Ilmiy jurnal
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- Keywords
Kalit so„zlar: ayol, o„smir, “Men” obrazi“, ideal ona” obrazi, tasavvur, sifat, xususiyat, munosabat,
xulq – atvor. ОСОБЕННОСТИ ЗАВИСИМОСТИ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ МАТЕРИ О СЕБЕ И ОТНОШЕНИЯ К НЕЙ РЕБЁНКА Аннотация: В статье исследуются особенности взаимосвязи между восприятием женщиной себя как матери и отношением к ней ребѐнка-подростка. Анализируется, как представления женщины о себе как о матери отражаются на отношении к ней ребѐнка. Ключевые слова: женщина, подросток, образ «Я», образ «идеальная мать», воображение, качество, характеристика, установка, поведение FEATURES OF DEPENDENCE OF REPRESENTATIONS MOTHER ABOUT YOURSELF AND RELATIONSHIP OF THE CHILD TO HER Annotation: The article discusses a woman's perceptions of herself as a mother and the relationship features of the adolescent's attitude toward her. It analyzes how a woman's perceptions of herself as a mother are reflected in the way she treats her child. Keywords: woman, teenager, “I” image, “ideal mother” image, imagination, quality, character, attitude, behavior. Kirish. Oila qurish obyektiv ravishda erkak va ayolning yangicha ijtimoiy mavqeyini, shu asosda yangicha ijtimoiy rollarni egallashiga olib keladi. Mazkur o‗zgarishlar yangicha turmush sharoitida yashashni boshlayotgan shaxs ―Men konsepsiyasi‖, ya‘ni uning o‗zi haqidagi umumlashma tasavvurlari, o‗z shaxsiga nisbatan bo‗lgan ustanovkalari tizimi[6]ga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Ayniqsa, ota-ona bo‗lish odamning ―Men‖ obrazida hamda o‗zini o‗zi baholashning mezonlarida o‗zgarishlar ro‗y berishini taqozolaydi [5]. Psixologiyada odamning ―Men konsepsiya‖si xususiyatlari uning boshqalarga nisbatan namoyon etuvchi munosabatiga bevosita ta‘sir kо‗rsatuvchi xilma-xil psixologik sifatlar bilan bog‗liqligini isbotlovchi kо‗plab ilmiy dalillar tо‗plangan. S.G.Yakobson va S.M.Moreva maktabgacha yoshdayoq ―Men‖ obrazi ma‘lum tarkibiy tuzilishga ega bо‗lganda bolalarning axloqiy xulq-atvorini belgilab berishini aniqladilar [7]. R.Baumester eksperimental ravishda ―Men konsepsiya‖si о‗z-о‗ziga hurmat darajasi yuqori yoki past bо‗lishini belgilovchi sifatlardan tashkil topgan yetuklik davridagi odamlar ular haqida boshqalarda muayyan ijobiy yoki salbiy fikr shakllangan vaziyatda о‗zlarini har xil tutishlarini isbotladi. Jumladan, aniqlanishicha о‗z-о‗ziga hurmat darajasi past odamlar boshqalarda о‗zi haqida shakllanib qolgan fikrni о‗zgartirish uchun faol intilmasligi, о‗ziga hurmat darajasi baland odamlar esa birovda hosil bо‗lgan taassurotdan nisbatan mustaqil harakat qilishga, unga teskari xulqni namoyon etishga tayyor bо‗ladilar. Umuman olganda, shaxs ―Men konsepsiya‖si uning shaxslararo munosabatlar tizimidagi xulq- atvoriga yо‗nalish beruvchi psixologik omillar tizimida muhim о‗rin egallashini tasdiqlovchi ma‘lumotlar kо‗p. Ammo ota-ona va farzand munosabatlari tizimida ushbu omilning roli hozirgacha yetarlicha о‗rganilmagan bо‗lib, bu yо‗nalishdagi tadqiqotlar asosan har xil uslubdagi ota-ona munosabati bolada о‗zi haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga qanday ta‘sir о‗tkazishini о‗rganishga qaratilgan. Jumladan, O.P.Makushina ota-onasiga yuqori darajadagi tobelikni his etuvchi о‗smir ―Men konsepsiya‖sida ideal va real ―Men‖ning kognitiv jihatdan о‗zaro farqlanmasligini aniqlagan [4]. R.Bernsning kо‗rsatishicha, bola https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling