Ilmiy kengash f. M. Dostoyevskiy nomidagi omsk davlat universiteti
Download 33.6 Kb.
|
лотин
A.F. Ismailov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, p.f.f.d. (PhD), katta ilmiy xodim B.V. Xasanov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, t.f.d., professor KIRISH (Falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi avtoreferati) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda ijtimoiy va texnologik sharoitlarga moslashish, faol rivojlanish, madaniy merosning keng qamrovligi va ularni ommaviy taqdim etish mamlakat madaniyati hamda qadriyatlarini targ‘ib etishda muzeylar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy xotiraning asosiy saqlovchisi, ularni o‘rganish va saqlash, rivojlanishining barcha bosqichlarini targ‘ib etishda muzeylar yetakchi vazifani bajarmoqda. Bugungi kunda muzey faoliyati tadqiqi, tarixiy ahamiyati, muzey ekspozisiyalarini yaratish, fond kolleksiyalarini to‘plash, rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish dolzarb masalaga aylandi. Dunyoning yirik muzeylari turizm industriyasining asosiy obʼektiga aylanishi, faoliyatining rivojlanishi, tarixiy-madaniy merosni tadqiq etish, asrab-avaylash va ommalashtirish masalalari muzeyshunoslikning muhim vazifasi hisoblanadi. Muzeylarning zamon bilan hamnafas bo‘lishi, modernizasiyalash, fondlarni raqamlashtirish, taʼlim va o‘quv kurslarini ishlab chiqish, ijtimoiy muammolarni hal qilish, maqsadli auditoriyani kengaytirish, yangi, mazmunli, keng va yorqin ekspozisiyalar yaratish va tatbiq etish kabi masalalar olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar xarakterini belgilaydi. Qozog‘iston muzeylarining madaniyat, texnologiya, ijtimoiy munosabatlari va sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat darajasida muayyan islohotlar amalga oshirilmoqda. Zero, maʼlum yutuqlar, yangi muzeylarning paydo bo‘lishi, eskilarini optimallashtirish va modernizasiya qilish bilan birga, Qozog‘istonda muzey ishini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar mavjud. Muzeylar va fondlarning moddiy-texnik bazasi, muzey fondiga ashyolar sotib olish tizimli ishlarning yo‘qligi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash muammosi, mintaqaviy darajada muzeylar tashabbuskorligining yo‘qligidir. Qozog‘iston muzeylarining shakllanishi va faoliyat yuritish tarixini, muzey ishini tartibga solish bo‘yicha xorijiy tajribasini o‘rganish, Qozog‘istonda muzey ishini rivojlantirishning bugungi holatini tadqiq qilish, muzeylar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish va baholash, shuningdek, ushbu sohadagi davlat siyosati tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 noyabrdagi 939-son «Qozog‘iston Respublikasining madaniy siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, Qozog‘iston Respublikasining 2019 yil 26 dekabrdagi 288-VI QRQ-son «Tarixiy-madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi, 2006 yil 15 dekabrdagi 207-son «Madaniyat to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Download 33.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling