Ilmiy axborotlarni qidirish, to'plash va qayta ishlash
Ilmiy axborotni o’rganish va unga ishlov berish
Download 72 Kb.
|
ILMIY AXBOROTLARNI QIDIRISH, TO\'PLASH VA QAYTA ISHLASH
Ilmiy axborotni o’rganish va unga ishlov berishIshlanayotgan axborotni eslab qolishning turli usullari mavjud: Mexanik Mazmuniy Ixtiyoriy G’ayriixtiyoriy Mexanik usul o’qilganni ko’plab takrorlash va qayta o’qishga asoslangan. Mazkur holda eslab qolinayotgan axborot ayrim unsurlari o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlik bo’lmaydi. Shuning uchun u kam samarali va asosan sana, formula, sitata, chet so’zlar va h.k.larni eslab qolish uchun qo’llanadi. Ma’noviy usul ishlanayotgan axborot ayrim unsurlari o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni eslab qolishga asoslangan. O’qishda ayrim unsurlarnigina emas, balki yaxlit matnni, uning mazmuni va ahamiyatini tushunish zarur. Eslab qolishning bu usuli mantiqiy - ma’noviy hisoblanadi, buning natijasida u mexanik usuldan ko’p marta samaraliroqdir. Ixtiyoriy usulda eslab qolish turli assosiasiya qonunlari bilan bog’liq bo’lgan mnemonik yo’llarga asoslanadi. Gayri-ixtiyoriy usul o’qish jarayonida hissiyotga ko’ra yuzaga kelgan emosiya bilan bog’liq matnning u yoki bu parchasini tasodifan eslab qolishga asoslangan. Shuni ta’kidlash joizki, ishlanayotgan axborotni eslab qolishning universal usuli yo’q. Amalda, ko’pincha, usullar majmuvdan axborotning u yoki bu qismi tavsifiga bog’liq holda foydalaniladi. Ishlanayotgan axborotni tahlil tadqiqotning muhim vazifalaridan biri. Tahlil jarayonida ham axborot manbaini, ham ulardagi axborotni tasniflash va sistemalashtirish zarur. Manbalarni ikki xil sistemalashtirish mumkin: xronologik tartibda va mavzu bo’yicha. Birinchi holda barcha axborot mavzu bo’yicha ilmiy bosqichga ko’ra sistemalashtiriladi, bular uchun sifat sakrashlari xosdir. Keyin har bir bosqichda tegishli manbalar (bosqichlar) e’tibor bilan tanqidiy tahlil qilinadi. Buning uchun yuqori darajada erudisiya va bilimga ega bo’lish zarurdir. Ikkinchi holda (mavzuli taxlil) da axborotning butun hajmi ishlab chiqilayotgan mavzu masalalari bo’yicha sistemalashtiriladi. Bunda katta e’tibor ilmiy axborot so’nggi nashrga qaratiladi, ularda mazkur masala tadqiqoti yakuni keltirilgan bo’lishi mumkin. Keyinchalik tanlov asosida alohida qiziqish tug’dirgan boshqa manbalar taxlil etiladi. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling