Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-§. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
2-§. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
24. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlar asosida (agar bu topshiriqlarni ijrosi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar tanlovlari doirasida bajarilishi mumkin bo‘lmasa) hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan o‘ziga xos muammolarni hal etish ehtiyojidan kelib chiqib murojaatga muvofiq qabul qilinadi. Bunda tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni chegaralanganligi uchun loyihalar tegishli ilmiy-texnik kengashda o‘tkazilgan ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovdan tashqari moliyalashtiriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 25. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari ikki yoki undan ortiq ilmiy faoliyat subyektlari, xalqaro va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. 26. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari qabul qilinganidan keyin o‘ttiz kun ichida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha takliflarni Buyurtmachiga taqdim etadi. Bunda taklif qilinayotgan ilmiy loyihaning maqsadliligi, o‘ziga xosligi va tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni yo‘qligi yoki chegaralanganligi asoslab berilishi shart. Buyurtmachining o‘rganishlari va xulosasi asosida tanlov o‘tkazish imkoni bo‘lgan topshiriqlarga tematik ilmiy loyihalar shakllantirilib, tanlovga qo‘yilishi mumkin. 27. Buyurtmachi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini tegishli ilmiy kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovdan tashqari moliyalashtirishga yo‘naltiradi. 28. Ariza beruvchi (benefitsiar) maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirishda va amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar uchun javobgardir. 29. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kun davomida kelib tushgan takliflarning yig‘ma ro‘yxatini shakllantiradi, takrorlanishlarining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda tegishli ilmiy kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya beradi. 30. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayoniga zarur hollarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin. 31. Buyurtmachi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyat mavjud bo‘lganda, mablag‘lar limitini oshirish yoki mablag‘larni tadqiqot yo‘nalishlari o‘rtasida qayta taqsimlash huquqiga ega. Oldingi tahrirga qarang. Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza loyiha fan yo‘nalishi bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengash tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etish to‘g‘risidagi bayonnoma Buyurtmachiga taqdim etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida amalga oshiriladi. Moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan o‘tmagan loyihalar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi va moliyalashtirilmaydi. (31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son) Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling