Ilmiy rahbar: f f. d.,dotsent, Bekova N. J


Download 173.43 Kb.
bet19/26
Sana21.06.2023
Hajmi173.43 Kb.
#1639938
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Sayidova Firuza Dissertatsiya

II bob xulosalari
Navoiyning turkiy tilda yozgan asarlarining lug‘aviy boyligi tengsiz ekanligini olimlarimiz allaqachon isbotlashgan. Ma’lum bo‘ladiki, Navoiy-Foniy turkiy asarlarida qo‘llagan muvaffaqiyatli tajribalarini forsiy g‘azallarida ham tatbiq etgan va bunda ham yuksak natijalarga erishganini tahlillarimiz davomida kuzatdik.
“Devoni Foniy”dagi ixtiro g‘azallar ichida voqeaband she’rlar ham ko‘zga tashlanib qoladi. Mana, o‘shanday xususiyatga ega g‘azallardan biri:,,Imshab’’radifli g`azalini yuqorida tahlil etdik.
Oshiq, Ma’shuqa, Rind, May kabi obrazlar ma’shuqa go‘zalligining ta’rifi-yu oshiq kechirgan iztirobli hayot tasviri, uning yor ishqida kuygan joni kabi motivlar Navoiygacha ham mavjud bo‘lgan an’anaviy motiv va obrazlar. Biroq hamma gap shoirning badiiy vositalarni qo‘llay olish mahorati, badiiy tasvir vositalari, u qo‘llagan obrazlar sistemasining naqadar serma’no, serjilo o‘ziga xos ekanligidir. Foniy muxtara’ g‘azallarining mavzulari doirasiga nazar tashlasak, unda quyidagi motivlar yaqqol ko‘zga tashlanadi:

  1. Alloh Taolo va uning husni jamolini madh etuvchi vasf g‘azallar;

  2. Ilohiy ishqni madh va talqin etuvchi g‘azallar;

  3. Ayriliq motividagi g‘azallar;

  4. Majoziy ishqni kuylovchi g‘azallar;

  5. Tabiat go‘zalligini kashf etuvchi g‘azallar;

  6. Tabiat manzaralari bilan ruhiy olam uyg‘unligini ochuvchi g‘azallar;

  7. Do‘st-yorlik munosabatlariga bag‘ishlangan g‘azallar;

  8. Ijtimoiy adolat mavzudagi g‘azallar;

  9. May tavsifiga bag‘ishlangan g‘azallar;

  10. zamondan shikoyat ruhida yozilgan g‘azallar.

Devonda bu g‘azallar “Na’t”, “Muxtara’”, “Tatabbu’”, “Maviza’”, “Dar tavr”, “Dar hamon uslub”, “Ayzan” singari sarlavhalar bilan berilgan. Va ularning qaysi birini olmaylik, shoir o‘z lirik qahramoni portretini, uning psixologik ruhiy kechinmalarini ajoyib badiiy chizgilarda ochib beradi. Navoiyni tushunish uning ichki dunyosini, ma’naviy olamiga kira olish uchun uning teran fikrlarini o‘qibgina qolmasdan, teran uqib olish, idrok etish lozim.
Navoiy-Foniy qalamiga mansub ixtiro-g‘azallar mavzular olamining boyligi bilan alohida e’tiborga loyiqdir, “Devoni Foniy”da “Ahli zamon shikoyatida”, “Olam ahli bevafoligi xususida”, “Ahli zamon bevafoligi haqida” sarlavhalari ostida o‘nlab she’rlar joylashtirilgan. SHoirning ushbu she’rlari bevosita davrdan, zamonadan norozilik kayfiyatlari talqiniga atalgan g‘azallar hisoblanadi. Ularda kishilar o‘rtasidan mehru vafoning ko‘tarilganligi, rahmu shafqatning yo‘qligidan shikoyat qilinadi.II bobimizda shu mavzudagi g`zallardan tahlil qildik.



Download 173.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling