Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/192
Sana05.01.2022
Hajmi1.3 Mb.
#218415
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   192
Bog'liq
4-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4.   www.xtjurnali.zn.uz
o‘yinlar vositasida ko‘rsatish alohida ahamiyatga ega. Ish o‘yinlari iqtisodiy bilimlarni 
o‘zlashtirishning samarali usuli hisoblanadi. iqtisodiy o‘yinlar o‘quvchilarni bevosita iq-
tisodiy hodisa va voqealarning ishtirokchisiga aylantiradi. Buni esa dars jarayonlarida 
kuzatish mumkin.
 “Iqtisod” tushunchasiga mashhur o‘zbek adibi, xalq pedagogikasining namoyon-
dalaridan biri bo‘lgan Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: “Iqtisod deb – pul va 
mol  kabi  ne’matlarning  qadrini  bilmakka  aytilur.  Mol  qadrini  biluvchi  kishilar  o‘rinsiz 
yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda, so‘mni ayamas”. Yana “Hozirgi zamonda 
maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur” kabi qimmatli 
g‘oyalarni olg‘a surgan. 
Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini tejamkor bo‘lishga undaganlarini maqollar, rivo-
yatlar, o‘lanlar, ertaklar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. 
Xalq ongiga singib ketgan “Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo‘lmaslar” degan 
naql bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: “kirimiga qarab chiqimini tuta bilma-
gan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xo‘rlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini 
tuta bilgan kishi boy bo‘lmasa-da, o‘zini faqirlikdan saqlay oladi”
1
. Demak, iqtisodning 
yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan bolaga oilada 
iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta’lim-tarbiya berish kerak. 
Bugun maktab partalarida o‘tirgan yoshlar ertaga shaxsiy va ijtimoiy turmush ma-
salalarini,  shuningdek,  vatan  mudofaasi,  xalqaro  munosabatlar  va  tabiat  injiqliklari 
bilan bog‘liq ravishda tug‘iladigan muammolarni to‘g‘ri hal etish yaroqli bo‘lgan qobili-
yatini, jumladan, tejash va tejamkorlikni shakllantirish katta ahamiyatga egadir. Umum-
ta’lim maktablarida o‘qituvchilarga minerallar, mineral o‘g‘itlarning iqtisodiy ahamiyati 
yaqqol  misollar  bilan  ko‘rsatadilar.  Fan  kashfiyotlari  qanday  iqtisodiy  foyda  keltirish 
mumkinligi  haqida  bahslashadilar.  Iqtisodiy  tarbiyaning  qator  vazifalari  texnologiya 
darslarida  amalga  oshiriladi.  Bu  darslar  nechog‘lik  qiziqarli  va  foydali  tashkil  etilsa, 
shunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar.
O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish maqsadida biz keng va to‘g‘ri yo‘naltirilgan 
yo‘lni o‘z oldimizga qo‘yishimiz kerak. Iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodiy tarbi-
yaga oid mavzularni chuqurroq tushuntirish; hozirgi kunda o‘quvchilar nutqidan o‘rin 
olayotgan atamalarni kasblarga bog‘lab o‘rgatish lozim. Iqtisodiy tarbiya borasida iq-
tisodiy geografiya darslarining ikkita yo‘nalishi alohida kasb etadi. Birinchi yo‘nalish 
8-sinf  uchun “O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kitobida Tabiiy sharoiti 
va tabiiy boyliklarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, Aholi va inson omili, O‘zbekiston 
milliy  iqtisodiyotining  tuzilishi,  O‘zbekistonning  tarmoqlararo  majmualari,  Rekreatsi-
ya  xizmati,  Milliy  iqtisodiyot  tarmoqlari  geografiyasining  umumiy  masalalari  mavzu-
larni o‘tish barobarida o‘quvchilar iqtisodiy kompetentlikka ega bo‘ladilar va kasbga 
yo‘naltiriladi. 9-sinf uchun “Chet el mamlakatlari iqtisodiy geografiyasi” kitobida Jahon 
xo‘jaligining tuzilishi mavzusida va o‘rganilayotgan har bir mamlakat haqida ma’lumot 
berilganda shu davlatlarning O‘zbekiston bilan hamkorligini alohida ta’kidlab o‘tishimiz 
kerak. 
 Barkamol inson, avvalo, iqtisodiy tarbiya olmog‘i shart. Chunki iqtisodiy tarbiya-
siz, unga bog‘liq ko‘nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukammal inson bo‘lishi mumkin 
emas. U eng avvalo o‘z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tat-
biq qilishning ta’limiy asoslarini ilmiy bilmog‘i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta’lim 
negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo‘llash jarayo-
1
 Yuz bir hadis. – T.: Mehnat, 1991.


105
nida o‘z ifodasini topadi. Bu muammo esa o‘quvchilarda o‘ziga xos tarzda, ya’ni sodda 
shaklda tashkil etiladi. 
Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qo‘llanilib kelingan milliy qadriyat sifatida 
tajribalarga suyanishni ham taqozo etadi. Masalan, o‘zbek oilalarida bolalarni tejam-
korlik ruhida tarbiyalab kelishgan, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishmagan. 
Bu ishni o‘qituvchi bevosita maktab ta’limi dars berish davomida o‘quvchida ilk 
iqtisodiy tushuncha asoslari va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga alohida e’tibor berilishi 
shu kunning muhim muammolaridan biridir. 
Demak, yuqoridagi taklif va tavsiyalarga amal qilgan holda jamiyatning o‘sib ke-
layotgan aqlan teran, sog‘lom fikrli, tejamkor, barkamol adlodlarini yanada yuksaltirish 
biz o‘qituvchilarning oliy maqsadimiz hisoblanadi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  O‘zbekiston  iqtisodiyoti  qadamba-qadam  rivojlanishda 
ekan, iqtisodiy tafakkurni tarkibiy qismlari ham takomillashib boradi. Islohot, uning aso-
si bo‘lgan inson omili va unga nisbatan e’tibor doim birinchi o‘rinda turadi. Shu o‘rinda 
yuqoridagi tamoyillarni takomillashtirish har bir davlatning bosh maqsadi bo‘lib qolishi 
lozim. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling