Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
4-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 4. www.xtjurnali.zn.uz
maqsadiga yo‘naltirilganlik); – o‘quv dasturlarining reproduktiv mazmunga ega bo‘lishi; – o‘qishning markazlashgan fanlar shakli va ekstensiv pedagogik texnologiyalarni qo‘llash; – kasbiy tayyorgarlik darajasini o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar orqali baholash. kompetentlik va kompetensiya tushunchalari kompetentli yondashuvning muhim ma’noviy tushunchalari hisoblanadi. Ularning ikki xil talqini va munosabati mavjud bo‘lib, ular bir-biriga tenglashtiriladi yoki tabaqalashtiriladi (Zimnyaya I.A.). kompetentlik (lot. sompetens – munosib, muvofiq, tegishli, layoqatli, bilimli) – ma’lum sohada har taraflama bilimlarga ega bo‘lgan insonning sifatidir. kompetensiya (lot.competere) – “maqsadga erishish, munosib bo‘lmoq, to‘g‘ri kelmoq” kabi ma’no- larni bildiradi. Ushbu tushunchalar ilmiy adabiyotlarda turlicha ta’riflanishidan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, hozirgi kunda ilmiy-pedagogik hamjamiyatda kompetentlik/ kompetensiya tushunchalarining mazmuni haqida yagona va aniq to‘xtamga kelingan emas. Ushbu masalaga oid ko‘pgina axborot manbalari tahlilidan ma’lumki, kompe- tensiya shaxsning muayyan predmet va jarayonlarga xos o‘zaro aloqador sifatlari majmuini qamrab olsa, kompetentlik “ma’lum sohada samarali faoliyat olib borish uchun o‘z imkoniyatlari (bilim, ko‘nikma, tajriba, shaxsiy sifatlari)ni amalga oshi- rish” layoqatiga mos keladi. Aksariyat tadqiqotchilar muayyan hajmdagi ilmiy-texnik ma’lumotlarni o‘zlashtirish hamda yetarli bo‘lmagan bilimlarni izlab topish metodlarini egallashda aks etadigan “kompetentlik” tushunchasining integrativ mohiyatini qayd etishmoqda. “kompetentlik” ta’lim oluvchining mutaxassislikka aloqador boshqa fan- larga oid bilimlarni kompleks qo‘llashga tayyorligi va layoqatliligini nazarda tutadi. Tuzilmaviy jihatdan “kompetentlik” tushunchasi o‘zaro aloqador va bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi kognitiv, operatsion-texnologik, motivatsion, axloqiy, ijtimoiy, xulqli kabi tarkiblardan iborat. ko‘plab ilmiy-pedagogik manbalar asosida “kompetentlik tushunchasining tuzil- masi va mazmuni”ni tizimli tahlil etish ushbu muammoga nisbatan quyidagi ikki xil nuqtayi nazarning mavjudligini ko‘rsatdi. Birinchisi – kompetentlik o‘zida bir nechta kompetensiyalarni qamrab olgan shaxsning integrativ tavsifi. Bundan kompetentlik kompetensiyaga nisbatan kengrok va hajmliroq tushuncha ekanligi kelib chiqadi. Ik- kinchisi – kompetentlik bu o‘zaro uyg‘un, yaxlit, ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, alohida kompetentlardan tashkil topadi. Ushbu ikki qarashlarni sintez qilgan holda “kompetentlik” bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi alohida “qirra”lardan tarkib topgan shaxsning in- tegrativ sifati deb talqin etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda “qirra” atamasi kom- petentlik tarkibini anglatuvchi “kompetentlikning alohida spektri”, “komponentlari”, “tur- lari”, “elementlari” va h.k. atamalardan ko‘ra kompetentlik tushunchasining integrativ tabiatini chuqurroq, yaxlitroq va tizimliroq ifodalaydi. Yuqoridagi tahlilardan kelib chiqib bizning nazarimizda kompetentlik tushuncha- sining mazmuniga quyidagicha ta’rif berish mumkin: “kompetentlik – bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi integrativ bilim, ko‘nikma va malakalarning alohida qirralarini (kognitiv komponent) hamda ijtimoiy-muhim sifatlarini (qabul etilayot- gan qarorga tayyorlik, layoqatlilik va mas’uliyatlilik) qamrab olgan shaxsning integrativ sifatidir (ijtimoiy-psixologik komponent)”. kompetentli tayyorlash o‘quv reja va integrativ fanlarning o‘quv-uslubiy majmua- 11 lari asosida amalga oshirilib, quyidagi didaktik jihatlarga ega: individual o‘qishning psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini yaratish, mustaqil va ilmiy tadqiqot ishlarini iz- chillik bilan bajarishga qaratilgan pedagogik rag‘batlantirish, o‘qitishning tadqiqiy usul- lari ustuvorligi, dolzarb kasbiy masalalarni yechishga ijodiy yondashish tajribasiga faol ega bo‘lish, o‘qish davomida kompetentlik darajasining shakllanganligini aniqlashda zamonaviy diagnostik usullardan foydalanish va o‘quv-ijodiy jarayonning samaradorli- gini baholash uchun kvalimetrik ko‘rsatkichlarni qo‘llash. kompetentli mutaxassislarni tayyorlashda muammoli ma’ruza samarali hisobla- nib, ularni o‘tkazishda vaqt, axborot va kreativ resurslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ulardan samarali foydalanishning miqdoriy kvalimetrik mezonlari yaratildi hamda ularni aniqlash uchun matematik modellar ishlab chiqildi (1-jadval): 1-jadval Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling