«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan


Xabitus tushunchasining tahlili


Download 0.5 Mb.
bet26/67
Sana30.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1735316
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan-fayllar.org

Xabitus tushunchasining tahlili. Sotsiologiyaga Burde kiritgan tushuncha alohida diqqatga sazovor. Bu yerda gap xabitus (habitus) tushunchasi haqida boradi. «Yaratuvchi sxemalarning o‘zlashtirilgan tizimi sanalgan gabitus uni yaratishning alohida sharoitlariga xos bo‘lgan doiradagi har qanday fikrlar, sezgilar va harakatlar bilan erkin ish ko‘rish imkoniyatini beradi, - deb yozadi Burde o‘zining «Amaliy mazmun» kitobida. – Gabitusni yaratgan struktura amaliyotni boshqaradi, lekin bu jarayon mexanik-deterministik yo‘l bilan emas, balki avval boshdanoq uning topqirligi bilan belgilangan majburlash va cheklashlar orqali amalga oshiriladi»36.
Shunday qilib, xabitus – bu amaliyotni boshqaruvchi alohida stixiya. Mazkur stixiya o‘z turi va xiliga xos bo‘lgan belgilar orqali tavsiflanishi mumkin emas. Uni genetic yoki ostensive jihatdan tavsiflashning ham iloji yo‘q. Xabitus ratsionallikning bir vaqtda amal qiluvchi, muttasil ravishda birikuvchi va parchalanuvchi tiplari to‘plamini o‘zida ifodalaydi. Nazariya mulohaza yuritish usullaridan birini tozalashga, uni aqliy xulosalar zanjiriga aylantirishga va oxir-oqibat bilimning chiziqli tizimini olishga harakat qiladi. Bu haqiqiy borliq sifatidagi abadiy, o‘zgarmas va barkamol borliq g‘oyasiga muvofiq keladi. Bu yerda soddalik – murakkablikni o‘lchash va baholash uchun tayanch nuqtasi va mezondir. Bunda o‘lchash va baholash murakkablikni soddalikka nisbatan reduksiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tahlilning odatdagi strategiyasi shuni nazarda tutadi. Jamiyat kommunikativ nazariyasi teskari harakat – soddalikda murakkablikning abstraksiyasinigina ko‘rishni amalga oshiradi. Bu yerda murakkablik har qanday soddalikni tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Nazariyani amaliyot uchun andoza sifatida tushunishdan voz kechishni birinchi bo‘lib Kant taklif qilgan. U amaliy aqlni nazariy aqldan shu ma’noda ustun qo‘yadiki, nazariy aql maqsadlarini aynan amaliy aql belgilaydi. Fransuz ma’rifatchilari nazariy tafakkur kashf etilgunga qadar amaliy fikrlash insonga yashab qolishga yordam bergan, lekin nazariy tafakkur kashf etilgach, o‘z ahamiyatini butunlay yo‘qotgan, deb hisoblaganlar. Teskari tezisni isbotlashni Kant boshladi, Gusserl esa oxiriga yetkazdi. Nazariy bilim amaliy bilimning «hayoti»ga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Gap shundaki, amaliy bilim hayot qonunlariga muvofiq mavjud bo‘ladi, u doim vaziyatga moslashib, o‘z shakl-shamoyilini o‘zgartiradi. Amaliy bilim o‘z-o‘zidan kontekstual xususiyat kasb etadi. Tematik bilim esa relevantlikka intiladi.
Inson hayotida yuz beruvchi hodisalar va jarayonlar uzoq vaqtgacha muayyan ideal sxemalarga muvofiqlik yoki muvofiq emaslik nuqtai nazaridan baholab kelingan. Bunga sarflangan kuch-g‘ayrat amalda erishish mo‘ljallangan natijaga muvofiq keladimi, degan savol misol bo‘lishi mumkin. Maqsadlar va vositalarning o‘zaro nisbati – ijtimoiy yoki oqilona harakatlar tahlilining alfa va omegasi. Ammo bu ko‘p darajali voqelikda tahliliy ajratilgan bir yo‘nalish, xolos. U foydali bo‘lsa-da, lekin voqelikni aks ettirmaydi.
Vaqtning nazariy tavsifi xususiyatlarini o‘rganish nazariy va amaliyot o‘rtasidagi alohida munosabatni aniqlash imkoniyatini beradi. Fan o‘z vaqtiga ega va u amaliyot vaqti bilan muvofiq kelmaydi.
Xabitus va vaziyatning o‘zaro nisbati diqqatga sazovordir. U notematik bilimga tematik tus berish konsepsiyasini eslatadi. Bunda vaziyat katalizator sifatida amal qiladi. Xabitus hech qachon sodir etmaydigan xatti-harakatlar ham yo‘q emas, deb yozadi Burde. Uning aytishicha, bunday xatti-harakatlar sodir etilishi uchun xabitusning yaratuvchilik imkoniyatlari o‘ta aktuallashuviga zamin yaratuvchi alohida vaziyat talab etiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling