3. Pedagogikaning metodologiyasi:
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mahsuli sifatida turli fanlar bilan qadim-qadim zamonlardan bog‘liqligidir. Shuni ta'kidlamoq kerakki pedagogika fanining metodologik asosi diniy va dunyoviy fanlar tarkibida rivojlangan. Qur'onda “Ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta takrorlanadi. G‘arb faylasuf olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar.
Pedagogika fanining metodologiyasini yaratishda qomusiy mutafakkir va pedagoglarning o‘rni diqqatga sazovardir. Al-xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, chex olimi Yan Amos Kamenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotstsi, nemis pedagogi Adol'f Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o‘z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini yaratib, komil inson tarbiyalashdagi qonuniyatlarni asosladilar. Yangicha sharqona pedagogikaning metodologiyasi o‘tmish ajdodlarimizning barkamol inson tarbiyasidagi g‘oya va ta'limotlarini o‘rganib, unga suyangan holda milliy istiqlol mafkurasini mustaqkamlash va unga amal qilishdir. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil usul va vositalari, umuman, har-bir inson uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy ta'sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan keyin birinchi marotaba 1992 yil iyul oyida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi va 1997 yilning 29 avgustida bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan holda qaytadan tasdiqlandi, Qonun 5 bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan ya’niy
Birinchi bosqch (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |