Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni
Download 170.5 Kb.
|
O\'zbek tili Shukurova Aqida Iqtisod i-103 guruh
tadqiqiy boblar tashkil etadi. Tadqiqot va tadqiq materialining xususiyatlari asosida ilmiy tadqiq ikki, uch, to`rt, besh v. h. bobdan iborat bo`lishi mumkin. Har bir bobda tadqiq materiali va tadqiq usuli odatda bir xil bo`lishi, tadqiq predmetining ma`lum bir qirrasi ochib berilishi lozim. Tadqiq materiali va usuli ayni bir bobda rang-barang bo`lsa, unda bob fasllarga, fasl esa bandlarga, band odatda, raqam bilan belgilanib boriladigan qismlarga ajratilishi mumkin. Ajratilgan har bir bob, fasl, band va uning qismlari alohida-alohida sarlavhalanishi va, albatta, ma`lum bir xulosa bilan yakunlanishi lozim.
Tadqiqot hajmi juda katta, materiali rang-barang, ish 4 bobdan kam bo`lmagan hollarda ilmiy tadqiq qismlarga yoki bo`limlarga ajratilishi mumkin. Tadqiqotda ajratiladigan har bir qism, bo`lim, bob, fasl , band nisbiy mustaqillik va tugallikka ega bo`lishi, o`ziga xos kichik Kirish, tadqiq tavsifi (bayoni) va xulosa kabi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi va, albatta, o`zidan oldingi va keyingisi bilan uzviy bog`lanishi zarur. Tadqiqot matnida chizma, jadval, rasm va boshqa tarzdagi ko`rgazmalilik (illustrativ material) bo`lsa, ular albatta raqamlanishi, bu raqamlanishda jadval (chizma)ning qaysi qism, bo`lim, bob, fasl, bandga aloqadorligi o`z aksini topishi, har biri sarlavhalanishi zarur. Bunday material tadqiqot matni ichida - qo'llanilgan, tahlil etilgan joyda yoki ish, bob oxirida alohida berilishi mumkin. Ular alohida berilganda ishning shu chizma, jadval, rasm eslatilgan, tahlil etilgan beti ko`rsatiladi. Har ikkala holatda ham matn ichida uning o`rni ko`rsatilishi shart. Tadqiqotda muhim ahamiyatga ega bo`lgan xulosa qismi haqida yuqorida qisman bahs yuritildi. Bu yerda shuni ta`kidlash lozimki, tadqiqot natijasida qanday yutuqlar qo`lga kiritilganligi, bu ish manbaning qanday yangi qirralarini ochganligi, ular fan oldida yana qanday yangi masala, vazifa, farazlarni qo`yishi, ularning yechimining ijtimoiy taraqqiyotda qanday natijalar berishi ish xulosasida aks ettirilishi lozim. Tadqiqotning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lgan Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling