Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 434.88 Kb.

bet1/6
Sana23.05.2017
Hajmi434.88 Kb.
  1   2   3   4   5   6

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal

Barkamol avlod — Vatanning baxti

BU SONDA:

4  ( 168) - s o n

2 0 1 0 - y i l ,

a p r e l

Muqovamizda:

B i r i n c h i     b e t :

Muassislar:

  O‘zbekiston Respublikasi

  Xalq ta’limi vazirligi

«Sog‘lom avlod uchun»

Xalqaro xayriya jamg‘armasi

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali

O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

1995-yil 13-aprel 127-sonli

qaroriga asosan

«Maktabgacha tarbiya» jurnali

negizida tashkil etilgan.

1996-yil yanvardan

chiqa boshlagan.

©

 

«Sog‘lom avlod uchun»



Inson umri dilbandlar ila

to‘kis...

T o‘r t i n c h i     b e t :

Ezgulik arkasi yonida.

Vitaliy MYASNIKOV

 suvratga tushirdi.

Ko‘ngil ko‘zgusi

«Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobidan

                             2

Mustaqillik ufqlari

O‘zbekiston ibrati

                                                                 2

2010-yil — Barkamol avlod yili

Kelajak bilan uchrashuv

                                                          6

Alolo


Barkamol avlod va mahobatli san’at

                                           10

Sim-sim

Alla — hayot madhiyasi



                                                        12

Karvon qo‘ng‘irog‘i

«Tashabbus — 2010»: bunyodkorlik ko‘zgusi

                                           14

Alpomish avlodlari

Faoliyat va samara      

                                                          16

Hakimlar va hikmatlar

Ma’naviy yuksalish jarayoni va estetik tarbiya                                        

18

Vatannoma



Yor-yor kuylanaversin...

                                                         18

Mushoira

Ko‘nglim ham ko‘zimday dunyoni ko‘rar...                                           

 24

Xizr suvi



Ko‘ngildan chiqarib qilingan ish xosiyatli bo‘ladi

                                     26

Ibn Sino darsxonasi

Tug‘ilgan onidan to balog‘atga yetguncha

                                     28

Oq yomg‘ir

To‘rtinchi adabiy tur bormi?

                                                      31

Nabotot olamida

Tabiatning antiqa ishlari...

                                                      32


2

RNI BORNING nomi,

nomi borning o‘rni bo‘-

ladi. Yer yuzida davlatlar

ko‘p. Har biri o‘z o‘rnini hayot-

ning barcha jabhalarida jahon

hamjamiyatida barqaror qilishga

intiladi. Ko‘plar ichida ot o‘zdirib

nom qozonish, xususan, iqtiso-

diy rivojlanish sohasida boshqalar

e’tiboriga tushish oson emas.

Endilikda iqtisodiy rivojla-

nishning “o‘zbek modeli” deb tilga

olinayotgan tushuncha bejiz paydo

bo‘lmagani va unga jahon ham-

jamiyati havas bilan qarayotgani,

o‘rganishga intilayotgani bor gap.

Prezidentimiz Islom Karimov

tomonidan ishlab chiqilgan va

hayotga tatbiq etilayotgan tub

islohotlarning natijalarini, jahon

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqi-

batlari salbiy ta’sirining oldini

olish va iqtisodiyotni yanada jadal

isloh qilish borasidagi mamlaka-

timiz tajribasini o‘rganishga ba-

g‘ishlangan “Inqirozga qarshi

choralar dasturlarining samara-

dorligi va inqirozdan keyingi ri-

vojlanishning ustuvor yo‘nalish-

lari (O‘zbekiston misolida)” mav-

zuida Toshkentda bo‘lib o‘tgan

xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

mazmun-mundarijasi ham shun-

day deyishga asos beradi.

Ushbu konferensiyada ishtirok

etgan dunyoning 46 mamlakati-

dan kelgan 400 nafardan ortiq

davlat va jamoat arboblari, biznes-

men hamda ekspertlar, Birlash-

gan Millatlar Tashkiloti va uning

tarkibiga kiruvchi tuzilmalar,

Xalqaro valuta jamg‘armasi,

Jahon banki, Osiyo taraqqiyot

banki, YevroAz ES kabi yirik

xalqaro tashkilotlar va moliya

institutlari vakillari ko‘tarilgan

mavzu doirasida, uning mohi-

yati, ahamiyati borasida atroflicha

fikr bildirdilar. Dastur doirasida

mamlakatimiz tajribasi namuna

sifatida tahlil qilindi va inqirozdan

keyingi rivojlanishning ustuvor

O‘

Islom  KARIMOV



Ma’naviyatning hayotimiz-

dagi o‘rni va ahamiyati haqidagi

fikr-mulohazalarimizga yakun

yasar ekanmiz, avvalambor,

shuni chuqur anglab olishimiz

darkorki, ma’naviy yuksalishga

erishish — bu bir yillik yoki besh-

o‘n yillik ish emas. Xalq, millat o‘z

milliy ma’naviyatini yillar, asrlar

davomida yuksaltirib, boyitib

boradi. Chunki ma’naviyat qotib

qolgan aqidalar yig‘indisi emas,

aksincha, doimiy harakatdagi

uzluksiz jarayon bo‘lib, taraqqiyot

davom etar ekan, uning shiddatli

yurishi tufayli ma’naviy hayot

oldiga qo‘yiladigan talablar ham

muttasil paydo bo‘laveradi.

Ya’ni, mamlakatimiz taraq-

qiyot pillapoyasidan yangi-yangi

cho‘qqilar sari qadam qo‘yar

ekan, biz yashayotgan zamon

sur’atlari shiddat bilan tezlashib,

oldimizda yana qancha muammo

va mashaqqatlar paydo bo‘lar

ekan, tabiiyki, ma’naviy hayoti-

miz ham ana shu sinovlarda

toblanib, yuksalib, jamiyatimiz,

millatimizning yorug‘ va sog‘lom

kelajagini har qanday tahdid va

to‘fonlardan — davr o‘zgarishi

bilan ularning ko‘rinishi va shakli

o‘zgarishiga qaramasdan — be-

zavol saqlash va asrab qolishga

qodir bo‘lishi darkor.

Ana shu fikr va xulosalardan

kelib chiqqan holda, “Biz kim-

miz?” degan savolga javob ber-

masdan turib, eng muhimi,

ma’naviy boylikni, ma’naviyatni

yuksaltirishga doimiy intilmasdan

turib biz o‘z oldimizga qo‘ygan

ezgu maqsadlarga erishish mum-

kin emas, desam, qalbimdan

chuqur joy olgan fikrni aytgan

bo‘laman.

Bugungi kunda ma’naviyat

dunyosiga nisbatan mavjud bo‘l-

gan xavf-xatarlardan albatta ko‘z

yumib bo‘lmaydi, lekin bizning

ishonchimiz komilki, xalqimiz

tarixning murakkab jarayonlarida

irodasi chiniqib, har qanday

hujum va tazyiqlarga qaramasdan,

ma’naviy olami kuchayib va

yuksalib borayotgani, bizni

ko‘rolmaydigan kuchlar ham bu

haqiqatni tan olayotganini mam-

nuniyat bilan qayd etamiz.

Chunki xalq — bamisoli ulug‘

va sharafli yo‘ldan ilgarilab

borayotgan ulkan karvon. Uni

yo‘ldan chalg‘itishga urinuvchilar,

payt poylab orqasidan hamla

qiluvchilar hamisha bo‘lgan,

bundan keyin ham bo‘lishi

mumkin. Karvon bexatar bo‘lmas,

degan gap bejiz aytilmagan.

Ammo xalq karvonini hech qan-

day kuch ortga qaytarolmaydi.

Nega deganda, xalqning qalbida

ne-ne avlodlardan meros yengil-

mas kuch — ma’naviyat bor.

Barchamizga g‘urur va iftixor

bag‘ishlaydigan tomoni shundaki,

bizning ezgu intilishlarimiz

zamirida ham ana shunday pok

niyat, buyuk ishonch mujassam.

Aniq maqsad yo‘lidagi bunyod-

korlik ishlarimiz amaliy natijalar

bera boshlagan, ko‘zlagan rejalari-

miz bosqichma-bosqich ro‘yobga

chiqib, dunyo hamjamiyatidan

o‘zimizga munosib o‘rin egallab

borayotgan hozirgi kunda xalqimiz,

millatimiz qalbidagi ana shu

ishonch yanada mustahkamlan-

moqda.


Shu bois men shonli tarixiga

sadoqat bilan qarab, bugungi

ozod hayotini qadrlab, o‘z kela-

jagiga katta umid bilan intilayot-

gan xalqimizning donishmandligi

va matonati, uning iymon-e’tiqodi,

mustahkam irodasi va yuksak

ma’naviy ruhi doimo barqaror

yashaydi, deb ishonaman.

(“Yuksak ma’naviyat —

yengilmas kuch” kitobidan).


3

mamlakatlar uchun ham moli-

yaviy bo‘hron oqibatlarini bar-

taraf etishda qo‘l kelishini ta’kid-

ladilar.

Mamlakatimizda ibratomuz

tajribalar juda ko‘p. Birgina yu-

qori malakali kadrlar tayyor-

lashga yo‘naltirilgan ta’lim tizi-

mini olib qaraydigan bo‘lsak,

amalga oshirilgan, amalga oshiri-

layotgan va amalga oshirilajak

ishlarning ko‘lami nihoyatda

kattaligini aniq ko‘ramiz.

USTAQILLIKNING

dastlabki yillaridan bosh-

lab hayotga izchil tatbiq

etib kelinayotgan yangilanishlar

siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy soha-

larda birdek yuksak samara berayotir.

Masalan, jahon moliyaviy-iqtisodiy

inqirozi davom etayotgan bir vaqt-

da xalqaro standartlarga to‘la javob

beradigan ko‘plab maktab, akade-

mik litsey va kasb-hunar kollejlari,

bolalar sporti inshootlari qurilib,

foydalanishga topshirilishi diqqat-

ga sazovor. Ta’lim tizimiga qarati-

layotgan bunday e’tibor tufayli o‘z

sohasining yetuk mutaxassislari

tayyorlanmoqda. Shu ma’noda

ta’limga yo‘naltirilgan mablag‘

farovon kelajakka xizmat qilishi

shubhasiz. Bundan tashqari,

farmatsevtika, kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik, bank-moliya

kabi sohalar rivojiga ham alohida

kuch-g‘ayrat sarflanmoqda.

Investitsiya dasturini amalga

oshirish, iqtisodiyotda tarkibiy o‘z-

garishlarni davom ettirish, ijtimoiy

va infratuzilma loyihalari ko‘lamini

kengaytirish ham shular jumlasiga

kiradi.


Yurtimizda hukm surayotgan

barqaror iqtisodiy taraqqiyot ne-

gizi bozor iqtisodiyotiga o‘tish-

ning eng to‘g‘ri yo‘li tanlanga-

nidadir. Rivojlanishning bunday

bosqichma-bosqich tamoyilga

asoslanishi mamlakatni iqtisodiy

xavf-xatarlardan asrovchi omil-

lardan hisoblanadi. Bundan tash-

qari, yurtimizda pul-kredit muo-

malasi bo‘yicha puxta o‘ylangan

siyosat yuritilayotir. Bu esa mam-

lakatdagi iqtisodiy barqarorlikni

belgilovchi muhim strategiyadir.

Anjumanda rivojlanishning

“o‘zbek modeli”ga xos bu kabi

muhim jihatlarga doir ijobiy fikr-

mulohazalar bildirildi.

Prezidentimiz Islom Karimov-

ning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy

inqirozi, O‘zbekiston sharoitida

uni bartaraf etishning yo‘llari va

choralari” asari respublikamizda

istiqlolning dastlabki kunlaridan

amalga oshirib kelinayotgan stra-

tegiya chuqur va puxta ishlab chi-

qilganligini, nechog‘li uzoqni

ko‘zlab olib borilayotganligini

yaqqol namoyon etdi. Konfe-

rensiya ishtirokchilarining deyarli

barchasi Prezidentimizning ushbu

kitobida bayon qilingan va dunyo-

ning yetakchi iqtisodchilari tomo-

nidan e’tirof etilgan 2009—2012-

yillarga mo‘ljallangan inqirozga

qarshi choralar dasturi chuqur

va izchil islohotlar siyosatining

mantiqiy davomi ekanini ta’kid-

ladilar.

“Jahon moliyaviy-iqtisodiy

inqirozi dunyoda savdo hajmining

keskin pasayib, ko‘plab mamla-

katlarda iqtisodiy ko‘rsatkich-

larning tushib ketishiga sabab bo‘l-

di. Ko‘plab rivojlangan mamla-

yo‘nalishlari O‘zbekiston misolida

o‘rganildi.

“Shuni alohida ta’kidlashni

istardimki, — dedi Prezidentimiz

Islom Karimov mazkur konfe-

rensiya ishtirokchilariga yo‘llagan

tabrigida, — iqtisodiyotni isloh

qilish va yangilashga doir biz ishlab

chiqqan besh tamoyilga asos-

langan, mamlakatimiz mustaqil-

likka erishgandan so‘ng amalga

oshirib kelinayotgan iqtisodiy

rivojlanishning “o‘zbek modeli”,

shuningdek, chuqur va puxta

o‘ylangan iqtisodiy siyosat makro-

iqtisodiy barqarorlik, moliya-bank

sohasining barqaror faoliyat yuri-

tishi va valuta zaxiralari ko‘payi-

shini ta’minlagan holda, O‘zbek-

iston iqtisodiyotini spekulyativ

kapital, jahon moliya va fond

bozorlaridagi boshqarib bo‘lmay-

digan stixiya ta’siridan himoya-

lash uchun ishonchli to‘siq va

mustahkam zaxira bo‘lib xizmat

qilmoqda”.

Shu o‘rinda O‘zbekiston

istiqlolga erishgan ilk yillardan

e’tiboran, Yurtboshimiz  ishlab

chiqqan iqtisodiy rivojlanish-

ning “o‘zbek modeli”  qanchalik

to‘g‘ri bo‘lganini eslash mumkin.

Oqilona va bunyodkorona meh-

nat, uzoqni ko‘ra bilish oxir-

oqibat elni eminlikka, yurtni faro-

vonlikka olib chiqadi. Bu nufuzli

anjuman ana shu haqiqatni yana

bir marta isbotladi.

Har biri o‘z sohasida peshqa-

dam, yetakchi hisoblangan olim-

lar va ekspertlar O‘zbekistonning

inqirozga qarshi chora-tadbirlari

bilan yaqindan tanishib, boy

tajribasini o‘rganib, bu boshqa

M

O‘ZBEKISTON  IBRATI



4

katlarning bank tizimi inqiroz sinov-

lariga dosh bera olmadi. Shunday

murakkab sharoitda O‘zbekiston-

ning iqtisodiy rivojlanish tajribasini

o‘rganish g‘oyat muhimdir. Shu

bois ushbu konferensiya moliyaviy

tanazzul girdobidan zararsiz chiqa

olgan mamlakatingizning Inqirozga

qarshi choralar dasturida belgilab

berilgan muhim ustuvor yo‘na-

lishlarni o‘rganish va amaliy sa-

maralari bilan yaqindan tanishish

uchun qulay imkoniyatdir, — dedi

Markaziy Osiyo va Kavkazni o‘r-

ganish instituti ijrochi direktori

Tetsuji Tanaka (Yaponiya). - Bank

sohasida katta tajriba orttirgan

mutaxassis sifatida ayta olamanki,

O‘zbekistonda puxta bank tizimi

yaratilgan. Shu tizim tufayli jahon

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sha-

roitida yurtingizda banklar faoliya-

tiga putur yetmadi”.

Darhaqiqat, shunday. Buni

nafaqat mamlakatimizdagi bar-

qaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari,

balki aholining bugungi farovon

turmushi ham ayon qilib turibdi.

Italiyaning “Interenerji” ener-

getika kompaniyasi direktori

Laura Juzeppina Maji xonim esa

o‘z fikrlarini shunday bayon qildi:

“O‘zbekistonda o‘tkazilgan

qator yirik anjumanlarda ishtirok

etganman. Bunday xayrli va foy-

dali anjumanlarni tashkil etish

orqali O‘zbekiston o‘zining yuk-

sak siyosiy nufuzi va ulkan iqtisodiy

salohiyatini namoyon qilayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezi-

denti Islom Karimovning “Jahon

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,

O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf

etishning yo‘llari va choralari” asari

xalqaro maydonda katta qiziqish

uyg‘otdi. Ajoyib fikr va g‘oyalar

bilan yo‘g‘rilgan bu kitobda global

iqtisodiy tanazzulga qarshi kura-

shish chora-tadbirlari va iqtisodiy

barqarorlikka erishish yo‘llari

oqilona yoritib berilgan”.

O‘zbekistonning Inqirozga

qarshi choralar dasturi keng qam-

rovlidir; chunonchi, unda, elektr

energiyasi tarmog‘ini moderni-

zatsiya qilish, energiya tejashning

samarali tizimini joriy etish chora-

larini amalga oshirish ustuvor vazifa

deb belgilangan. Ayni paytda bu

choralarning hayotga to‘laqonli

tatbiq etilgani va nechog‘li yuksak

samaralar berganiga butun dunyo

ahli shohid.

AMLAKATIMIZ tajri-

basi dunyoning ko‘plab

mamlakatlari uchun mu-

him amaliy ahamiyatga ega ekani

quyidagi fikr-mulohazalarda ham

yaqqol ifodasini topgan, deb

o‘ylaymiz:

“Jahon bozorida talab pasayib

borayotgan bir sharoitda, O‘z-

bekistonning ichki bozorda talabni

rag‘batlantirish orqali ishlab chi-

qaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashi

mamlakat iqtisodiy yuksalishining

yuqori sur’atlarini saqlab qolish

imkonini berdi. Bu bosqichma-

bosqich va izchillik bilan amalga

oshirilayotgan islohotlar berayot-

gan yuksak samaralardandir”, —

dedi Hindiston Moliya instituti

raisining o‘rinbosari, professor

Aman Agarval.

Mamlakatimizda nafaqat ma-

halliy ishlab chiqaruvchilar, balki

xorijiy sarmoyadorlarning ham faol

va erkin ish yuritishi uchun qulay

sharoit yaratilgan. Shu sababli ham

jahondagi ko‘plab biznesmenlar-

ning O‘zbekistonga qiziqishi tobora

ortib bormoqda.

“O‘zbekiston — sayyohlik

borasida ulkan salohiyatga ega

mamlakat. Yurtingizda sayyohlik

infratuzilmasining barcha tarmoq-

larini izchil rivojlantirish bo‘yicha

amalga oshirilayotgan keng ko‘-

lamli islohotlar yuksak samaralar

berayotir”, — dedi Fontis univer-

siteti huzuridagi Xalqaro biznes

instituti direktori Ton Stekelenburg

(Niderlandiya).

Haqiqatan ham mamlaka-

timizdagi Samarqand, Buxoro,

Xiva, Toshkent singari qadimiy va

navqiron shaharlarda qad rostla-

yotgan zamonaviy mehmonxona-

lar, dam olish maskanlari tobora

ko‘payib, ularda servis xizmati tub-

dan yaxshilanmoqda. Tarixiy obida-

lar qayta ta’mirlanib, sayyohlarni

ohanraboday o‘ziga tortmoqda.

“O‘zbekiston jahon ilm-fani va

islom madaniyati taraqqiyotiga

bebaho hissa qo‘shgan buyuk siy-

molari, qadimiy me’moriy yod-

gorliklari, tarixiy obidalari bilan

dunyoga mashhur. Indoneziyada

ham o‘zbek zaminidan yetishib

chiqqan allomalarning boy ma’-

naviy merosi katta qiziqish bilan

o‘qib-o‘rganiladi”, — dedi Indo-

neziyaning Jakarta shahridagi

Habibiy nomidagi ilmiy tadqiqot

markazi katta ilmiy xodimi Umar

Juoro.


Shu o‘rinda AYSESKO tomo-

nidan 2007-yili Toshkent shahri

Islom madaniyati poytaxti deb  e’lon

qilinganini eslab o‘tish mumkin.

“O‘zbekistonga ilk bor kelishim.

Bu go‘zal zaminda hukm sura-

yotgan osoyishta hayot, farovon-

lik, tinchlik va barqarorlikka havasim

keladi. Milliy va zamonaviy uslubni

uyg‘unlashtirgan mahobatli bino-

lar, muhtasham inshootlaringizni

ko‘rib, xalqingizning me’morlik

san’ati va bunyodkorlik salohiya-

tidan lol qoldim”, — dedi Xitoy-

ning Xalqaro muammolar instituti

vakili Chen Min xonim.

“Yuksak intellektual salohi-

yatga ega, intiluvchan va izlanuv-

chan, ilmga chanqoq O‘zbekiston

yoshlari bilan muloqotda bo‘lib,

M


5

mamlakatingiz kelajagi porloq

ekaniga yana bir bor amin bo‘l-

dim”, — dedi Malayziya ishbilar-

monlari va sanoatchilari uyushmasi

prezidenti, “Emir Holdings”

guruhi raisi Datuk Muhammad

Izzat Amir.

Haqiqatan ham mamlaka-

timiz yoshlarining ilm olishiga,

sport bilan shug‘ullanishiga,

tadbirkorlik sohalarida faoliyat

ko‘rsatishlariga katta ahamiyat

berilmoqda. Yoshlarimiz esa bu katta

ishonchni oqlab, ilm-fan, sport,

ishlab chiqarishda muvaffaqiyat

qozonmoqdalar. Yangi-yangi ilmiy

tadqiqotlar, innovatsion g‘oyalar

yaratmoqdalar.

“O‘zbekistonda barcha sohalar

jadal rivojlanib bormoqda. Xusu-

san, aviasozlik va aviatahuvlarning

yuksak rivojini qayd etish o‘rinli.

Avvallari Hindistondan O‘zbek-

istonga boshqa mamlakatlar orqali

kelar edim. Bu ko‘p vaqt va mablag‘

talab etardi. Hozir Hindistondan

O‘zbekistonga kelish uchun atigi

2-3 soat vaqt yetarli”, — dedi

“Agio Investment” kompaniyasi

direktori, “Pajero” kompaniyalar

guruhi prezidenti Dxaram Vir

(Hindiston).

ZBEKISTONDAN bu-

gungi kunda dunyoning

juda ko‘plab mamlakat-

lariga aviayo‘nalishlar ochilgan. Bu

o‘zaro do‘stona safarlar, sayyohlik

aloqalarining rivojiga keng imko-

niyatlar ochib bermoqda. Bu avia-

yo‘nalishlar har ikkala taraf uchun

ham manfaatli ekanligi bilan ham

ahamiyatlidir.

“O‘zbekistonda qurilish sohasi

jadal rivojlanayotganini alohida

qayd etishni istardim. Bu shahar-

qishloqlaringizning tanib bo‘lmas

darajada o‘zgarib borayotgan qiyofa-

sida — ulkan bunyodkorlik va

obodonlashtirish ishlarida yaqqol

ko‘zga tashlanadi”. Bu, konferensiya

ishtirokchisi “KRK” qurilish-

sanoat kompaniyasi rahbari

Xelmut Krunes (Avstriya) so‘z-

laridir.

“...Mamlakatingizda, ayniqsa,

xorij sarmoyasini keng jalb etish

va qo‘shma korxonalar sonini ko‘-

paytirishga qaratilayotgan doimiy

e’tibor va uning samaralari tahsinga

loyiq”, — dedi, Ozarboyjondagi

Iqtisodiyot instituti bo‘lim mudiri

Tanriverdi Pasha.

“...O‘zbekiston o‘z Yo‘lbosh-

chisi rahnamoligida bozor iqti-

sodiyotiga o‘tishning bosqichma-

bosqich yo‘lini tanladi, iqtisodi-

yotning siyosatdan ustuvorligi ta-

moyiliga asoslanib ish yuritdi. Bu

g‘oyat oqilona yondashuvdir. Uning

nechog‘li to‘g‘ri ekani global mo-

liyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoiti-

da, ayniqsa, yaqqol namoyon

bo‘ldi, — dedi Xitoy Ijtimoiy fan-

lar akademiyasining Rossiya,

Sharqiy Yevropa va Markaziy

Osiyo instituti vakili Chjao

Xueyjun xonim. — Jumladan,

2009-yili O‘zbekistonning yalpi

ichki mahsuloti 8,1 foiz o‘sgani juda

yuksak natijadir. Inqiroz sharoitida

bunday muvaffaqiyatga erishish

oson emas”.

O‘zbek modelini o‘rganish,

amaliy xulosalar chiqarishga intilish

jarayoni davom etmoqda, ham-

fikrlar davrasi tobora kengay-

moqda. Nyu-York davlat univer-

sitetida “Globallashuv iqtisodiyoti

va iqtisodiy tafakkurning global-

lashuvi” mavzuida uyushtirilgan

ilmiy-amaliy anjuman doirasida

O‘zbekiston Respublikasining

BMT huzuridagi doimiy vakolat-

xonasi Prezident Islom Karimov-

ning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy

inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni

bartaraf etishning yo‘llari va chora-

lari” kitobining taqdimotini o‘tkazdi.

Shu munosabat bilan, Chikago-

ning DePaul universiteti Biznes va

kasb etikasi instituti katta ilmiy

xodimi, professor R.Nasr “Jahon”

axborot agentligiga intervyu berib,

jumladan, shunday dedi:

“Men O‘zbekiston va uning

dunyoda ko‘p jihatlar bo‘yicha

tutgan o‘rni bilan qiziqib kelaman.

Menimcha, Prezident Islom

Karimovning kitobida mamla-

katning istiqbollari iqtisodiy va

ekologik nuqtai nazardan juda

aniq ifodalab berilgan. O‘zbek-

iston Prezidentining iqtisodchi

bo‘lsa-da, ekologiya iqtisodiyotning

ajralmas bo‘lagi ekanini teran

anglashi menda alohida qiziqish

uyg‘otdi”.

Prezident Islom Karimov



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling