Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh


I. BOB. KO’Z OPTIK SISTEMASI VA UNING TUZULISHI


Download 0.81 Mb.
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1467831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishii

I. BOB. KO’Z OPTIK SISTEMASI VA UNING TUZULISHI

1.1. Ko’z optik sistemasi


Ko’z optik sistema bo’lib, buyumning tasviri ko’z soqqasining yorug’likka sezgir bo’lgan to’rsimon pardasida hosil bo’ladi. Odam ko’zining shakli shar shakliga yaqin bo’ladi. Ko’zning diametri 2.5 sm chamasida bo’ladi. Ko’z bosh suyagining maxsus chuqurchasida – ko’z soqqasida joylashgan bo’ladi. Ko’z ko’z soqqasidan ko’rish nervi yordamchi qismlardan (ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan) iborat. Ko’z soqqasi ikki qismdan iborat bo’ladi. Bular tashqi va ichki qismlardir. Ko’z bajaradigan funksiyasiga ko’ra ikki qismdan iborat: ko’zning optik sistemasi va retseptor qismi. Ko’z optik sistemasi ham o’z o’rnida to’rt qismga bo’linadi, ular ko’zning shox pardasi, ko’z ichki suyuqligi, gavxar, shishasimon tana. Bular ko’zga tushadigan yorug’lik nurini sindirib o’tkazadi va uni ko’zning ichki to’r pardasida joylashgan retseptorlarga to’plab beradi. Yorug’lik nurini sindirib o’tkazishda ayniqsa, ko’z gavxari muhim o’rin tutadi. Ko’z oqsil pardaga o’ralgan ancha murakkab sistema hisoblanadi. Oqsil pardaga tomirli parda va o’lchamlari 0.001 sm dan juda kichik yorug’lik sezgir elementlardan tuzilgan to’rsimon parda kelib tutashgan. Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi ko’rish nervi tolalarining uchlaridir. Ko’zning oldingi qismida oqsil parda shaffof muguz pardaga, tomirli parda esa kamalak pardaga aylanadi, kamalak pardaning o’rtasida ko’z qorachig’i deb atalgan teshik joylashgan. Qorachiqning ortida ikki yoqlama qavariq linza shaklidagi shaffof elastik jism xrustalcha(ko’z gavxari) joylashgan. Butun ko’z bo’shlig’i shaffof suyuqlik bilan to’lgan. Ko’z suyuqligining sindirish ko’rsatkichi 1.33 ga, muguz pardaning sindirish ko’rsatkichi 1.38 ga va xrustalchaniki o’rtacha 1,44 ga teng. Ko‘zdagi yorug‘likni seza oladigan qatlam to‘r parda hisoblanadi. Shunday qilib, yorug‘lik shox parda, qorachiq, gavhar va shishasimon jismlardan o‘tib ko‘zning to‘r pardasini yoritishda ko‘rish nervlariga ta‘sir etish bilan miyada sub`ektiv ko‘rish sezgisini hosil qiladi. Agar uzoqdagi buyumlarning tasviri to‘r to‘rpardani old tomonida hosil bo‘lsa, bunday ko‘z yaqindan ko‘rar, agar tasvir to‘rpardani orqa tomonida hosil bo‘lsa, uzoqdan ko‘rar k
o‘z deyiladi.
1-rasm.
Bu yerda: A–suvga oxshagan suyuqlik; L–gavhar; Q–shishasimon jism; I–ko’zning kamalak pardasi; R–ko’zning to’r pardasi. Biz ko’z bilan ko’rayotgan jismning tasviri to’r pardada joylashadi: u haqiqiy, kichiklashgan va teskari tasvir bo’ladi (biz miyamizning korrektlash ta’siri ostida buyumning joylashishi to’g’risida to’g’ri taassurot olamiz). Ko’zning qorachig’i diafragma rolini o’ynaydi; uning diametri ko’zga tushayotgan yorug’lik miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Endi ko’z tuzulishiga yanada chuqurroq yondashsak. Ko’zning I kamalak pardasi (yuqoridagi 1-rasmga qarang) yoki ko’z gavxarining muguz pardasi apertura diafragmasi vazifasini o’tashi ma’lum. Kamalak parda ko’z rangini ko’rsatadi; kamalak pardada kattaligi ozgaradigan teshik bo’ladi biz uni yuqorida ko’z qorachig’i deb atadik. Ko’zning old qismidagi suyuqlik sohasida qorachiqning tasviri aslida kirish qorachig’i hisoblanadi. Bu tasvir haqiqiy qorachiq bilan deyarli bir xil bo’ladi. Ko’zda qorachiq diametrining o’zgarishi fotoobyektivda apertura diafragmasi o’zgarishi bilan bir xil rol o’ynaydi; yuqorida aytganimizdek qorachiq diametriningo’zgarishi ko’zga yorug’lik tushishini rostlab turadi hamda fokuslash chuqurligini o’zgartiradi. Apparatning fotoplastinkasiga ko’zning R to’r pardasi mos keladi (1-rasmga qarang). Ko’pchilik sof optik masalalarda ko’zning sindiruvchi sistemasi bir jinsli shaffof moddadan yasalgan ekvivalent ko’z bilan almashtirilishi mumkin; uning Gulstrand bergan parametrlari quyidagicha:
1-jadval.

Sindirish kuchi dioptriya hisobida

58.48

Ko’zning uzunligi

22 mm

Sindiruvchi sirtning egrilik radiusi

5.7 mm

Muhitning sindirish ko’rsatkichi

1.33

To’r pardaning egrilik radiusi

9.7 mm

Ko’zdagi tasvir havodan farq qiladigan muhit ichida hosil bo’lgani uchun ko’zning oldingi va ketingi fokus masofalari bir-biriga teng emas (17.1 va 22.8 mm) binobarin ko’zning tugun nuqtalari bosh nuqtalari bilan ustma-ust tushmaydi. Bu nuqtalarning hammasi bir-biriga yaqin bo’lgani tufayli ularni ko’zning optik markaziga joylashgan deb hisoblasa bo’ladi. Ko’zning sezgirligi masalasi ham ko’z optik sistemasining muhim jihatlaridan biridir ya’ni ko’zning sezgirligi ko’z optik sistemasini tushunishda yanada muhim ro’llarni o’ynaydi. To’r pardani egallagan yorug’lik sezgir elementlar tayoqchalar va kolbachalarga bo’linadi. Tayoqchalar yorug’likka juda sezgirdir (oqshom g’ira-shirasida ko’rishimiz shular tufaylidir), biroq ranglar farqini ajrata olmaydi. Kolbachalar yorug’likni kamroq sezsada, spektral jihatdan sezgirdir: ular yordamida biz ranglarni ajratamiz. Ko’z to’lqin uzuznliklarining juda tor intervalini sezadi, ya’ni ko’rinadigan yorug’likning uzunligi 0.77 dan 0.38 mk gacha, shunda ham ko’zning bu intervaldagi to’lqin uzunliklarga sezgirligi turlicha. (Ba’zi odamlarning kengroq 0.9 dan 0.3 mk gacha intervalni, ya’ni infraqizil va ultrabinafsha sohalarni ham ko’rishini aytib o’tish qiziqarlidir). Ko’z λ=0.555 mk to’lqin uzuznligiga, yashil rangga eng sezgirdir. Eng qisqa va eng uzun to’lqinlar uchun ko’zning sezgirligi keskin kamayadi va infraqizil hamda ultrabinafsha nurlar uchun sezgirlik nolga teng bo’ladi. Shuning uchun ham quvvati bir xil bo’lgan, ammo, lekin turli rangli yorug’lik nurlayotgan bir necha monoxromatik yorug’lik manbalarining yorqinligi ko’zga turlicha ko’rinadi. Yashil rang manbai eng ravshan ko’rinadi. Masalan, qizil yorug’lik (λ=0.76 mk) yashil yorug’lik singari ravshan ko’rinishi uchun uning quvvati yashil yorug’likning quvvatidan 20 000 marta ortiq bo’lishi kerak [4].

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling