Ilmiy jurnal
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
18 Turli davrda yashab, ijod qilgan xorijlik psixolog, faylasuf, tarixchi, mafkuraviy texnologiyalar va geosiyosat mutaxassislari K.Girs, Sun Szi, Van Yan Min, F.Kazin, L.Shabanov, A.Morozov, YE.Karseva, Z.Bjezinskiy, Y.Aleksandrov, S.Kara-Murza, A.Zinovyev, G.Grachev, S.Zelinskiy, A.Karayani, R.Chaldini, R.Xarris, I.Zasurskiy, S.Rastorguyev, R.Abdullatipov, K.Kalandarov, pedagog va psixologlar A.Rean, O.Petrich, I.Kolotilova, V.Druzin, M.Goguyeva, YE.Fastova, N.Gilmutdinova, O.Karpova, T.Strelkova va boshqalar mafkuraviy kurash, yoshlarga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar, manipulatsiya jarayonlari, ―ommaviy madaniyat‖ning globallashuvi, g‗oyaviy kurashning turli jabhalarini tadqiq qildilar va barcha tadqiqotlarning asosida insonda buzg‗unchilik va vayronkorlik g‗oyalari paydo bo‗lishi ko‗p jihatdan ularning psixologiyasiga hamda psixologik himoya mexanizmlariga borib taqalishini qayd etib o‗tdilar. Psixologik himoya – bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo‗naltirilgan anglanmagan psixik jarayondir [3]. Endi shaxslarda psixologik himoya mexanizmlarining shakllanish qonuniyatlari va shu asosda yuqorida tug‗ilgan savollarga javob topib boramiz. R.Plutchik psixologik himoya mexanizmiga obyektiv vaziyatning inson tomonidan real tarzda idrok etilishi natijasida vujudga keluvchi ziddiyatli, tashvishli holatlarni hissiy-emotsional tarzda yumshatish, ruhiy zo‗riqishni pasaytirish sifatida qaraydi. Bu o‗rinda ikkita bir-biriga qarama-qarshi fikr maydonga keladi. Psixologik himoya mexanizmi birinchi holatda insonning o‗z-o‗zini rivojlantirishiga, o‗z-o‗zini qayta qurishiga monelik ko‗rsatadi, sababki, ―Men- obrazi‖ni xavfdan saqlash uchun inson xotirjamlikka beriladi, tashqi shart-sharoitga, vaziyatga moslashishga undaydi; ikkinchi holatda esa inson ichki ruhiy va tashqi to‗siqlarni, ziddiyatlarni yengishga, uni bartaraf etishga chog‗lanadi. Bu o‗rinda ―Men obrazi‖ni rivojlantirish maqsadida kuchli emotsional zo‗riqish holatini boshdan kechirishga rozi bo‗ladi, u o‗z ustida ishlaydi, muammoning yechimini izlaydi [4]. Metodika. Mafkuraviy immunitet shakllanishining asosiy omillaridan biri shaxsning ongi va ongosti tuzilmalari ekanligini nazardan qochirmagan holda, biz tadqiqotimizda aynan shaxsning psixologik himoya tiplarini o‗rganishga qaror qildik. Ilmiy adabiyotlarda shaxsning psixologik himoya tiplarini aniqlashga qaratilgan juda ko‗p usullar, testlar qayd etilgan. Biz shular ichidan barchaga ma‘lum va mashhur psixologlar Kellerman-Plutchikning ―Psixologik himoya mexanizmlarini diagnostika qilish so‗rovnomasi‖ imkoniyatlaridan foydalanishni lozim topdik [6]. Mazkur metod shaxsda ustunlik qiladigan psixologik himoya mexanizmlarini o‗rganadi. Bizningcha, psixologik himoya mexanizmlaridan ayrimlarining shaxsda barqaror shakllanganligi ulardagi mafkuraviy immunitet shakllanishiga zamin hozirlashi mumkin. Endi tadqiqotimiz mobaynida Kellerman-Plutchikning ―Psixologik himoya mexanizmlarini diagnostika qilish so‗rovnomasi‖ orqali olingan statistik natijalar tahlilariga o‗tamiz. Biz ushbu metodikani hududlar kesimida tahlil qildik. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling