Ilmiy kitob tarjimalari va nashriyot markazi


Download 118.15 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi118.15 Kb.
#1635849
Bog'liq
FATI NASHR


Ushbu loyiha Tarix instituti tomonidan amalga oshiriladigan “Ilmiy kitob tarjimalari va nashriyot markazi” deb nomlanadi. Ilmiy loyihaning dolzarbligi Yurtimiz kutubxona va arxivlarida qo’lyozma shaklda saqlanayotgan ilmiy manbalarni va tariximiz bilan bog’liq chetda chop qilingan manba hamda adabiyotlarni o’zbek tiliga tarjima va ularni nashr qilish. Ko’zlangan maqsad esa O’zbekistonda tarixiy manbalar, ularning tarjimalarini kitob holatida ilmiy rivoj uchun yo’naltirishdan iborat.


Loyihada O’zbekistonda eng yetuk tarixchi tarjimonlar, tilshunoslar, kompyuter dizaynerlari va noshirlar faoliyat ko’rsatadi. A’zolarining barchasi Tarix instituti jamoasidan saralab olinadi va ularni munosib rag’batlantiriladi. Loyiha bo’yicha ishlar hukumat darajasida amalga oshiriladi.
FATI NASHR” loyihasi vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Tarjimonlarni saralash, o’qitish va loyihaga tayyorlash;

  • Tarjimalarni tekshirish va tahlilini yaratish, nashrga tavsiya berish bo’yicha kengash faoliyatini yuritilishini ta’minlash;

  • Ilmiy manbashunoslik institutlari va kutubxonalar bilan o’zaro hamkorlik;

  • Tayyorlangan tarjimalarni muqovalash va nashr etish;

  • Nashr etilgan kitob manbalarni kitob sotish shaxobchalarga yetkazib berish va hisobini yuritish;

  • Tarjima nashrlarni O’zbekiston oliy o’quv yurtlariga shartnomalar orqali yetkazib berish;

  • Loyiha jamoasi va harajatlarni o’zini o’zi ta’minlash.

Loyiha ishlash uchun nimalar kerak?

  • Tarix instituti ilmiy xodim, doktorantlaridan manbashunos, mazkur chet tilini biluvchi va tarjima qilishga qobiliyatlilaridan loyiha a’zolari sifatida qabul qilish va ularni tarjimashunos olimlar tomonidan o’qitish va malakasini oshirish;

  • Nomzod kadrlarni tayyorlash bilan muntazam shug’illanish va loyihaga jalb qilish;

  • Institut tomonidan loyiha uchun alohida xona va jihozlar bilan ta’minlashi;

  • Nashr uchun zamonaviy uskunalar, kompyuter, printer va boshqa kerakli manbalar bilan ta’minlash;

  • Kitob nashri uchun maxsus Printer sotib olish;

  • Qog’oz ishlab chiqaruvchilar bilan taminoti bo’yicha shartnomalar tuzish;

  • Kompyuter dizaynerlar(1 ta), va noshir (1ta)larni tanlov asosida ishga jalb qilish;

  • Buxgalteriya hisobnini yurituvchi va ish boshqaruvchilarni saralash;

  • Yetkazib beruvchi ishini tashkil qilish;

Qanday ishlaydi?

Download 118.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling