Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA

Bilvosita tasdiqlash – bu egallangan bilimni haqiqiyligi avval aniqlangan 
bilimlar majmui bilan bog‘liqligini o‘rnatish yo‘li orqali argumentlash jarayoni. 
Odatda bu turdagi argumentlash tezislar va ularni tasdiqlashdan sabablarni keltirib 
chiqarish orqali amalga oshiriladi. Dalillash (dokazatelstva)- bu argementasiyani 
bir turi bo‘lib, mantiqiy jarayon hisoblanadi, va u muayyan taklifni haqiqiyligi 
avval isbotlangan taklif orqali haqiqiy ekanligini tasdiqlashga yo‘naltiriladi. 
Inkor (rad) etish – bu argumentlash turib bo‘lib, bu jarayonda tezis yoki 
uni asoslash vositalarining yolg‘onligi o‘rnatiladi.
Empirik argumentlash – bu egallangan bilimni asoslash bo‘lib, 
eksperiment va kuzatish ma’lumotnomalariga havolani o‘z ichiga oladi.
Nazariy argumentlash – bu egallangan bilimni nazariy va metanazariy 
darajasidagi bilimlar elementlari orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash orqali asoslash, 
bunda eksperiment va kuzatish ma’lumotlariga bevosita murojaat qilinmaydi. Bu 
ko‘proq bilimlarni tushuntirish va interiretasiya qilish bo‘lib, argumentlashning 
mustaqil ko‘rinishi sifatida ajratiladi.
Interpretasiya – rasmiy yoki matematik tizimning boshlang‘ich 
pozisiyalarini qandaydir mazmuniy tizimga ekstrapolyasiya qilish jarayoni bo‘lib, 
uning dastlabki qoidalari rasmiy tizimdan mustaqil ravishda belgilanadi. U rasmiy 
matematik usullardan foydalanadigan fanlarda amalga oshiriladi. Yanada kengroq 
ma’noda interkretasiya – bu muayyan qiymatlarni (kattaliklarni) o‘rganilayotgan 
ob’ekt yoki jarayonda izohlashdir.
Tushuntirish – bu ilmiy argumentlashning turi bo‘lib, o‘rganilayotgan 
ob’ektning mohiyatini ochib berishga yo‘naltiriladi.
Zamonaviy tadqiqotlarda ko‘rsatilmoqdaki, ijodiy izlanish jarayoni albatta 
asoslash jarayonini ham o‘z ichiga oladi va unda ijodiy imkoniyatlar tahrirlanadi, 
oraliq natijalar mustahkamlanadi, ortirilgan bilimlarni dastlabki bilimlar bilan 
mazmuniy bog‘lanishi ta’minlanadi [1,31]. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling