Ilmiy tanqidiy matn tuzish tamoyillari Niyazmetova Nilufar Ilmiy tanqidiy matn tuzish tamoyillari


Download 2.39 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi2.39 Kb.
#1303625
Bog'liq
Ilmiy tanqidiy matn tuzish tamoyillari Niyazmetova Nilufar-fayllar.org


Ilmiy tanqidiy matn tuzish tamoyillari Niyazmetova Nilufar

Ilmiy tanqidiy matn tuzish tamoyillari
Niyazmetova Nilufar
Badiiy asarning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish manbaning nusxalari ko’p bo’lganda amalga oshiriladi.Ilmiy-tanqidiy matn shakli matn tarixini ilmiy o’rganish asosida muallif matniga yaqin variantini tuzishdir.
Masalan,matn tuzuvchi asarning fanga ma’lum barcha nusxalari orasidagi farqlar ko’p bo’lishi mumkin.Bunday holda ilmiy-tanqidiy matn tuzuvchi matnshunos barcha nusxalarni kuzatishga majbur bo’ladi
Ko’p nusxadlarga ega manbaning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda nusxalarni saralashmuhim.Ko’p nusxalarga ega manba matni ustida ishlash ayniqsa uning ilmiy- tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqliklari” bilan o’ta nozik va mas’uliyatli,to’xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi mehnatdir.
Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda muallif nusxasi(avtografi) bo’lmagan taqdirda asarning qadimiy,ishonchli nusxasi tayanch sifatida olinib,boshqa nusxalardan yordamchi manba sifatida foydalaniladi
R.Zohid So’fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin”asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda 150 dan ortiq nusxaning umumiy va farqli jihatlarini matnshunoslik nuqtai nazaridan izchil tekshirgan va 25 nusxasini qiyosiy tahlil obyekti sifatida olgan, va ularni 3 guruhga bo’lgan:
TAYANCH NUSXA
YORDAMCHI NUSXA
ASOS NUSXA
Muallif dastxati yoki uning davrida yaratilgan matn mavjud bo’lsa ilmiy-tanqidiy matnning ilmiy qimmati yuksak bo’ladi.P.Shamsiyev jahon qo’lyozma fondlarida Navoiy asarlari qadimiy qo’lyozmalari topilishi shoir asarlarining ilmiy-tanqidiy mattnlari yaratilishida katta imkoniyat yaratdi.
Xususan P.Shamsiyev Qozon Davlat Universiteti qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan “Xamsa”ning ana shunday qadimiy qo’lyozma nusxasi aniqlanishi haqida shunday yozadi:
Xamsa”ning ana shunday qadimiy nusxasi topilishi navoiyshunoslikda muhim hodisadir.Chunki u ulug shoir asarining yagona ilmiy-tanqidiy matnini tuzish ishini yanada takomillashtirish yo’lida zarur manbadir”
http://fayllar.org
Download 2.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling