Ilmiy seminar


Download 16.7 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi16.7 Kb.
#1206625
Bog'liq
3- semestr Ilmiy seminar hisobot



70540101 - Matematika (Algebra va funksional analiz) mutaxassisligi
II-kurs 321-guruh magistranti
Xudaykulova Saida Zakirovnaning
ILMIY SEMINAR
bo’yicha 2022-2023 o’quv yili III-semestrida
amalga oshirgan yarim yillik ishlari


HISOBOTI


Men Xudaykulova Saida Zakirovna 2022-2023-o'quv yilida Ilmiy seminar bo'yicha barcha topshiriqlarni muntazam ravishda bajarib bordim. Har hafta davomida Algebra va geometriya kafedrasi tomonidan o'tkaziladigan ilmiy seminarlarda qatnashdim. Menga Ilmiy rahbar etib F.m.f.ndots.X.Ro‘zimurodov tayinlangan edi. Mening dissertatsiya mavzuim "Haqiqiy tekislikda bir ko’phadning sath chiziqlarini kompyuter algebrasi tizimlari yordamida tasvirlash" deb nomlanadi. Ilmiy rahbarim F.m.f.ndots.X.Ro‘zimurodov bilan birgalikda oldingi semestrlarda
“Haqiqiy tekislikda bir ko’phadning sath chiziqlarini kompyuter algebrasi tizimlari yordamida tasvirlash” mavzusidan ko’pgina ma’lumotlarni oldim va ular bilan tanishib chiqqan edim. Bundan tashqari bu mavzu bo'yicha birinchi va ikkinchi boblarim tayyor boldi. Hozirgi kunda uchinchi bob yuzasidan Primeri vichisleniya liniy urovnya mnogochlenov na ploskostini o'rganyapman.
Ushbu semestr davomida ilmiy seminarlarda o'z dissertatsiya mavzuim yuzasidan doklat qildim va tushunmagan qismlarimni o'rganib oldim.
Shu vaqtgacha dissertatsiya mavzuim yuzasidan ikkita tezis chiqardim. Ulardan birinchisi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida,ikkinchisi esa 2022-yilning 17-18-noyabr kunlari Termiz davlat universitetida bo'lib o'tgan konferensiyada Algebraning zamonaviy muammolari shubasida chop etildi.
Birinchi tezisim mavzusi “Polinomial xalqalar ideallarining Gryobner bazislarini kompyuter algebrasi tizimlarida hisoblash”, ikkinchi tezisim esa “Calculation of polynomial level lines in the plane” deb nomlangan va bevosita birinchi va ikkinchi boblar yuzasidan tayyorlangan.
Bundan tashqari Kafedra miqyosida o`tkazilgan ilmiy yig`inlardalarda faol ishtirok etdim. Ilmiy rahbarim F.m.f.ndots.X.Ro‘zimurodovdan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo'yicha yangi ko'rsatmalar oldim.
O`quv ishlarni tashkil etishga bog`liq me`yoriy hujjatlar: malaka talabi, o`quv dasturlari, o`quv rejalari, ishchi o`quv rejalari bilan tanishdim.
Ilmiy rahbarim F.m.f.ndots.X.Ro‘zimurodov yordamida dissertatsiya ishini ma`lum bosqichga yetkazdik.
Dissertatsiya mavzuim bo’yicha ilmiy seminarlarda doklad qildim. Magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha manbalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar, ma`ruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni o`rgandim.
Magisrtlik dissertatsiyasining birinchi bobi “Neobxodimiye svedenya iz stepennoy geometrii” mavzusi yuzasidan o'rganilgan ma'lumotlar jamlanib elektron varianti tayyorlandi.
Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobi “Linii urovnya mnogochlenov na ploskosti” mavzusi yuzasidan o'rganilgan malumotlat jamlanib elektron varianti tayyorlandi.
Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobi “Primeri vichisleniya liniy urovnya mnogochlenov na ploskosti” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman.
Ushbu hisobotni “Algebra va geometriya” kafedrasiga
202_-yil ________ topshirdim.

Magistratura talabasi: Xudaykulova Saida.


Download 16.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling