Ilmiy rahbar: Yo’ldoshev S. Magistrant: Boboyev M


Download 23.13 Kb.
bet1/2
Sana19.03.2023
Hajmi23.13 Kb.
#1284399
  1   2
Bog'liq
OYLIK HISSOBOT ERGASHEVA Z


Farg’ona Davlat Universiteti 70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi mutaxassisligi 1-kurs magistranti Boboyev Mirodillo Qosimjon o‘g‘lining 2022-2023 o‘quv yili 1-semestridan ilmiy-pedagogik amaliyot bo‘yicha sentabr oyi uchun


HISOBOTI
Boboyev Mirodillo Qosimjon o‘g ‘li 2022-yildan 70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi) mutaxassisligi bo’yicha 1-kurs magistrantiman. Tarix fakultetida O’zbekiston tarix kafedrasidagi professor o’qtuvchilar bilan o’quv yilining 1-yarim yilligi uchun amaliyot o’tash uchun kafedraga keldim. O’zimizni faolyatimizni, qilinadigan ishlarimizni rejalashtirib o’zimning dissertasiya mavzuyim bo’yicha bo’yicha reja tuzishni ilmiy rahbarim bilan birga boshladik. Mening magistrlik dissertatsiya ishim “Farg’ona vodiysi etnomadaniyati o’rganilishi tarixi (“Turkiston to’plami” materiallari asosida)”ga bag’ishlangan. Magistraturadagi ilmiy faoliyatimni olib borish uchun, menga ilmiy rahbar etib, Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (Phd) Yo’ldashev Salimjon Valiyevich tayinlandi. Ilmiy raxbarim bilan birgalikda kelajakda qilinadigan ishlar haqida fikir almashib o’zimga kerakli bo’lgan 2022-2023 o’quv yillariga mo’ljallangan kalendar ish rejasini ko’rib chiqdik. Shu reja asosida o’z faolyatimni davom ettirib kelmoqdaman. Professor o’qtuvchilarning mehnat faolyatini, dars jarayonlarini kuzatdim va Boshlang‘ich ta’lim sohasida qilinayotgan yangiliklar haqida o’zimga kerakli bilimlarni oldim.


Ilmiy rahbar: Yo’ldoshev S.


Magistrant: Boboyev M.
Farg’ona Davlat Universiteti 70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi mutaxassisligi 1-kurs magistranti Boboyev Mirodillo Qosimjon o‘g‘lining 2022-2023 o‘quv yili 1-semestridan ilmiy-pedagogik amaliyot bo‘yicha oktabr oyi uchun


HISOBOTI

Boboyev Mirodillo Qosimjon o‘g‘li 2022-yildan 70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi) mutaxassisligi bo’yicha 2022 yilning oktabr oyida Pedagogik amaliyot kunlarida Farg’ona Davlat universiteti Tarix fakulteti O’zbekiston tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining o’quv mashg’ulotlarini kuzatish jarayonida bo’ldim. Mashg’ulotlarni kuzatish davomida o’zimni qiziqtirgan savollarga javoblar oldim. Tarix sohasida bo’layotgan ilmiy izlanishlar, kafedradagi ilmiy yangiliklar bilan tanishdim. Dissertatsiya mavzuyimga oid qo’shimcha ma’lumotlar, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib bordim. Shu jumladan dessertasiya ishim bo’yicha chuqur izlanishlar olib borishim kerakligini anglab yetdim va qo’shimcha ma’lumotlar to’plash uchun ilmiy rahbarimdan va kafedra proffessor ustozlardan kerakli ma’lumotlar oldim. Bundan tashqari kafedra o’qituvchilaridan Shamsiyev M., Yo’ldoshev S., Alimova N., Egamberdiyeva T., Qodirova R.larning ish yuritish hujjatlarini, dars jarayonlarini muntazam kuzatib bordim. Kuzatish jarayonida ulardagi pedagogik malaka, o’qitish usullarining yutuqlaridan o’zimda tegishli bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga harakat qildim.





Download 23.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling