Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil (fakt)


 Ilmiy adabiyot bilan ishlash


Download 17.48 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2023
Hajmi17.48 Kb.
#1648076
1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy tadqiqotda axborot izlash va qayta ishlash

4. Ilmiy adabiyot bilan ishlash
Axborot va faktlarni ma’lum qismi, ularni talqini adabiyotlarda, manbalarda qayd qilingan. Demak, adabiyot bilan ishlash uquvini shakllantirish tadqiqotchi uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan talabdir. Adabiyotlar ichida eng muhim manba va tadqiqot quroli kitobdir.
Kitobni o‘qishga kirishganda, asarni nomi, muallifi, nashriyot, chop etilgan vaqt, undagi mundarija, asar kompozitsiyasi, annotatsiyasi tuziladi, ilmiy apparat, eng muhim bo‘limlari aniqlanadi. Shundan keyin uni batafsil tanqidiy yondashuv asosida o‘qish,kitobda berilgan g‘oyalarni o‘rganish boshlanadi.
Belgilangan tartibda kitob bilan ishlash vaqtni tejash, u haqda umumiy tasavvur hosil qilish, asarni o‘rganish yo‘lini aniqlash imkoniyatini beradi.
Ilmiy adabiyotni o‘qish usuli masalasida 2 ta yondashuv mavjud.
1. Asar mazmuni bilan tez, ko‘z yugurtirish tarzida tanishib chiqish. Bunda asarni faktologik va nazariy qiymati, uni naqadar diqqat bilan o‘rganish zarurati borligi aniqlanadi.
2. Matnni diqqat bilan o‘qish, asosiy joylari yoki bo‘limlarini konspekt qilish, foydalanish uchun sitatalar tayyorlash,asarda ifodalangan g‘oya mazmunini chuqur anglash. Bu ishni shu darajaga yetkazish kerakki, muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha kitobxonni fikrlari asar muallifi fikrlariga qo‘shilib bir butun bilim tuzimini hosil bo‘lishiga olib kelsin.
O‘qish jarayonida muallif fikrining izchilligi,keltirgan isbotining mantig‘i, g‘oyasini asoslaydigan faktlarni yetarli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish muhim ijodiy samara beradi.
Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling