Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
uchun talabalarga mavzuga oid materiallar tarqatiladi. Darsning borishi esa quyi-
dagicha kechadi:
Mavzu:  “Madaniy-tarixiy  obidalarni  ijtimoiy-ma’naviy  va  tarbiyaviy  ahamiyati”. 
Shu o‘rinda ushbu masalani pedagogika fani doirasida ko‘rib chiqaylik. Bunda ta-
labalarda madaniy-tarixiy obidalar haqida tushunchalar hosil qilishning birinchi turi 
– bu ular haqida nazariy bilimlarni shakllantirishdir. Buning uchun o‘qituvchida o‘sha 
hududda  joylashgan  ziyoratgohlar  haqida  ma’lumotlar  yoki  hujjatlar  bo‘lishi  kerak. 
Masalan, mavzuni Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati misolida ko‘rib chiqaylik. 
Dastlab, Toshkent viloyatidagi “Zangiota” ziyoratgohiga xayolan sayohat uyushtirib 
ko‘raylik, so‘ngra amaliy qismiga o‘tiladi. 
O‘qituvchi  darsni  nazariy  qismida  talabalarga  mazkur  dargoh  haqida  savollar 
beradi. Unda quyidagi taxminiy savollar bo‘lishi mumkin:
1. Madaniy-tarixiy obidalar nima?
2. Zangiota ziyoratgohi haqida nimalarni bilasiz?
3. Mazkur dargoh qaysi hududda joylashgan, fuqarolarning ma’naviy dunyoqa-
rashini shakllantirishdagi o‘rni qanday?
4. O‘zbekistondagi yana qaysi madaniy-tarixiy obidalarni bilasiz?
yuqorida berilgan savollar asosida o‘qituvchi darsda talabalardan zarur javob-
larni  oladi,  o‘zaro  muhokama  tashkil  etadi,  javoblarni  to‘ldiradi  hamda  talabalarni 
baholaydi. 
Darsning ikkinchi usuli amaliy bo‘lib, bunda dars ziyoratgohning o‘zida tashkil 
etiladi. ya’ni talabalar bilan Zangiota ziyoratgohiga sayohat, tashrif (ziyorat) amalga 
oshirilishi mumkin. Ushbu usul eng samarali bo‘lib, dastlab talabalar mazkur dargoh-
ning shakllanish tarixi bilan tanishadilar, obyekt to‘g‘risida jonli muloqot qiladilar, bu 
haqidagi xalq qarashlari, afsona va rivoyatlarning haqiqiy guvohiga aylanadilar. U 
yerdagi mavjud moddiy ashyolar, maqbara, qabrlar va boshqa manbalar saqlanayot-
gan nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan 
birga talabalar mazkur dargohda esdalik suratlarga tushishlari, nodir qo‘lyozmalar va 
hujjatlarning foto yoki kseronusxalarini olishlari ham mumkin.
amaliy usulning yana bir shakli, o‘sha dargoh haqida ko‘rgazmalar tashkil etish, 
albomlar, bukletlar tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘qituvchi se-
minar (amaliyot) darsiga ziyoratgoh haqida videofilmlar, suratlar, nodir qo‘lyozmalar 
va hujjatlarning foto yoki kseronusxalaridan foydalangan holda ijodiy ish tayyorlab 
kelishni buyuradi. Shu asosda ziyorat darsidan so‘ng auditoriyada ziyoratgoh haqida 
tayyorlangan manbalar namoyish qilinadi.
Mazkur madaniy-tarixiy obidaga oid ma’lumotlardan foydalangan holda talaba-
lar maqolalar yozib, ularni matbuot nashrlarida chop etishi, ommaviy axborot vosita-
larida – radioeshittirish yoki teleko‘rsatuvlar, ilmiy-ommabop risolalar tayyorlashi eng 
samarali usul hisoblanadi.
O‘qituvchi va talabalarda ziyoratgoh haqida nazariy va amaliy ko‘nikmalar, bilim-
lar shakllantiriladi, bu ularni mustaqil fikrlashga, ijod qilishga undaydi. Madaniy-tarixiy 
obida haqidagi manbalar nodir qo‘lyozmalar hamda tarixiy hujjatlardan foydalanish-
ga, talabalarda yaqin va uzoq o‘tmishimiz, diniy ulamo va avliyolar haqida tushun-
chalar hosil qilishga, ularning dunyoqarashi, tafakkurini yuksaltirishga, mustaqil ijod 
qilish qobiliyatlarini namoyon etishlariga va shu asosda yakuniy xulosalar chiqarish-


67
ga chorlaydi. Qolaversa, bu boradagi bilimlar talabalarni vatanparvarlik, milliy g‘urur 
va iftixor, ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalaydi, ularda yurt taqdiriga daxldorlik sifatla-
rini shakllantiradi.
O‘qituvchi  talabalarga  madaniy-tarixiy  obidalar  turlari  xususida  ma’lumotlar 
beradi,  muqaddas  qadamjolar  ajdodlardan  avlodlarga  yetib  kelgan  ma’naviy  boy-
lik  ekanligi  haqida  fikr  yuritadi.  Talabalarga  madaniy-tarixiy  obidalar  tarixini  o‘rga-
nishda yozma manbalarning o‘rni katta ekanligini tushuntirgan holda, xalqimizning 
ulkan moddiy va ma’naviy merosi hali to‘liq o‘rganilmaganligiga urg‘u beradi. Ularni 
kelajakda bunday ulkan moddiy va ma’naviy meros obyektlarini ilmiy tadqiq etish-
ga  yo‘naltiradi,  xorijlik  sayyohlarni  mamlakatimizning  moddiy  va  nomoddiy  meros 
 obyektlari bilan tanishtirishga erishishimiz zarurligini ta’kidlab, darsni tashrif (ziyorat) 
yakunlari asosida xulosalaydi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida darslarni tashkil etishning turli noan’anaviy usullari 
mavjudki, ular orqali talabalarning ijodiy faolligini oshirish, intilish va tashabbuslarini 
qo‘llab-quvvatlash, darslar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bunda 
yakka va guruhlarda ishlash muhim ahamiyat kasb etib, unga ko‘ra darsda bir yoki 
bir qancha masala (muammo)larni yechish imkoniyati yaratiladi. 
Jumladan, madaniy-tarixiy obidalar va ularni tartib-qoidalari bilan bog‘liq ayrim 
muammolarni darsda FSMU ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda ham muho-
kama  qilish  mumkin.  Chunki  oliy  ta’lim  dargohida  ta’lim  olayotgan  talaba  nafaqat 
o‘qishi, balki jamiyat ahamiyatiga daxldor masalalarni muhokama etib, bu xususida 
o‘z fikrini berishi, munosabatini bildira olishi, ularning tashabbuskorliklari va intilish-
laridan dalolatdir. Ushbu usulga ko‘ra dars ikki bosqichda tashkil etilsa, maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Birinchi bosqichda har bir talabaga “FSMU” texnologiyasining to‘rt 
bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz sababini ko‘rsating.
M – ko‘rsatilgan sababni isbotlovchi dalillar keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
ikkinchi  bosqich:  Talabalar  bilan  muammoli  bahs-munozara  mavzusi  belgilab 
olinadi. 
Uchinchi bosqich: Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadilar va ularga FSMU tex-
nologiyasining 3-bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlar tarqatiladi. 
4. Fikr va mulohazalar umumlashtirilgan holda jadvalning 4 ta kataklariga yozi-
ladi. 
5. kichik guruhlarda talabalar o‘zlari yozgan fikrlarini o‘qiydilar, ya’ni himoya qi-
ladilar. 
6. O‘qituvchi tomonidan guruhlarda umumlashtirilgan fikrlar e’lon qilinadi, o‘qi-
tuvchi guruhlarning bergan javoblariga nisbatan o‘z mulohazalarini bildiradi. 
Muhokama uchun muammo qiziqarli, bahs-munozarali, talabalar diqqatini tor-
tadigan bo‘lsa, dars yanada samarali o‘tadi. Bizningcha, mavzu quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: “nima uchun ba’zi kishilar ziyoratgohlardagi ayrim manbalar (buloqlar, da-
raxtlar, o‘simliklar, tosh va g‘orlar)ni muqaddas, deb hisoblaydilar?”
F – fikringizni bayon eting. Talabalar bu xususda o‘z fikrlarini bayon etadilar.


68

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling