Ilmiy-amaliy anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi p f. n., dots


Download 0.49 Mb.
Sana09.11.2019
Hajmi0.49 Mb.

2019-yil 26-fevral kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent moliya instituti hamkorligida “Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbir “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish-ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan asosiy vazifalarni mantiqiy davom ettirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash va “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da bajarilishi rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda xotin-qizlar faolligini ta’minlashga erishish maqsadida o‘tkazildi.



 

 

Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqsadi mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini, oila barqarorligini mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilganligidan kelib chiqib, xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi mavjud muammolarning yechimini izlab topish, bunda olima va tadbirkor ayollarning alohida o‘rnini ko‘rsatishdan iboratdir.



 

 

Ilmiy-amaliy anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi p.f.n., dots. Tanzila Narbayeva, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Elmira Basitxanova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Dilbar Najmiddinova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Farida Abdurahimova, professor-o‘qituvchilar, talaba-qizlar, ilmiy tadqiqotchilar va Mahalla jamg‘armasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mahalla maslahatchilari ishtirok etdi.



Ushbu anjuman munosabati bilan ilmiy xodimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalarining 150 dan ortiq maqola va tezislari to‘plam sifatida chop ettirildi.

 

 

Ilmiy-amaliy anjumanda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini amalga oshirishdagi muammo va yechimlar, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda olima va tadbirkor ayollarning o‘rni, oila barqarorligini mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari, xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish va ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli, fan ta’lim integratsiyasini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda tadqiqotchi xotin-qizlarning tutgan o‘rni kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.



 

 

 



Ilmiy-amaliy anjumanning xulosasiga ko‘ra, mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqyeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda ular faolligini ta’minlashning asosiy omili ta’lim va tarbiya uyg‘unligi bo‘lib, uning quyidagi bosqichlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin ekanligi aytib o‘tildi va bunda:

Birinchidan, oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga tarbiya berish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar xususida tushunchalar berib borish;

Ikkinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar mamlakat siyosiy xayotining bo‘lajak ishtirokchilari ekanligi hissini uyg‘otuvchi uslublarning zamonaviy vositalaridan foydalanish;

Uchinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga ijtimoiy-siyosiy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini oshirishga yo‘naltirilgan fanlardan ta’lim berish;

To‘rtinchidan, oliy ta’lim va undan keyingi bosqichlarda siyosiy va huquqiy madaniyatni tadqiq etishga oid ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatga rag‘bat berish, bunda ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish;

Beshinchidan, yosh qizlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda madaniyat ob’ektlari (kino, teatr, muzey va h.k.) bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda, ularning ishtirokini ta’minlash, ushbu yo‘nalishlardagi munozara-debatlardagi faolligini oshirish;

Oltinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash, yosh qizlarning jamiyatda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish ham ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarimizning asosini tashkil etadi.

Yettinchidan, yoshlarni hayotga tayyorlash bo‘yicha yaratilgan ushbu tizim bilan jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasida uzviy hamkorlik, yagona yondashuv tizimining yo‘qligi muammoning asosiy ildizini tashkil etadi. Shu sababli, mazkur yo‘nalishda, birinchi navbatda, yoshlarni hayotga tayyorlash bo‘yicha yagona Konsepsiyani ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish eng asosiy dolzarb vazifalardan biri bo‘lsa, oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida ham manzilli ishlashni tashkil etish, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni aniqlab olish va ularning muammolarini keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda hal qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sakkizinchidan, mahallalarda kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va bu korxonalarga uyda o‘tirgan ayollarni jalb etish orqali bandlikini ta’minlash, Toshkent shahrida norasmiy ravishda faoliyat yurituvchi xotin-qizlar soni juda ko‘pchilikni tashkil etgani sababli ularni rasmiylashtirish bo‘yicha byurolar tashkil etish. Bu byurolarning huquqiy asoslarini ishlab chiqish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berish, har bir tumanda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish korxonalariga shakllantirilgan ro‘yxatlardagi ishsiz xotin-qizlarni jalb etish kabi masalalar bo‘yicha takliflar berildi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling