomonlama kamol topgan ma’naviy-axloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog’lom shaxsni yetishtirishning ma’naviy-axloqiy jihatlarini hech qanday iqtisodiy mehzon bilan o’lchab bo’lmaydi. Har bir shaxs oila byudjeti va xo’jaligi, uni rejalashtirish, ota-onalar va bolalar o’rtasida ishlarning taqsimlanishi va oilaning iqtisodiy manbai, oila byudjetining daromadi va xarajati, oila xo’jaligini boshqarish kabilarni bilishi lozim. SHu jumladan har bir shaxs iqtisod, isrof haqida ham tushunchalarga ega bo’lishi kerak. IqtisodPul va molni kerakli, zarur narsalarga sarflagandan keyin qolgan puldan bir qismini kelgusi kunlar uchun saqlash lozim. SHunday qilinsa, doimo iqtisod qilib borilsa, katta sarmoya hosil bo’ladi. Iqtisod qilishga, tejashga odatlangan odamlar saodat va tinchlik bilan umr kechiradilar. To’g’ri, yaxshi yeyish, ichish, kiyish kerak, ammo «ko’rpangga qarab oyoq uzat» naqliga amal qilinsa, boshqalarning narsalariga tama qilinmaydi, ko’ngil ham xotirjam bo’ladi. Qo’lida bo’lgan pulga, mulkka qanoat qilmagan odamning nafsi butun dunyo moliga ham qanoat qilmaydi. IsrofIsrof – o’rinsiz, foydasiz ishlarga pul va molni sarflashdir. Qo’ldagi pul va molni kerakli joylarga sarflash, yaxshi idora qila olish, isrofgarchilikdan saqlanish lozim. SHuhrat qozonish uchun to’y va ziyofatlar qilib pul sarf etish nodonlikdir. Isrof natijasida yo’qchilik, keyin esa har kimning mol, davlatiga tama va hasad qilish kelib chiqadi. Bayt: Sen agar isrof etishni tashlading, Ul zamon davlat etagin ushlading. Har qanday oila mahlum bir daromad hisobiga yashaydi. Oilada bolalarni yoshligidanoq oilaning iqtisodiy masalalarini hal qilishga jalb etish birinchidan bolalarning ota-ona oldidagi qadrini oshiradi, bolaning o’ziga ishonchini kuchaytiradi, ikkinchidan pul sarflash madaniyatiga, hisob-kitobga, tejamkorlikka o’rgatadi. Oila xo’jaligining iqtisodiy masalalari demokratik asosda, hamma oila ahzolari ishtirokida o’tadigan oilalarda pul-mablag’ sababli janjallar ro’y bermaydi, balki oila ahzolarini oilaga yanada jipslashtiradi. Doimiy ravishda pul yetmay qolishi, ko’pgina oilalarda urush-janjalga sabab bo’ladi. Ular pulni rasamadi bilan xarajat qilishni bilmaydilar. Oila byudjetini, xo’jaligini to’g’ri boshqarish uchun yil boshida er-xotin bir yil davomida qilinadigan xarajatlarni hisoblab chiqadi. Bu umumiy daromadga nisbatan olinadi. Xarajatlar uch qismga ajratiladi. Har oyda takrorlanadigan joriy xarajatlar: oziq-ovqat, turar joy haqi, transport, gigienaga sarflanadigan mablag’. Aniq hisob-kitobsiz, taxminiy sarflanadigan (kitob xarid qilishga, gazeta-jurnalga) mablag’. Uzoq muddat saqlanadigan buyumlar sotib olishga sarflanadigan mablag’. Kundalik xarajatlar oilaning umumiy daromadiga hamda yashash usuliga qarab belgilanadi. Bunda uy-ro’zg’or ishlarini boshqaradigan ayolga ham ko’p narsa bog’liq, shunday ayollar borki, hech qachon ovqati aynimaydi, nonni isrof qilmaydi, hammayoq saranjom-sarishta, hech shoshib qolmaydi, ro’zg’orida doim hamma narsa yetarli bo’ladi. Boshqa bir ayol buning mutlaqo teskarisi. Bu esa ayolning qizligida uyida olgan tarbiyasiga ham bog’liq. Bahzi oilalarda kayf-safoni, to’kin-sochin dasturxon atrofida mehmon kutishni, sovg’a-salom bilan mehmonga borishni, boshqalari sayohatni, yana bahzilari kutubxonalari uchun kitob yig’ishni sevadilar. Xarajatlar ham shunga qarab bo’ladi. Ayrim bolalar ota-onalarining oylik daromadlari qancha ekanligini bilmagani uchun bahzi qimmatbaho narsa olib berishni talab qilib turib oladilar. Oylik daromadni bilganda u bunday qilmasdi. Agar oilada pul mablag’lari to’g’ri sarflansa, bu oiladagi bola bosiq, tejamkor, pulning qadrini biladigan bo’lib ulg’ayadi. SHunday oilalar borki, oylik olishlari bilan bolalarga shirinliklar, o’yinchoqlar sovg’a qilishadi-yu, keyin tang holga tushib qolishadi. Bunday oilalardagi bolalar pul va buyumlarning qadriga yetmaydi, borgan sari katta talablar qo’ya boshlaydi. Ota-ona qiyinchilik bilan bo’lsada bolaning xarxashasidan qutulish uchun aytgan narsasini olib beradi. Bundan bolada boqimandalik kayfiyati, isrofgarlik odati, xudbinlik paydo bo’ladi. Bolaning oila xo’jaligi ishlarida qatnashishi o’zining ortiqcha talablarini tiyishga, isrofgarchilikka qarshi kurashga o’rgatadi. Bola 8-9 yoshga yetganda xarajatlarni hisobga olgan holda oldindan pul berib turish mumkin. Bolaning mehnati yoki o’qishi uchun hech qachon pul bilan rag’batlantirmaslik kerak. Oilaning reproduktiv vazifasi Oilaning muxim bo’lgan vazifalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini tahminlash, bolalarni dunyoga keltirish) vazifasidir. Bu vazifaning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir. Oila faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti odamda farzand ko’rishga, ularni o’stirishga va tarbiyalashga bo’lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o’zini baxtiyor xis qila olmaydi. SHuningdek er-xotinda farzand tug’ilishi bilan bog’liq holda butunlay yangi hissiyotlar: ayolda - onalik, erkakda - otalik hissi paydo bo’ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustahkamlovchi asosiy omil hamdir. Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv vazifasi va uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo’lishi lozimligi nazarda tutiladi.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi vazifalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bu o’rinda hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bunday siyosatning asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko’p bolali va kam tahmin-langan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar va shu kabilardan iborat. Oilaning tarbiyaviy vazifasi Oilaning muhim ahamiyatga ega bo’lgan yana bir vazifasi tarbiyalash vazifasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’nggi g’ishti qo’yilguncha javobgardir. Ota-ona - sanhatkor, bola - sanhat asari, tarbiya jarayoni esa sanhatning o’zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saklab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, An’analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug’, mahallaning ham tahsiri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin bahzan oilaning tarbiyaviy vazifasining susayishi va targ’ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila ahzolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar tahsiriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo’liga kirish) paydo bo’lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur vazifasi darajasiga kiradi. CHunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya or-qali shaxsga mahlum bir siyosiy-g’oyaviy dunyoqarash, axloqiy mehyorlar va xulq namunalari, jismoniy si-fatlar singdiriladi. Xalqimizda «qush uyasida ko’rga-nini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy mehyorlar va qadriyatlarni o’zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi. Oilaning kommunikativ vazifasi Oilaning kommunikativ vazifasi oila ahzolarining o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda tahkidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi - oiladagi o’zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta ahzolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy-psixologik iqlimga to’g’ridan-to’g’ri bog’likdir. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotining urbanizatsiyalashuvining (radio, televidenie, video, kompg’yuter va boshqalar) ortib borishi, oilalarning tobora nuklearlashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ vazifasining ahami-yati, oila ahzolarining bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbatlashib olishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu o’rinda o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyati: ko’p avlodlilik, ko’p farzandlilik kabilar bunday oilalar ahzolari o’rtasida o’zaro muloqot to’laroq amalga oshishiga asos bo’ladi, ularning o’zaro muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rolg’ o’ynaydi. Biroq so’nggi yillarda bahzi oilalarda ota-onalar va bolalar o’rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e’tiborning pasayishi, oila ahzolari o’rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa qishloq oilalarida), holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o’zaro munosabatlarning yomonlashuvi natijasida oila ahzolarining ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o’z joniga qasd qilish) kabi noxush holatlarning kelib chiqishi ham kuzatilmoqtsa. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun eng avvalo oila ahzolari o’rtasida oshkora, yaqin, o’zaro tushunarli, ishonchli muloqotning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bo’lsa bu borada yoshlarga tegishli bilimlarni berish aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish, treninglar tashkil etish, «Ishonch telefonlari», «Qalb markazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim. Download 84.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling