Ilmiy oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi


«Ochiq» va «yopiq» oqilonalik


Download 19.12 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi19.12 Kb.
#200402
1   2   3   4
«Ochiq» va «yopiq» oqilonalik. Oqilonalik g‘oyasi reflekssiz nazorat va obyektivlashtiruvchi modellashtirish tarzida «yopiq oqilonalik» rejimida shakllangan izchil mo ‘Ijallar asosida ayniqsa ko ‘p ro‘yobga chiqariladi. Shuning uchun ham ba’zan oqilonalik muvaf- faqiyatli maqsadga muvofiq yoki izchil faoliyat bilan bog‘liq deb ko'rsatiladi. Tadqiqotchilar «yopiq» oqilonalikka tanqidiy yondasha- dilar. Alohida paradigmalarning «yopiq» oqilonalik rejimida faoliyat ko 'rsatuvchi asoslarni mutlaqlashtirish va dogmalashtirish hozirgi ongda oqilonalik g‘oyasini uning ma’naviy mezonlaridan, inson va dunyo munosabatlarini uyg'unlashtirish bilan bog'liq istiqbollardan mahrum etadi.

Ammo «yopiq» oqilonalikda oqilona bo‘lgan narsalar «ochiq» oqilonalikda o‘zining bu xususiyatini yo‘qotadi. Masalan, ishlab chiqarish muammolarining yechimlari ekologik muammolar nuqtai nazaridan doim ham oqilona bo‘lavermaydi. Yoki fan nuqtai nazaridan oqilona bo‘lmagan faoliyat boshqa nuqtai nazardan, masalan, ilmiy daraja olish nuqtai nazaridan oqilona bo‘lishi mumkin.



Ochiq oqilonalikning evristik g ‘oyasi fanning tadrijiy rivojlanishini, tahlil apparati, haqiqatni izlash jarayonini tushuntirish va asoslash usullari muttasil takomillashib borganligini aks ettiradi. Shu bilan birga, hozirgi fanlar dunyoning ilmiy manzarasini yaratishda jiddiy yutuqlarga erishganiga qaramay, uchinchi mingyillik bo‘sag‘asida fan gravitatsiya, hayotning vujudga kelishi, ongning paydo bo‘lishini muvofiq tarzda tushuntirishga, tnaydon yagona nazariyasini yaratishga va bugungi kunda soxta deb qaralmayotgan parapsixologik yoki bioenergetik- axborot o‘zaro ta’sirlarini qoniqarli tarzda asoslashga muvaffaq bo‘lmadi, degan ovozlar ham yangramoqda. Hayot va tafakkuming paydo bo‘lishini hodisalar, o‘zaro ta’sirlar va elementlaming tasodifiy uyg‘unligi bilan tushuntirish mumkin emasligi ayon bo‘lib qoldi, mazkur farazni ehtimolliklar nazariyasi ham taqiqlaydi. Yeming mavjudlik davri variantlarini ko‘rib chiqish darajasi yetishmaydi.


Download 19.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling