Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Ta’lim sifatini an’anaviy va yalpi boshqarish tamoyillari
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
Ta’lim sifatini an’anaviy va yalpi boshqarish tamoyillari
Ta’lim sifatini boshqarishning an’anaviy tamoyillari Ta’lim sifatini yalpi boshqarish tamoyillari Buyurtmachining ehtiyojlari (talablari)ni ta’minlash. Ta’lim iste’molchilari – ta’lim muassasasi, dav- lat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari (talablari)ni ta’minlash. Ta’lim sifatining samaradorligini oshirish bо‘yicha rejalashtirish, ta’minlash va nazorat qilishni siklik tartibda amalga oshirish. Ta’lim sifatining samaradorligini oshirish bо‘yicha rejalashtirish, ta’minlash va nazorat qilishni uzluksiz tartibda amalga oshirish. korrektirovka qilish bо‘yicha ta’sir vositalarini ishlab chiqish. Ogohlantiruvchi (oldini oluvchi) ta’sir vositalarini ishlab chiqish. Ta’lim sifatini ta’minlovchi bо‘lim xodimlarini sifatni boshqarishga о‘qitish. OTMning barcha xodimlarini sifatni boshqarishga о‘qitish. Sifatni ta’minlash funksiyasi sifatni nazorat qilish bо‘limiga yuklatilgan. Sifatni ta’minlash funksiyasi OTMning barcha xodimlariga yuklatilgan. Sifat sohasida joriy va dolzarb masalalarni bajarish. Ta’lim sifatini oshirishga monelik qilayotgan fak- torlarni, muammolarni doimiy ravishda aniqlash va hal etish, sifatni rejalashtirish. Har bir xodim tomonidan individual vazifa- ning bajarilishi. Ta’lim sifatini oshirish vazifasini bajarishda bar- cha xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish. Xodimlar faoliyatida metodlar va vositalar, ularning muhokamasi asosiy hisoblanadi. Xodimlar faoliyati natijaga yо‘naltirilgan. Qarorlar fikrlar asosida qabul qilinadi. Qarorlar faktlar asosida qabul qilinadi. 25 OTMda samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali ta’lim sifatini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir va bu dunyoning kо‘pgina rivojlangan mamlakatlarida о‘z samarasini isbotlagan tajribalardan biridir. respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan Jamoatchilik ken- gashlarining asosiy vazifasi professor-о‘qituvchilar va talabalar о‘rtasidagi ijtimo- iy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar orqali OTMlar faoliyatini rivojlantirishga kо‘maklashish, talabalar- ning о‘qishi va ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hamda sport tadbirlarida ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlarni yaxshilashda rahbariyat mas’uliyatini yanada oshirish, talaba- lar va professor-о‘qituvchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular о‘rtasida- gi sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan nazorat orqali ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning yangi bosqichga kо‘tarilishiga kо‘maklashish kabilardan iborat. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling