Ilmiy rahbar: f f. n Ibragimova Fazilat +99894 578 31 23


Download 18.07 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi18.07 Kb.
#210299
  1   2
Bog'liq
Sulaymonova T JDPI talabasi. Oilada psixologik muhit docx


KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILAR UCHUN OILADA IJOBIY PSIXOLOGIK MUHIT YARATISHDA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARINING AHAMIYATI

Sulaymonova Tanzila

JDPI Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi

(Ilmiy rahbar: f.f.n Ibragimova Fazilat)

+99894 578 31 23

Inson, dastlab, oilada shakllanadi. Oila esa qadimdan muhabbat, o’zaro hurmat, birdamlik, mehribonlik ramzidir. Xalqimizning azal-azaldan oilani muqaddas dargoh sifatida qadrlashi, uning mustaqilligi, totuvligi, tinch va osudaligini ta’minlash yo’lida astoydil harakat qilishi ham ana shu hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan. Oila jamiyatning bir bo’lagi ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oilaning kishi hayotidagi ahamiyatini teran anglagan buyuk siymolarimiz uning o’rnini hech nima bilan to’ldirib bo’lmaydigan joy sifatida e’tirof etsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan obirat bo’lmog’I lozim.”-deb ta’kidlaydi. Qolaversa, qadimiy an’analarimiz va islom dini ko’rsatmalariga ko’ra, oilada oila boshi erkak kishi, ya’ni otalarimiz ekanligi e’tirof etiladi. Bu haqida bn Sino bobomiz “Agar oilada oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”- deydi.

Haqiqatan ham har bir go’dak, avvalo, oilaviy munosabatlar negizida dunyoga keladi, keyin esa uni tarbiyalab voyaga yetkazish go’dakni dunyoga keltirgan ota-ona zimmasiga tushadi. Hatto bu O’zbekiston Respublikasining bosh qomusi Konstitutsiyamizning 14-bobida to’laligicha ko’rsatilgan va butun bir bob oila va unga oid munosabatlarga bag’ishlangan. Unga ko’ra, oila jamiyatimizning muhim negizi bo’lib, ota-ona voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalashga va boqishga majbur ekanligi hamda voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzand o’z ota-onasi haqida qayg’urishi, g’amxo’rlik ko’rsatishi, onalik va bolalik davlat tomonidan himoya qilinishi aniq-ravshan belgilab qo’yilgan.

Shuni ta’kidlash mumkinki, har bir kishi umri davomida asosiy vaqttini oila davrasida oila a’zolari bilan o’tkazadi. Bu esa oilada o’zgacha bir muhit yaratilishi kerakligini taqozo etadi. O’ylashimcha, oila boshliqlari va bosshqa oila a’zolarining o’z vazifasi bo’lib, ular bu vazifani bajarishga sidqi dildan kirishishi hamda oila a’zolari ya’ni ota-ona, ota-bola, ona-bola o’rtasida shunday bir ijobiy muhit yaratish kerakki, ular buni o’zlari xohlab amalga oshirsin.

Oilada ijobiy muhit yaratish qadim zamonlardan buyon kishilik jamiyati taraqqiyotida o’z dolzarbligini yo’qotmagan mavzulardan biri sifatida e’tirof etiladi va u xalqimiz paydo bo’lgandan buyon u bilan hamnafas boyib borayotgan og’zaki ijod namunalarimizning yetakchi mavzularidan biri bo’lib kelmoqda. E’tibor beradigan bo’lsak, og’zaki ijod namunalarining keng tarqalgan janrlaridan biri onalarimiz tomonidan jo’shib aytiladigan allalarda ularning bolasi bilan bog’liq bo’lgan orzu-umidlari, istak xohishlari oilaviy munosabatlar bilan sug’orilgan holda kuylanadi. Zero, alla haqida Ibn Sino bobomi shunday deydi: “… bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri – bolani sekin- asta tebratish. Ikkinchisi – uni uxlatish uchun aytish odat bo’lib qolgan musiqa va allalashdir”.

Bundan tashqari, o’zbek xalqining shoh asarlari biri “Alpomish” dostonida ham o’zbek xalqining o’ziga xos oilaviy munosabatalar qahramonlar nutqida va harakatlarida ham aks ettirilganki, ularni o’qish orqali ham o’quvchilar oilada ijobiy muhit yaratishda nimalarga amal qilish kerakligini anglab yetishga ko’mak oladi. Zero, bu haqida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Alpomish” dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi”, -degan edi. Bu fikrda dostonning mohiyati, g‘oyasi, badiiyati, millatimiz tarixida tutgan o‘rni mujassam etilgan.[1]

Oilada har bir oila a’zosida, jumladan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda oilaviy munosabatlarga nisbatan xayrixohlik uyg’otish maqsadida ular maktabda o’qib o’rganadigan “O’qish” darsligiga kiritilgan ertak, rivoyat, doston, maqol, matal va boshqalarda mazmunida ham bu masala e’tibordan chetda qolmaydi. Jumladan: oilada yoshlarni rostgo’ylikka chorlovchi “Rostgo’y bola” ertagini, odob-axloqqa boshlovchi “Odob” rivoyatini, kamtarlikka chaqiruvchi “Yurak” rivoyatini, otalarimizning doimo farzand g’amini yeyishuni eslatuvchi “Aqlli bog’bon” ertagini, ona-bola munosabatlarinin aks ettiruvchi “Hakka va uning bolalari” ertagini, ota-bola munosabatlarini aks ettiruvchi “Aql va boylik” ertaklarini va oila a’zolarini oilaviy munosabatalar jarayonida to’g’ri yo’lga boshlovchi bir qator maqollarni 1-sinf o’qish darsligida o’qisak, 2-sinf darsligida otaning o’gillari kelajagiga jon kuydirishi aks ettirilgan “Uch o’g’il” , “Kenja o’g’il” va boshqa ertaklar va rivoyatlarga duch kelsak, 3-sinf o’qish kitobida yuksak insoniy fazilatlardan biri aks ettirilgan ”Halollik” ertagini, oilaviy munosabatlarga putur yetkazuvchi chaqimchilik qoralangan “Botir mergan va chaqimchi” ertagini, yaxshilikni ulug’lovchi “Sohibqiron Temur bobo” rivoyatini, do’stlik munosabatlarini tarannum etuvchi “Navoiyning do’sti” rivoyatlarini o’qishimiz mumkin. 4-sinfda esa oilada bolalarni yaxshilikka yetaklovchi “Eng ulug’ fazilat” deb nomlangan ertakni va bir-biridan mazmunli maqollarni o’qishimiz mumkin.


Download 18.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling