Ilmiy rahbar: f f. d.,dotsent, Bekova N. J
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 173.43 Kb.
|
Sayidova Firuza Dissertatsiya
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifaga aylandi. Millat ma’naviy kamolotining asosiy omillaridan biri bu badiiy ijod durdonalariga munosabat, unga oshuftalik, buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan bebaho ijod namunalaridan bahramand bo’lish, ularni har tomonlama tahlil, tadqiq va tadbiq etishdir. Bu borada “avliyolar avliyosi, mutafakkirlar mutafakkiri va shoirlar sultoni” Alisher Navoiy adabiy merosi alohida ahamiyat kasb etadi.
Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosi besh yarim asr davomida turli millat vakillari bo’lgan adabiyotshunos, sharqshunos olimlar tomonidan tadqiq va tahlil etilmoqda. Xususan, Alisher Navoiy ijodining undan oldin yashagan, unga zamondosh bo’lgan hamda undan keyin yashab ijod etgan Sharqning boshqa mutafakkirlari adabiy merosi bilan munosabati masalasida qator-qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”, deya bejiz taʼkidlamadi. Zero, bugungi kunda ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida hal etilishi zarur boʻlgan koʻplab muammo va vazifalar mavjud”. Alisher Navoiy ijodini oʻrgangani sayin hayratlar dunyosiga koʻmilib boradigan, oʻzi kashf etgan xazinani tezroq oʻzgalarga yetkazishga shoshiladigan qalb egalari borki, bu qarordan juda mamnun boʻldilar. Bu qaror nafaqat oʻzbek olimlari, balki koʻp yillar Navoiy hayoti va ijodi bilan shugʻullanayotgan xorijlik mutaxassislar uchun ham yangi tadqiqotlarni yaratishga juda katta ragʻbat berdi. Ular Alisher Navoiyni “Dunyoni maʼnaviy tanazzuldan qutqara oladigan mutafakkir” deya taʼriflashadi. Dunyoda Alisher Navoiy asarlari kabi keng tarqalgan, jahonning deyarli har bir chekkasida kitoblarining nusxalari saqlanayotgan va katta muhabbat bilan oʻrganilayotgan boshqa ijodkorni topa olmaysiz... Hazrat Navoiy hayotining soʻnggi yillaridayoq uning asarlari tiliga lugʻat ishlanganligi biz hozir navoiyshunoslik deb atayotgan sohaning ancha qadimiy ekanligini koʻrsatadi. Alisher Navoiy ijodi shunchalar serqirraki, uning asarlari tarjimasiga qoʻl urish uchun islom dini gʻoyasi va qarashlari, turkiylar madaniyati, yashash tarzi va soʻzlarning kelib chiqishini sinchiklab oʻrganish talab etiladi. Dunyo matnshunosligida qo’lyozma manbalarni qiyosiy tahlil etish, ijodkor ilmiy biografiyasini yaratish, badiiy asar matni tarixini o’rganish kabi ilmiy muammolar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular sirasidan dunyo kutubxonalari bo’ylab tarqalgan sharq qo’lyozmalari , jumladan turkiy adabiyotning buyuk namoyondalasi Alisher Navoiy asarlari manbaalarini o’rganish doirasida katta tajriba, bilim hamda material to’plandi. Olib borilgan keng tadqiqotlar matnshunoslikning nazariy asoslarini yaratishga zamin bo’lib xizmat qilmoqda. Alisher Navoiy “ Devoni Foniy” ning nashrlarini qiyosiy o’rganish va asarning kelgusida amalga oshiriladigan choplarida matn mukammaligini ta’minlashga yordam beradigan tavsiyalar berish magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligini belgilaydi. Download 173.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling